Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
A.Oripovning “Sohibqiron” dramasida temur obrazi
Кимёхон Андакулова
Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026
Аннотация
Maqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy insonlarga, farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi, adolatparvarligi aks etgan sahnalar misolida shoir mahorati tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: shaxs, obraz, tarixiy, adabiy, insoniy, diniy, voqea, tashbeh. G‘arb tadqiqotchisi L.Keren Sohibqironning davlat siyosati haqida yozar ekan: “Amir Temur adolatni nihoyatda yaxshi ko‘rardi, shu sababli ham uning saltanatida birorta inson behuda ranjitilmagan, zulm ko‘rmagan. U ilm-fanni ham, ilm ahlini ham hurmat qilar, eng ezgu maqsadi esa butun saltanatida madaniyat va san’atning gullab- yashnashiga erishish edi. Uning oliyjanobligi bisyor va bisyor hollarda namoyon bo‘lmishkim, alar haqinda so‘ylab o‘tirishning o‘rni emasdir”,- deb ta’kidlagan edi [2.5.]. Sharq mamlakatlari hayotida katta iz qoldirgan Amir Temur shaxsi oradan necha asr o‘tgan bo‘lsa-da, beto‘xtov bahslarga sabab bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, Temur shaxsi va obrazi to‘g‘risida turli tarixiy va adabiy asarlar yaratilgan. L.Keren “Amir Temur saltanati” asarida: “Bizga ma’lum bo‘lgan Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari, Volterning “Tarix haqida esselar”idan biri Amir Temurga bag‘ishlangan. Volterdan o‘rnak olgan italyan, ispan va ingliz dramaturglari pesalar yaratganlar. Tabiiyki, ularning sifati ancha past edi. Vivaldi esa bugunga kelib butunlay unut bo‘lib ketgan opera yaratgan. Gyote o‘zining “G‘arb-u Sharq devoni”ga kirgan poemalarida Amir Temurni ko‘p tilga oladi, qiziqarli izohlarda hatto o‘zining Sohibqiron haqida alohida asar yozish niyati borligini ham ma’lum qiladi. O‘zidan oldingi tadqiqotchilarning aldamchi tahlillaridan ko‘ra qator ilk manbalardan foydalangan Jan Oben aniq dalillarga asoslanib yozilgan ikki maqolasida Sohibqironning kuchli va murakkab obrazini yaratdi, lekin Temur shaxsi va faoliyatining sir-u asrorini ochib berilmaganiga amin bo‘lamiz”,- deb yozgan edi [2.13.]. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida shavkatli Temur obrazi katta iftixor bilan qalamga olingan. Dramada asosiy e’tibor jang-u jadallar, qirg‘inbarot urushlar tasviriga emas, balki bosh qahramonning hayot va inson haqidagi o‘y-xayollari, fikrlari, mushohadalari, sa’y-harakatlari, g‘azab-u mehriga qaratilgan. To‘g‘ri, Amir Temur haqida juda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Ammo Abdulla Oripov ana shu asarlarda ifodalangan mazmun, obraz va tashbihlarni takrorlamagan. Amir Temurning dramada mehnat ahliga, askarlariga, san’at ahli, farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi, adolatparvarligi aks ettirilgan. Buning yorqin dalili drama boshlanishidagi Temur va sartarosh suhbati. Abdulla Oripov bu sahnani shunchalar mohirlik bilan chizganki, goho mehribon, goho qahri qattiq Amir Temur o‘z saltanatidagi oddiy lavozim 244 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari egasidan to eng yuqori lavozim sohibigacha samimiy suhbatdosh, hatto do‘stona munosabatda bo‘lganligini nozik bo‘yoqlarda chizib bera olgan. Balki, shuning uchun ham shoir o‘z dramasining boshlanishida Temurdek buyuk hukmdorni kazo-kazolar davrasida emas, balki oddiy bir sartarosh suhbatida tasvirlaydi: Temur: “Har qandayin bandaga ham kerakdir sirdosh Senga ko‘ngil ochsam bo‘lar …” Sartarosh: “Qulluq, Hazratim”. [1.4.] Dramada Amir Temur obrazi tilidan keltirilgan bu so‘zlardan anglash mumkinki, u oddiy insonlar orasidan ham o‘ziga do‘st topa olgan. Adabiyotshunos S.Mirzaev “XX asr o‘zbek adabiyoti” kitobida “Sohibqiron” dramasi haqida fikr bildirar ekan: “Amir Temur Vatanga, xalqqa xiyonat qilgan shaxslarni aslo ayamagan, gunohkorlarni qattiq jazolagan. Abdulla Oripov dramasida Sohibqironning ana shu xislatlari, mamlakat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari birin- ketin ochila boradi. Natijada asarda Amir Temurning buyuk va salobatli, jonli va tabiiy obrazi yaqqol namoyon bo‘ladi. U mohir sarkarda, adolatli podshoh, insoniy va diniy qonun-qoidalarni yuksak qadrlovchi va ularga izchil amal qiluvchi hukmdor, mehribon ota, adabiyot va san’atni teran anglovchi va yuksak qadrlovchi noyob did sohibi sifatida gavdalanadi”, – deya A.Oripov asariga yuqori baho beradi [3.394]. Abdulla Oripov voqealar chizgisini shunchalik mohirlik bilan bir ipga tizadiki, bu aynan Temurning psixologik tasvirini, ruhiy holatini yaratishda, uning ichki dunyosini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Sartarosh va Temur suhbatidan keyin voqealar rivoji yana bir pog‘ona jiddiy tus oladi, yana bir pog‘ona jadallashadi. Unda Amir Husaynning qabihliklari yorqin ochib berilib, Temurning oliyjanobligi va kechirimliligi bilan zidlanadi. Drammada tasvirlanishicha, Husaynn Kalomullohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi, ammo va’dasida turmaydi. Shunday qaltis vaziyatlarda ham Temur kechirimli bo‘ladi. Dramada Sirdaryo bo‘yidagi bo‘lib o‘tgan Jetega qar
Доказательный фрагмент
«Maqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy in…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- obraz, insoniy, shaxs, tashbeh, tarixiy, diniy, adabiy, voqea
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019