К содержанию
РецензированоUZ2024

ARIFMETIK MASALALAR VA ULAR USTIDA ISHLASH BORASIDA TAVSIYALAR

NEW RENAISSANCE · Qosimova M.M. · Ataboyeva Mavluda (Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti.)

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

The work with ariphmetic tasks in initial classes, drawing up and decision of creative tasks by the pupils is object of given clause. Keywords: matter, arithmetical task, arithmetical action, example, task. Boshlang’ich sinflarda arifmetik masalaning ahamiyati, mohiyati to’g’risida ko’p gapirilgan: a) arifmetik masala o’quvchilarga arifmetik amallarning ma’nosini chuqur tushuntirishga, amallar xossalarining mohiyatiga to’la yetishiga ko’maklashadi; b) o’quvchilar tafakkurini hayotiy faktlar bilan boyitadi, chunki masalada hayotiy haqiqat aks ettiriladi; c) o’quvchilarda matematik tilni shakllantiradi. O’quvchi istalgan matematik ifoda, topshiriq, matnga qarab uning talabini sharhlab bera oladigan bo’ladi; d) o’quvchida mantiqiy tafakkur rivojlantiriladi; e) istalgan masala tarbiyaviy ahamiyatga ega. U hayot taraqqiyoti dinamikasini ochib beradi; f) masala yechish jarayonida o’quvchilarda fanga nisbatan qiziquvchanlik mustaqillik va erkin fikrlash uyg’onadi; g) istalgan arifmetik masala nazariya bilan amaliyotini bog’lash borasidagi asosiy vositadir; h) masala yechish jarayonida o’quvchilarda ijodiy fikrlash shaklanadi, hayotiy voqelikni tassavvur qila oladi; 171 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Yuqorida qayd etilganlarning boshlang’ich sinflar uchun ahamiyatini to’ldirib, arifmetik masala deganda shunday savolni tushunmoq kerakki, masala shartida berilgan sonni faktlar ustida arifmetik amallar bajarilib undagi noma’lum topiladi, deb ta’rif berish mumkin. Masala savoliga javob uni yechib topiladi. Yechish deganda masalada berilganlar bilan izlanayotgan miqdor o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash tushuniladi. Shu munosabat bilan istalgan arifmetik masalani uch qismga bo’lish mumkin: 1. Masalaning sharti bilan. 2. Undagi sonli faktlar. 3. Masalaning savoli Yuqorida keltirilgan barcha argumentlar boshlang’ich sinfda matematika o’qitishda o’qituvchi, arifmetik masalalar yechishga jiddiy e’tibor bilan qarashi kerakligini va maktabda butun matematika kursini o’zlashtirish ishi arifmetik masalalarga qaratilib ko’rilishi zarurligini ko’rsatadi. Shunday savol tug’iladi, arifmetik masala bilan misol o’rtasida qanday farq bor? Misol bu sonli ifoda bo’lib, unda amallar va ularning bajarilish tartibi amal belgilari orqali berilgan bo’ladi. Ammo har qanday sharti, sonli faktlari va savoli bo’lgan matn masala bo’la olmaydi. Bunda ham o’ziga xos talablar mavjud. Masala o’z mazmuni bilan o’quvchilarga yaqin va tanish bo’lib, u o’quvchini o’rab olgan hayot voqealarini o’zida aks ettirishi kerak. Tuzilishi jihatdan oddiy, tushunarli, iloji boricha qisqa matnli bo’lishi kerak. Sonli faktlar hayotiy, real, imkoniyat chegaramizga sig’adigan, mantiqan to’g’ri tanlangan va taraqqiyot dinamikasini ochib beradigan bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf darsliklarini tahlil qilganimizda 1-sinfdan boshlab, har bir darsda hech bo’lmaganda bir yoki bir necha masalaga duch kelamiz. Masalalarni o’quvchilrga tushuntira olish o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi esa kuchli bilim va metodik mahoratga ega bo’lgan, bolalarni chin dildan sevuvchi inson bo’lishi kerak Masala tuzish ishi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ancha murakkabligini unutmaslik kerak. Chunki bolalar masala tuzayotganda kerak bo’lgan miqdorlar sonini, ularni bir-biriga bog’lashni hali yaxshi bilishmaydi. Masalaga savol qo’yishda qiynalishadi. Shuning uchun avval o’qituvchining o’zi masalaning qanday yuzaga kelishini amaliy tarzida tuzib ko’rsatadi. 1. Masalan, I sinfda noma’lum qo’shiluvchini topishga doir masala “Stolda 29 ta daftar yotibdi. 12 tasi katakli daftar, qolganlari esa bir chiziqli daftar. Nechta daftar bir chiziqli?” 172 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 yechilsa, unda o’quvchilar ko’z o’ngida shunga o’xshash quyidagicha masalani tuzib ko’rsatish mumkin. O’qituvchi stoliga bir qancha daftar qo’yadi. Bir o’quvchiga shu daftarlar ustiga yana ikkita daftar qo’shishni aytadi. So’ngra hamma daftarlar sanaladi va oldin stol ustida nechta daftar bo’lganligini aniqlash maqsadida masala tuziladi va yechiladi. Yoki noma’lum kamayuvchini topishga doir masala “Zarinada bir nechta daftar bor edi. U o’rtog’iga ikkita daftarini berganidan keyin uning 9 ta daftari qoldi. Zarinada nechta daftar bo’lgan?” yechilgach, noma’lum ayriluvchini topishga doir “Do’konda 100 dona changyutgich bor edi. Bir nechta changyutgich sotilgan keyin 91 ta changyutgich qoldi. Nechta changyutgich sotib yuborilgan?” Keyinchalik rangli rasmlar yuzasidan masalalar tuzish, tuzdirish orqali bu kabi ijodiy ishlar kengayib boradi. Masala tuzish uchun rasmlarda berilgan ma’lumotlar o’quvchilarga ancha tanish bo’lib, bunda o’quvchilarning asosiy vazifasi rasmini”o’qib” unga savol qo’yishdan iborat bo’ladi.. Masalan, 2 ta likopcha tasvirlangan. 1-likopchada 3 ta olma bor. Ikkinchi likopchada 2 ta olma bor. Shu rasm asosida masala tuziladi: “Bir likopchada uchta olma,

Доказательный фрагмент

«The work with ariphmetic tasks in initial classes, drawing up and decision of creative tasks by the pupils is object of given clause.»

Образец извлечения

Демо-превью

The work with ariphmetic tasks in initial classes, drawing up and decision of creative tasks by the pupils is object of given clause. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
matter, arithmetical task, arithmetical action, example, task, arifmetik masala, arifmetik amal, masala, topshiriq., misol
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники