Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Turkiyadagi yassaviyshunoslik xususida
TURKIYADAGI YASSAVIYSHUNOSLIK XUSUSIDA · Kamol Erarslon. (folklori instituti tayanch doktoranti)
Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026
Аннотация
Maqolada Ahmad Yassaviyning hayoti yoritilgan tarixiy, ilmiy, manoqibiy va tazkiraviy xarakterdagi manbalar tadqiq qilindi. Turk olimlarining bu haqidagi tadqiqotlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tayanch so‘zlar: Ahmad Yassaviy, “Devoni Hikmat”, tasavvuf, yassaviyshunoslik, F.Ko‘pruli, Kamol Erarslon. Turkiston, Xuroson, Anado‘li, Volgabo‘yi, Sibir va uning atrofida yashovchi turkiy xalqlar orasida musulmonlashuv jarayonining kuchayishi, tasavvuf adabiyotining yoyilishi hamda shuhrat topishida Ahmad Yassaviyning ta’siri kuchli bo‘lgan. Uning diniy-tasavvufiy qarashlari, tariqati asrlar davomida turkiy xalqlarni ta’sirlantirib kelgan. Ulug‘ shayx butun islom olamida “Piri Turkiston”, “Hojai Turkiston”, “Hazrati Sulton”, “Sulton-ul Orifin” va “Avliyolar Sarvari” kabi nomlar bilan tanilgan va qadrlangan. Ulug‘ zotning hayoti va ijodiy faoliyati nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida keng ko‘lamda tadqiq qilingan va turli bahsli mulohazalar bildirilgan. Yassaviy hikmatlarini chuqur o‘rganib, obуektiv baholash bugungi kunda yassaviyshunoslik oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, qardosh Turkiyada amalga oshirilgan tadqiqotlar ahamiyatlidir. Ilk bor Yassaviy shaxsiyati, uning tarixiy va manoqibiy hayoti, asarlari haqida jiddiy izlanishlar olib borib, Piri Turkiston siymosini Turkiyada ilm ahliga tanitgan shaxs Fuad Ko‘pruludir. Atoqli olim boshlab bergan tadqiqotlar bugungi kunda ham taniqli turk olimlari tomonidan davom ettirilib kelinmoqda. Uning “Turk adabiyotida ilk mutasavviflar” kitobi yassaviyshunoslikda alohida ilmiy qimmatga ega. Ikki qismdan iborat asarning birinchi qismi yaxlit holda Ahmad Yassaviyga bag‘ishlangan. Muallif Ahmad Yassaviy haqidagi ma’lumotlarni manoqibiy va tarixiy manbalarga tayanib tadqiq qilgan. Atoqli olimning “Turk adabiyotida ilk mutasavviflar” kitobi ana shu sababdan ham hanuzgacha ilmiy qimmatini saqlab turibdi. Yassaviy turk musulmon dunyosida mashhur bo‘lsa-da, bu kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda uning hayotiy faoliyati haqida ishonchli tarixiy manbalarga asoslangan ma’lumotlar hanuzgacha yetarli emas. Ahmad Yassaviy haqidagi tarixiy adabiyotlar nihoyatda oz. Bizgacha yetib kelgan mavjud manbalar ham manoqibnomalar bilan qorishib ketgan. Shu bois Fuad Ko‘pruli manoqibiy manbalarga jiddiy qaragan. Manoqibiy manbalarning ko‘pligi tarixiy manbalarning soyada qolishiga va keng kitobxon ommasini chalg‘itishga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq har qanday manoqibiy manbaning zamirida ham tarixiy voqyelik va haqiqat yotadi. Manoqibiy manbalarning ko‘pligini Fuad Ko‘pruli Sharqda mutasavviflarning xalq tasavvuriga ta'siri kuchli bo‘lgani bilan izohlaydi. Fuad Ko‘pruliga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan xalq ular haqida yangidan yangi manoqiblar yaratgan, oqibatda Sharq tarixchilari aksariyat hollarda tarix va manoqibiy hayotni bir-biridan farqlashda qiynalgan152. 152 Köprülü Fuod. Turk edebiyatinda ilk mutasavvuflar. – Ankara, 1976. s. 27 210 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari “Nasabnoma”larda Yassaviyning otasi, bobosi va boshqa ba’zi ajdodlarining “shayx” deya zikr qilingani Turkiston o‘lkasida Yassaviydan oldin ham tasavvufiy harakatlarning ta’siri yuksak bo‘lganini anglatadi. Yassaviyning tug‘ilgan joyi haqida turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi manbalarda Yassi, ba'zilarida esa Sayram deb turlicha ko‘rsatilib kelingan. Alisher Navoiy bu haqida “Nasoyim ul-muhabbat”da shunday yozadi: “…aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe' bo‘lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur”153. Yana bir qator olimlar tomonidan Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan yeri Yassi deb e’tirof etilgan. Fuad Ko‘pruli ulug‘ pirning Sayramda tug‘ilganini alohida diqqat qaratadi. Olim bu ma'lumot faqat Xaziniyning “Javohir ul-abror min amvojil bihor” asarida keltirilganini ta’kidlarkan, boshqa olimlarning bu haqidagi fikrlariga qo‘shilmasligi sabablarini ham keltirib o‘tadi154. Yassaviy haqida jiddiy izlanishlar olib borgan Kamol Erarslon, Najdat Tosun va boshqa olimlar ham Fuad Ko‘prulining bu fikrini tasdiqlaydilar 155 . Bu xususda Voris Chakan qat'iy fikrda. Olimning e'tirofiga ko‘ra, Sayramda Muhammad Hanafiy avlodidan ekanini iddao qilayotgan shaxslarning mavjudligi va ularning ma'lum tabaqani tashkil etadigan darajada ko‘pligi Ahmad Yassaviyning Sayramda tug‘ilganini tasdiqlaydi156. Bu davrda Sayram Isfijob deb nomlanishidan tashqari Saryam, Oqsuv, Oqturbot, Oqshahar, Sayram kabi nomlar bilan atalgani manbalarda keltiriladi. Hozirgi Qozog‘istonning Chimkent shahriga 7 km masofada joylashgan shahar hisoblanadi. Yassaviyning tavallud sanasi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bugunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan va vafot etgan sanasi haqida aniq to‘xtamga kelinmagani bois olimlar tomonidan har xil fikrlar bildirilgan. Jumladan, Fuad Ko‘pruli hijriy V asr o‘rtalarida tug‘ilib, melodiy 1166/67-yilda vafot etgan deb taxmin qiladi157. Bu
Доказательный фрагмент
«Maqolada Ahmad Yassaviyning hayoti yoritilgan tarixiy, ilmiy, manoqibiy va tazkiraviy xarakterdagi manbalar tadqiq qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Ahmad Yassaviyning hayoti yoritilgan tarixiy, ilmiy, manoqibiy va tazkiraviy xarakterdagi manbalar tadqiq qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasavvuf, yassaviyshunoslik, F.Ko‘pruli, Kamol Erarslon, Ahmad Yassaviy, Devoni Hikmat
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026