К содержанию
РецензированоUZ1919

Abdulla Qodiriyning publitsistik asarida xalq saviyasini oshirishda teatrning o‘rni haqidagi fikrlari

tashkilotchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy · Abdulla Avloniy · Hamza Hakimzoda

Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 1919

Аннотация

Abdulla Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi” maqolasida yosh avlodning ongini maorif orqali rivojlantirish mumkinligini, katta avlodning dunyoqarashi teatr orqali oshishi haqida gapirib oʻtgan. Ammo teatrda sahnalashtirilayotgan pyesalar saviya jihatdan ancha sayozligi, bu yo‘nalishda yosh va iqtidorli dramaturglar kerakligi ta’kidlagan. Kalit so‘zlar: Teatr, dramaturg, komediya, tragediya, satira, tanqid. “Teatr xalq ongi va qalbini shakllantirishga xizmat qiladi”- degan edi mashhur yozuvchi Viktor Gyogo. Darhaqiqat, teatr o‘tmishimiz, bugunimizdagi va kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni, turli hodisalar, tarixiy voqealarni sahnaga olib chiqadi. Uni tomosha qilgan har bir inson, o‘zicha tahlil qiladi. Abdulla Qodiriy millat “tarbiyasida” teatrning o‘rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunardi. Shu sababli, 1919-yil “Ishtirokiyun” gazetasining 239-sonida “Bizda teatr ishining borishi” maqolasini chop ettiradi. Ushbu maqolada teatr bilan bog‘liq turli muammolar aks ettirilgan. Maqola quyidagi jumlalar bilan boshlanadi. Ma’lumdirki, bizim Turkistonda drama ham teatrning tarixlari 1912-yildan boshlanib, bularni qabul etkanimizga yetti yillar bo‘ladi. 1912-yildan ilgari Turkistonda tatar qarindoshlar tarafidan teatr o‘yunlari bo‘lub tursa ham tabiiy bizim turmushimizdan chetdaroq bir ruhdagi asarlar o‘ldiqdan yerli yoshlarni u darajada o‘ziga jalb eta olmag‘an, to‘g‘risi ul vaqtda Turkiston yoshlari juda oz va shu nisbatda she’riy asarlardan yiroq masofada turarlar edi178. XIX-XX asrlarda Turkiston hududida teatr san’ati paydo bo‘la boshlagan. Uning tashkilotchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy bo‘lgan. 1911-yil Turkiston hududida ilk drama asarlar sahnalashtirilgan. Masalan, Behbudiyning „Padarkush“ spektakli, „Mahramlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan A.Samadovmning spektakllarini eʼtiborga loyiq asarlar sifatida olish mumkin. “Padarkush” dramasi haqida Qodiriy shunday deydi. “1912- yildan boshlab «Padarkush» isminda o‘z turmushimizdan oling‘an teatr risolasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tarafidan maydonga qo‘yilur. «Padarkush» risolasi Turkistonning umuman deyarli har bir katta- kichik shaharlarinda mavqi’ tomoshaga qo‘yilub, yoshlarimiz uchun bir daraja teatru maqsadi onglashilur.” Qodiriy maqolasida nimaga aynan “Padarkush” dramasiga to‘xtalib o‘tgan. Chunki uning negizida jadidlarning marifatparvalik qarashlari yotadi. Behbudiyning: “Teatr – bu ibratxonadir” degan fikri bor. Ya’ni ilmsizlik, omilik atalmish illatlardan 178 Qodiriy A. Diyori Bakr —Sharq: 2016.708-b 217 Respublika ilmiy-amaliy konferensiya qutilishning asosiy yo‘llaridan biri, “teatr” ekanligiga ishora qilgan. Turkistonda birinchi o‘zbek milliy teatri Samarqand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy rahbarligida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning “Padarkush” pyesasi edi. Undan so‘ng, birin-ketin sahnalashtirilgan spektakllarga Qodiriy shunday fikr biladiradi. “Mana shundan so‘ng bizda teatr masalasi bosh ko‘tarub, yarim-yorti teatr risolalari yoza boshlaymiz. Bunday she’riy asarlarni taqlid so‘nginda qabul etmak madaniy millatlarning bir qonuni esa-da, bizda birinchidan, bu ishga yangiliq va matbuotsizliqqa, alalxusus bunday nimarsalarni tanqid qilurg‘a iqtidorlik munaqqidlarimiz yo‘qlig‘indan shu ko‘yincha qabul etilib, matbuot elagindan o‘tquzilmas.” Truppalarda 1912-1917 yillar oralig‘ida oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr sahnalarida Ozarbayjon dramaturglarining asarlari: “Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “O‘liklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”ni oʻzbekchaga tarjima qilinib, namoyish etilgan. Shunday yirik sahna asarlari qo‘yilgan bo‘sada, dramaturgiya bilan bog‘liq bir qator muammolar bor edi.179  Sahna asarlari saviya jihatidan u qadar yuqori emasligi,  Yangi sahna asarlarini yozuvchi dramaturglar yetishmasligi,  Teatr rivojlantirish uchun yetarlicha mablag‘ning mavjud emasligi,  Aktyor va aktrisalarning deyarli yo‘qligi. “Bu hol Turkistonning boshqa go‘shalarindan ko‘ra bizim Toshkand yoshlari orasinda ko‘brak ko‘rildi. Bir nechalarini istisno ila, o‘z imlosin to‘g‘rilab yoza olmag‘anlar, «dramaturg», «komik» hatto «operato‘r» ham bo‘lib maydonga chiqdilar-da («tragediya»ni yozmag‘anlariga shukr qilasan endi!) Toshkandni ola-chipor drama, komediya va operalar ila to‘ldirdilar. Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi kuchli bo‘ldi. Shuning uchun jadid o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog‘liq holda olib bordilar. 1917-yil oktabr to‘ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va teatrlarda sahnalashtirilgan. Ammo ularning ko‘pchiligi jahon talabiga mos kelmaydigan dramatik asarlar edi. “Teatr, tur

Доказательный фрагмент

«Abdulla Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi” maqolasida yosh avlodning ongini maorif orqali rivojlantirish mumkinligini, katta avlodning dunyoqarashi teatr orqali oshishi haqida gapirib oʻtgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi” maqolasida yosh avlodning ongini maorif orqali rivojlantirish mumkinligini, katta avlodning dunyoqarashi teatr orqali oshishi haqida gapirib oʻtgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
komediya, satira, Teatr, tragediya, dramaturg, tanqid
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3