Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
Синтаксико-деривационные особенности математических терминов в узбекском языке.
SINTAKTIK-DERIVATSION XUSUSIYATLARI. · Ruzmetova O.A.
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке · 103-129 · 1962
Аннотация
Синтаксическая деривация важна при формировании математических терминов. Существует несколько способов синтаксического создания математической терминологии. В статье рассматривается определение структурных компонентов математических терминов по выявленным синтаксическим связям. Ключевые слова: синтаксическое деривация, термин, компонент, словосочетание, двухкомпонентный термин. Annotation: Syntactic derivation is important in the formation of mathematical terms. There are several ways to create mathematical terminology syntactically. The article deals with the issues of the structural components of mathematical terms based on the identified syntactic links. Keywords: syntactic derivation, term, component, word combination, two-component term. Matematika sohasiga oid terminologik birliklarning shakllanishida sintaktik derivatsiya o‗ziga xos xarakterga ega hisoblanadi. Sintaktik xarakterdagi terminologik birliklar so‗z birikmalari bo‗lib, ular ikkita alohida mustaqil bo‗lgan birliklarning semantik jihatdan yaxlit birikmaga birlashtirish orqali hosil qilingan bo‗ladi . Sintaktik derivatsiya derivatsiyaning formal turi sifatida qaraladi, chunki bunda so‗zda semantik jihatdan emas, forma ya‘ni shakl jihatdan o‗zgarish kuzatiladi. Sintaktik derivatsiyaning shakllanishi uchun tayanch struktura asos bo‗lib xizmat qiladi, ya‘ni tayanch strukturasiz sintaktik derivatsiya shakllanmaydi. Demak derivat tayanch struktura orqali shakllanadi. Sintaktik usulda matematika sohasia oid terminologiya birliklarini hosil qilishning bir necha ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, ular quyidagicha: - so‗zlarni qo‗shish; - bir necha komponentlarni qo‗shish; - abbreviatsiya. Belgilangan sintaktik aloqalar orqali matematik terminlar struktur komponentlarini aniqlash mumkin. Muhokama asosan terminlar komponentlarining maksimal miqdori xususida boradi. D.S.Lotte terminlarning komponentlari borasida, agar uning tarkibiy qismlarini cheklamasa, termin hosil qilish oson, lekin bunday termin bir so‗zli termin uchun xos bo‗lgan yasamalilik xususiyatiga ega emas, degan fikrni bildirgan [1]. So‗z birikma terminlarining tarkibiy qismlarini chegaralash muammosi ancha murakkab hisoblanadi. Bu terminologiya nazariyasi va uning amaliy sohalarining dolzarb 71 muammolaridan biri bo‗lib kelgan[2]. Komponentlarning maksimal soni xususida S.V Grinevning fikriga ko‗ra, terminologik birikmalarnig komponentlari soni chegarasi yettitadir deb ta‘kidlaydi va buni inson xotirasida saqlab qolishi mumkin bo‗lgan so‗zlar soni bilan bog‗laydi[3]. B.N Golovin va R. Yu Kobrin ba‘zan birikma terminlar o‗ntagacha komponentdan tashkil topgan deb ta‘kidlaydilar[4]. Bir necha komponentlar orqali yasalgan matematika sohasiga oid birikma terminlarni biz quyidagicha tasnifladik: - ikki komponentli; - uch komponentli; - to‗rt va undan ortiq komponentli; Ikki komponentli birikmalarning asosiy tiplarini quyidagicha tasniflash mumkin: - Birinchi komponent sifat va ikkinchi komponent, ya‘ni bosh bo‗lak ot bilan ifodalangan so‗z birikma terminlar. Bunday birikmalarning tuzilish modeli Sifat + Ot ko‗rinishida bo‗ladi: harfiy ifoda, erkli o‗zgaruvchi, egri chiziq; - O‗zbek tilidagi Sifat + Ot ko‗rinishidagi modelli birikmalar ingliz tilida –ing hozirgi zamon sifatdoshi bo‗lgan uch komponentlibirikma orqali berilgan bo‗lishi mumkin: qavsli ifoda - expression involving parentheses - Ikki komponentli terminologik birliklarning har ikkala qismi ham ot orqali ifodalangan bo‗lishi ham mumkin. Ular Ot + Ot shaklidagi model bilan belgilanadi: burchak gradusi, koordinata o‗qi; O‗rganilayotgan sohamizda ham ingliz va o‗zbek tillarida ham so‗z birikma terminlarning komponentlari miqdoriga ko‗ra eng keng tarqalgani ikki komponentli termin birikmalardir. Bunda asosan asosiy bosh komponent bosh kelishik shaklidagi ot orqali ifodalanadi va asosiy ma‘noni anglatuvchihisoblanadi. Tobe bo‗lak asosiy tayanch komponentni to‗ldirib keladi.
Доказательный фрагмент
«Синтаксическая деривация важна при формировании математических терминов.»
Образец извлечения
Демо-превьюСинтаксическая деривация важна при формировании математических терминов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- syntactic derivation, term, component, word combination, two-component term, компонент, синтаксическое деривация, soz birikmasi, термин, komponent, словосочетание, ikki komponentli termin, termin, двухкомпонентный термин, sintaktik derivatsiya
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021