Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
NEW RENAISSANCE
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
O’quvchilar rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning nutqidir. O’zbek tilini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilari og'zaki va yozma muloqotda ijodiy o'zini namoyon qilish zarurligini anglash va jamiyatdagi muloqot jarayonining kelajakdagi muvaffaqiyatini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. O’zbek tili ularning fikrlash, tasavvurlarini, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vositasiga aylanishi kerak. Tayanch so’z va iboralar: yozma nutq, og’zaki nutq, rolli o’yinlar, lingvistik kompetensiya, pragmatik kompetensiya, strategik kompetensiya, “Intervyu” meteodi, “Kitob taqdimoti” metodi. Nutq faoliyati- bu nutqning o’zaro ta’sir tushunchalari hamda nutq aloqasi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan murakkab hodisa hisoblanadi. Rus olimi A.N.Shamov nutq kompetensiyasining tarkibiga quyidagi 4 qismni kiritadi: 1) rasmiy hamda norasmiy muloqot sharoitida kommunikativ jihatdan maqbul nutq xatti- harakatlari to’g’risidagi bilimlar, nutq registrlari, o’qish, gapirish, tinglash va yozishni aloqa vositasi sifatida ishlatishda nutq strategiyalarini bilish; 2)tinglash, o’qish, gapirish va yozish texnikasi bo’yicha ko’nikmalar; 3)og’zaki va yozma matnlarni yarartish, idrok etish, kommunikativ talqin qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalar; 4)nutq xatolarini tuzatish qobiliyati. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi o’quvchilarda og’zaki nutq hamda muloqot ko’nkmalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu jarayonda yordam beradigan usul hamda texnikalarni mavjud bo’lib, ular quyidagilar: 1) nutq mashqlari hisoblanib, bu usul yordamida samarali mashqlarni bajartirish o’quvchilarning dialogik nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga yanada yordam beradi. 166 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 2) Bunga savollarga asosli javoblar uzish, rolli o’yinlar yoki viktorinalar tashil qilishni misol qilib keltirsak bo’ladi. 2) nutqni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish: bunda o’quvchilarning og’zaki nutqini yanada rivojlantirish uchun o’qituvchilar erkin va qiziqarli muloqot sharoitini yaratishlari, turli xil mavzularni muhokama qilish, hikoyalar hamda boshqa tadbirlarni o’tkazishni o’z ichiga oladi. 3) yozishni rivojlantirish: o’zbek tilini o’rganish jarayonida o’quvchilar o’zlarining ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, ma’lumot qidirish va va vazifalarni bajarish uchun tildan foydalanishni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 4) muvofiq nutqqa alohida e’tibor: shuni e’tiborga olish kerakki, ko’plab o’quvchilar 4-5 jumladan iborat qisqa matn va hikoyalar bilan cheklanishadi. Bolalar o’z fikrlarini erkin hamda hissiy jihatdan ifolashliklari uchun o’qituvchilar ularning izchil nutqini rivojlantirishga yordam berishlari lozim. Nutqni rivojlantirish davomida o’quvchilar quyidagilarni o’rganadilar: sinfda, maktabda, kundali hayota, turli xil yoshdagi insonlar bilan muloqot qilishning lingvistik va nolingvistik vositalarini to’g’riligini baholash; o’z fikrlarini erkin bayon etish; hikoya va matnlarga mustaqil ravishda nom bera olish; matn rejalarini tuzish; muayyan muloqot jarayonlari uchun turli xildagi xatlar, tabriknomalar va boshqa xildagi qisqa matnlar yaratish; nutqning turli xil turlaridan foydalalngan holda muayyan bir mavzu yuzasidan og’zaki hikoya hikoya va matnlarni tuzish, tasvirlash, fikrlash, hikoya qilish; gap tartibi buzilgan matnlarni tahil qila olish hamda ularni tuzatish; ushbu matndagi semantik bo’shliqlarni topish. Nutqiy kompetensiyaning 5 ta tarkibiy qismi mavjud. 1)lingvistik kompetensiya: bu kompetensiya til qoidalari, grammatik tuzilishi, lug’at hamda fonetikasini bilishni o’z ichiga oladi. 2)ijtimoiy lingvistik kompetensiya: tildan ijtimoiy normalarga hamda qoidalarga muvofiq tarzda foydalanish qobiliyati hisoblanadi. 3)pragmatik kompetensiya: har xil turdagi muloqot holatlarida o’z maqsalariga erishish uchun tildan foydalanish qobiliyati. 4) strategik kompetensiya:o’z maqsadlariga erish uchun turli xil nutq strategiyalaridan foydalanish. 5)kommunikativ kompetensiya: polilogda qatnashish, dialoglar o’tkazish, turli xil janrdagi og’zaki va yozma matnlarni yaratish qobiliyati hisoblanadi. Nutq kompetensiyalarini shakllantirib borish oddiydan murakkabga qarab tizimli va izchil amalga oshirilishi lozim. Nutqni rivojlantirishda o’quvchilarga taqdim etilayotgan o’quv materiallari o’quvchilar hayoti, ehtiyojlari 167 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 va qiziqishlariga mos bo’lishi zarur. Bunda o’qitish mazmuni va usullari o’rganlayotgan bilimlarning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak. O’qitish jarayonini yanada qiziqarli hamda samarali qiladigan turli xildagi o’qitish usullari, texnologiyalaridan foydalanish zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini kuchaytirish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanib, nutqda fikr shakllantiriladi, s
Доказательный фрагмент
«O’quvchilar rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning nutqidir.»
Образец извлечения
Демо-превьюO’quvchilar rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning nutqidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Intervyu” meteodi, strategik kompetensiya, lingvistik kompetensiya, og’zaki nutq, rolli o’yinlar, pragmatik kompetensiya, “Kitob taqdimoti” metodi., yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025