К содержанию
РецензированоUZ2026

Inson kamolning badiiy talqini

К Ташанов · М Ергашев

Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026

Аннотация

Maqolada Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romanida badiiy so‘zning buyukligi, asardagi timsollar mohiyatiga singdirilgan inson umrining qadr- qimmati, bu g‘oyalarni ifoda etishda ijodkorning poetik mahorati tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: so‘z, inson, obraz, adabiy, tasavvur, insoniy, tafakkur, matn. Zamonaviy o‘zbek romanchiligida asarni so‘z qudratiga bag‘ishlov bilan boshlash usuli juda kam uchraydi. Aslida bu usul mumtoz adabiyotda muqaddima, debochalarda keng qo‘llanilgan. Bugungi kunda o‘zbek romanchiligida Isajon Sulton ijodida uchraydigan bu usulning mohiyatini asarni yaratishdan yozuvchining o‘z oldigan qo‘ygan maqsadi bilan izohlash lozimga o‘xshaydi. I.Sulton “Ozod” romani “Bag‘ishlov”ida inson umrining qadri va so‘zning buyukligi haqida yozar ekan: “Darhaqiqat, so‘zda sehr bor, deyiladi… Bu asar so‘z aytishga jazm qilgan va aytgan so‘zining mohiyati-yu oqibatini sezgan iste’dod ahliga, shoirlarga, yozuvchilarga, ya’ni, ma’naviy dunyolarni hosil qiluvchi barcha kishilarga bag‘ishlanadi. Zamon, aytilgan so‘zlar allaqachon moddiylashib bo‘ldi, shakl yasadi, tevarakni o‘zgartirdi va aytuvchi hayotining mohiyatini belgilab berdi,“- deya ta’kidlaydi [1:142]. Aytish lozimki, I.Sultonning “Ozod” romani faqatgina yurtimizda emas, balki xorijdagi musofirlarni ham qiziqtirib qo‘ygan. “Ozod“ romani nafaqat o‘quvchilar, balki adabiyotshunoslar e’tiboriga ham tushdi. Bu esa asarning badiiy quvvatidan, pafosining jo‘shqinligidan dalolatdir. Adabiyotshunos D.Quranov: “Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romani sharqona mumtoz falsafa va bugungi postmoderncha dunyoqarashni o‘zida sintez qilgan asardir. Romanni o‘qir ekansiz, musulmon sharqiga xos dunyoqarashning zamonaviy falsafiy ifodasiga duch kelasiz. Unda bugungi global dunyoda o‘zligini yo‘qota yozgan insoniyatning saodatga erish yo‘li xususida so‘z boradi. Tom ma’noda, yozuvchi olam va odamning sharqona konsepsiyasini yangicha ifoda yo‘sinida bayon qiladi,”- deb yozadi. [4] Olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek, asarda sharqona falsafa va bugungi dunyoqarash, insoniyatning ma’rifatga yetish yo‘li, “olam va odamning sharqona konsepsiyasi” ifoda qilingan. Filologiya fanlari doktori Islomjon Yoqubov esa: “Ozod“ romani yurak tubidagi po‘rtanalardan bahs etadi. Basirat so‘qmoqlarida o‘z yo‘lini topmoq ilinjida sarosar kezayotgan tasavvur orzu, havas, armon, pushaymonlik, hasrat, nadomat kabi turfa tuyg‘ular iskanjasida qoladi. Adib inson taqdiri uning Muhabbat va Iymoni darajasiga ko‘ra o‘zgaradi, degan xulosaga keladi. Shu ma’noda bu asarni tasavvur va tafakkur romani deyish mumkin“, – deya ta’kidlar ekan, asarda insoniyatning ma’rifatga erishish yo‘li sifatida “Muhabbat va Iymon” keltirilganligini e’tirof etadi [5:15]. Adabiyotshunos olima N.Sultonova esa romanning o‘ziga xosligi haqida yozar ekan: “Isajon Sultonning “Ozod” romanining o‘ziga xos kompozitsiyasi, syujet strukturasi postmodernistik oqim tamoyillariga mosligi kuzatildi. Postmodernistik 140 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari romanlarda “janrlar mutatsiyasi” bilan birgalikda syujet, kompozitsiya, obraz, ayniqsa, badiiy uslubdagi modifikatsion jarayonlar pirovardida janr modifikatsiyasini yuzaga chiqaradi. Isajon Sultonning “Ozod” romanidagi iqtiboslar, turli adabiy asarlarga murojaatlar ma’rifatli insonning ana shu qadriyatlar munosabatini va ular bilan mushtarak olamini ifoda etadi. Ozod obrazining narsa- predmetlar, tabiat hodisalari, turli jonivorlar bilan munosabati modifikatsion mazmunga egaligi bilan ajralib...” turishini urg‘ulaydi [3:20]. Darhaqiqat, “Ozod” romanidagi Ozod obrazi orqali yozuvchi har bir inson ichki kechinmalarida ro‘y beradigan hissiyotlarni ochib berishga intiladi. Yozuvchi inson ichki ruhiyatini ochib beradigan yagona narsa so‘z ekanligini va buni ko‘zalar misolida dalolatlaydi. “Yerto‘lamizda katta-katta ko‘zalar bo‘lar edi. Birining ichida guruch, boshqasida bug‘doy, yog‘ saqlanar, ichiga qaramasam ham, shaklu shamoyilidan nima saqlanayotganligini bilardim. Jism ham bir ko‘za kabidir, uni to‘ldirgan narsa insonning ruhidir degan gapni ulg‘aygach eshitdim. Ko‘za aslida loydan yasalib olovda pishirilgan sopoldir, ichidagi may tamomila boshqa tabiatga ega latif bir narsa, fikr qilib ko‘rmaysanmi, der edilar. Haqiqatan ham, jism deb atalgan g‘ilof ichida, ruh ma’vosida ummonlar to‘lqinlanmoqda, daryolar oqmoqda, qushlar sayrab, goho yong‘inlar ham ro‘y bermoqda, qo‘poldan-qo‘pol ko‘za uni qanday qilib aks ettira olsin? Ruhning vaziyatlarini yonmas-cho‘kmas, yo‘q bo‘lmas so‘zdan boshqa yana nima ham aks ettira oladi?“ [1:143-144.] Matnda yozuvchining ritorik so‘roq gapdan foydalanishi asarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilayotganni aniq. To‘g‘rirog‘i, ritorik so‘roqlar yozuvchining xis-tuyg‘usi, o‘y- mulohazasi bo‘lib ko‘rinsa ham u asl mohiyati bilan kitobxonga, o‘quvchiga yo‘naltirilgan. E’tibor qilinsa, yozuvchi inson tanasi va ko‘zani bir aks ekanligini e’tirof etmoqda. Dunyoni, o‘z atrofidagi muhitni odam gunogu

Доказательный фрагмент

«Maqolada Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romanida badiiy so‘zning buyukligi, asardagi timsollar mohiyatiga singdirilgan inson umrining qadr- qimmati, bu g‘oyalarni ifoda etishda ijodkorning poetik mahorati tahlil et…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romanida badiiy so‘zning buyukligi, asardagi timsollar mohiyatiga singdirilgan inson umrining qadr- qimmati, bu g‘oyalarni ifoda etishda ijodkorning poetik mahorati tahlil et… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so‘z, tafakkur, insoniy, adabiy, tasavvur, inson, obraz, matn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники