К содержанию
РецензированоUZ1926

Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” publitsistik maqolasida tasvirlangan jamiyatdagi illatlar

Kalit so‘zlar: O‘choqboshi- (hukumat), olaqarg‘a-(kelgindi) · Akmal Ikromov, sarkor, mirzaboshi.

Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 1926

Аннотация

Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasida jamiyatdagi juda ko‘p muammolar, jumladan iqtisodiyot, ma’orif, san’at va madaniyatning rivojlanishdan ancha orqada qolganligi aytib o‘tilgan. Bu kamchiliklarni bartaraf etish hukumat rahbarlarining qo‘lida ekanligini ta’kidlangan. Ushbu maqolasi orqali hukumat rahbarlari Yo‘ldosh Ohunboboyev va Akmal Ikromovni qattiq tanqid qilib, ularni tartibga chaqiradi. “Yig‘indi gaplar” maqolasida muammo faqat ma’orifda emas, balki mamlakat boshqaruv tizimining o‘zi xato ekanligini qayta-qayta ta’kidlagan. Kalit so‘zlar: O‘choqboshi-(hukumat), olaqarg‘a-(kelgindi), Yo‘ldosh Oxunboboyev, Akmal Ikromov, sarkor, mirzaboshi. Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasi Ovsar taxallusi bilan "Mushtum" jurnalida 1926-yil 25-fevralda bosilib chiqadi. Ushbu maqolada jamiyatdagi eng yirik muammolarga nazar tashlanadi. Maqolaning ilk jumlalari quyidagicha boshlanadi. Bu o‘lkada nima ko‘b ekan-uxlaydirg‘on burchak va unda o‘mpayib, to‘mpayib uxlag‘uchi menga o‘xshash ovsarlar! Men senga aytsam, o'zbekning ishchisi, dehqoni, maorifi, madaniyati, iqtisodi, shaltay-baltayi, xullas barchasi uxlaydi181. “O‘zbeklarning hamma sohasi uxlab yotibdi”- degan jumlaning o‘zidayoq tanqidiy qarash, jamiyatdan norozilik kayfiyati o‘z aksini topgan. – Yerlilashdirish! O‘zbeklashdirish! Falonchining vijdoniga kuydirgi chiqg‘anmi? O‘lib bo‘ldik-ku! (To‘ng‘iz qo‘psang yo‘q, dedimmi!) Yaram yangilandi! Ko‘rchipqonimni kimning oldida yoray?! (Buvingni oldida yor!) Mahallamdan munchasi ishsiz, falonchasi och! (Och bo‘lsa kafanini hozirla!) Ko‘chaga chiqsang ko‘ringan kishidan eshitadirgan so‘zing shu. Davlat boshqaruv apparatini, umuman, Turkistonda “Milliy jumhuriyatlar” hayotini milliylashtirish, o‘zbeklashtirish idora xat-hujjat ishlarini o‘zbek tilida yuritish, deganda, barcha boshqaruv apparatini yerli aholi qo‘liga topshirish degan ma’no tushuniladi. 1919-yil 12-iyulda Turkiston respublikalarining xalq komissarlariga “Yerli aholini keng va mutanosib ravishda davlat faoliyatiga jalb etish zarurligi to‘g‘risida” jiddiy farmoyish bergan edi. Turkiston Kompartiyasi o‘zining 12-qurultoyida har bir jumhuriyatda idora ishlarini milliylashtirish masalasini qayta ko‘radi. 1924-yil 29-mart sonida “Zarafshon” gazetasining muxbiri “Mushtum, tanqiding o‘rinsiz” nomli maqolasida shunday deb yozib o‘tadi: “Hozirgi xo‘jalik ishlarimizning to‘qson foizini, balki 181 Qodiriy A. Diyori Bakr – Sharq: 2016. 708-b. 226 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari ko‘prog‘i ovro‘polik o‘rtoqlarning qo‘lidadir. Shu vaqtgacha bularning oralarida sinfiy ayurma masalasi qo‘zg‘alganini ko‘rmaymiz. Balki, ish nuqtayi nazaridan oddiy kishilar bir tarafda tursun, xo‘jayun va oqsuyaklar qo‘yulgandir.”182 Garchand “yerlilashtirish” qonuni hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsada, jamiyatdagi eng qiyin ishlarni haliham tub aholi qilayotgan edi. Jamiyatdagi har qanday qonun-u farmoyishlar qog‘ozda qolib ketar, amalda esa hech qanday ish qilinmas edi. Bu haqida Qodiriy shunday deydi. Madanglik maorif xodimlari qurultoyida ma’ruza o‘qib nima deydi, deng:- "Jumhuriyatimizda har 200 murassa' chaqirim yerga, yoxud har 4909 odamg‘a bitta maktab bor. Yoki o‘qish yoshida bo‘lg‘on bolalarning har(emas, xo‘tuk) 979 tasiga bitta maktab to‘g‘ri keladir!" “Yig‘indi gaplarda” Akmal Ikromov bilan Yo‘ldosh Ohunboboyevlar chimdib o‘tilgan bo‘lsada, lekin ularning yozuvchi bilan munosabati yomon emas edi. 1926 va 1927-yillarda Toshkentda O‘zbekiston madaniyat va maorif xodimlari qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Bu qurultoydagi Ohunboboyevning fikrlari o‘sha davr maorif tizimi uchun umuman to‘g‘ri kelmasligini Abdulla Qodiriy “kesatiq” bilan aytib o‘tadi. 4099 o‘quvchiga bitta maktab to‘g‘ri kelishi, bu ta’lim tizimidagi haqiqiy fojialigi aytiladi. Negaki aholi yashash hududlari bilan maktab orasi juda uzoq, ta’lim olishni niyat qilgan bola maktabga kelishi uchun qaryib bir yarim kun yurishi kerakli aytib o‘tilgan. “Yig‘indi gaplarda” Akmal Ikromov bilan Yo‘ldosh Ohunboboyevlar chimdib o‘tilgan bo‘lsada, lekin ularning yozuvchi bilan munosabati yomon emas edi.183 “Yig‘indi gaplarda” kalaka qilingan Yo‘ldosh Ohunboboyev 1885-yilda Marg‘ulonda tug‘ilgan. 1921-yilda kambag‘al batraklar uyishmasi bo‘lmish “Qushchi” syuziga rais bo‘lib, sho‘ro hukumatining sharofati tufayli yer-mulk egasiga aylanadi. Endi oyoqqa turayotgan yosh sho‘ro hokimiyati uchun, xalq bilan sodda tilda gaplashadigan, avomni sho‘ro siyosatiga ishontiradigan bo'sh rahbar zarur edi. Y.Ohunboboyev Turkiston milliy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng O‘zSSR Markaziy ijroya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Uni hamma “O‘zbekiston oqsoqoli” yoki “ota” derdi.Vazifasi odamlarni sho‘ro hokimiyatini mustahkamlashga safarbar etish, mahalliy muammolarni omilkorlik bilan hal etishdan iborat edi. Aslida, Yo‘ldosh Ohunboboyev hech qanday vakolatga ega bo‘lmagan, buni o‘zi ham yaxshi bilardi. Naql qilishlaricha, bir kuni Marg‘ilonlik eski oshnasi uni

Доказательный фрагмент

«Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasida jamiyatdagi juda ko‘p muammolar, jumladan iqtisodiyot, ma’orif, san’at va madaniyatning rivojlanishdan ancha orqada qolganligi aytib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasida jamiyatdagi juda ko‘p muammolar, jumladan iqtisodiyot, ma’orif, san’at va madaniyatning rivojlanishdan ancha orqada qolganligi aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mirzaboshi, Akmal Ikromov, O‘choqboshi-(hukumat), Yo‘ldosh Oxunboboyev, sarkor, olaqarg‘a-(kelgindi)
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники