К содержанию
РецензированоEN2008

Fors tilida sodda fe‟llar polisemiyasi

Ahmedova D.R.

Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке · 2008

Аннотация

Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‗rganilishi zarur bo‗lgan hodisasi hisoblanadi. Uning nazariy hal etilishi esa tilning logika bilan bog‗liq, u bilan aloqador tomonini aloqadorlik qonuniyatlarini hal qilib chiqish bo‗ladi. Uning amaliy tomoni esa tarjima, izohli lug‗at kabi lug‗atlar strukturasi demakdir. Polisemiya so‗zning semantik strukturasi nuqtai nazaridan olib o‗rganiladi. So‗zning semantik strukturasi esa uning ob‘ektiv borliq bilan bog‗liq tomonidir. Kalit so„zlar: fors tili, polisemiya, ko‗p ma‘nolilik, sodda fe‘llar Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli o‗rin tutadi. Til boyligi faqat so‗zlar, iboralar bilangina emas, so‗zlarning leksik ma‘nolari bilan ham o‗lchanadi. Demak, so‗zlarning ko‗p ma‘noliligi – polisemiya til boyligida o‗z o‗rniga ega [1; 3]. Ma‘lum tildagi polisemiya o‗rganilar ekan, o‗sha xalqning tarixiy taraqqiyoti, fikrlash doirasi, nuqtai nazari kabilarga ham e‘tibor berilgan bo‗lardi. Til boyligining mana shunday tarmog‗i esa, to‗laligi bilan olib qaralganda, tekshirish ob‘ekti bo‗lmay kelmoqda. U ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‗lishiga qaramay, mana shunday muammoli masala barcha xalqlar tilshunosligida hamon e‘tibordan chetda turibdi. Tadqiqotimiz ob‘ekti bo‗lgan fors tilidagi sodda fe‘llarda polisemiya masalasi ham shular jumlasidandir. Fors tilida polisemiya hodisasi masalalari L.Peysikovning «Лексикология современного персидского языка» va A.Quronbekovning ―Fors tili leksikologiyasi‖ [2] kitoblarida yoritilgan. Eron tilshunosligida fe‘llarda ko‗p ma‘nolilik hodisasiga bag‗ishlangan qator ishlarni kuzatish mumkin. Bulardan یفیرض لاِض―یتخبٌض یسبٌضبٌعه ٍبگذید زا دبیٌث ماذًا تکره لبعفا ییبٌعه یسررث‖ [3], یداره نیُارثا― ییبٌعه یسررث یسربف ىبثز رد تکره لعف‖ [4], ربکهذٌگ َلحار―یسربف ىبثز لبعفا حطس رد یتفبث ییبٌعه نُ َلئسه َث یتخبٌض یدرکیّر‖ [5], یرفص یلع .―یسربف ىبثز رد تکره یبُ لعف ةّبٌت ّ ٌَیهز یسبطًبٌعه‖ [6], یفیرض لایل― لعف کی َث یتخبٌض یدرکیّر 46 یسربف یبٌعهذٌچ‖ [7], یعیثر ذیوح―لعف یبٌعه رییغت رد رثؤه رصبٌع ‖ [8], بفلگ ىلاسرا ― ىبثز رد »ىذض« لعف ییبٌعه یبضف یتخبٌض شرگً :یسربف‖ [9] ishlarini sanab o‗tish lozim. Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma‘nolar orasida mazmuniy bog‗lanish borligiga tayanadi, shu xususiyati bilan leksik omonimiyadan farq qiladi. Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma‘no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi. Prof. A.Quronbekovning ta‘kidlashlaricha polisemiya tarkibidagi vujudga kelgan omonimlarni boshqa ma‘no belgilaridan farqlash o‗ta qiyin. Masalan: ―parde‖ – ―parda‖, ―ekran‖, ―san‘at asari‖, ―soz pardasi‖. Bu ma‘nolar orasidagi ―deraza pardasi‖ bilan ―soz pardasi‖ni bir-biridan uzoq ma‘noli omonimlar deyish mumkin. Ularning orasidagi bu farq faqat sintaktik va semantik valentlikda ma‘lum bo‗ladi. Parde-ye panjare – deraza pardasi; parde-ye ‗aroq – Iroq ohangi orasida farq juda katta. Bularni bir so‗zning bir-biriga yaqin ma‘no belgilari debbo‗lmaydi. Bu bir-biridan uzoq ma‘no belgilari – omonimlardir. Lekin lug‗atlarda so‗zning bu ma‘nosi omonim sifatida qaralmaydi. Ko‗p ma‘noli so‗zlardagi ma‘no yaqinligi bilan omonimlar o‗rtasidagi farqlarni ajratishning aniq ko‗rsatkichlari ishlab chiqilmagan. Bu mavzu fors tili leksikologiyasida o‗z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir [2; 18]. Misollar tahlili natijasida huddi shunday muammoli holga ىدرْخ fe‘li misolida duch kelindi.ندروخ 1) yemoq; 2) ichmoq; 3) yutmoq; 4) og‗z. tushunarsiz gapirmoq; 5) o‗zlashtirib olmoq; 6) sport. yutqazmoq; 7) mo‗ljalga tushmoq; 8) urilib ketmoq; 9) tegmoq; 10) og‗z. to‗g‗ri kelmoq kabi ma‘nolarni anglatadi. Nazarimizda ushbu fe‘lning 6, 7, 8, 9, 10 ma‘nolari uning bosh ma‘nosidan tubdan farq qilib, buni alohida omonim sifatida ajratish maqsadga muvofiq lekin bu masala alohida tadqiqotni talab etadi. So‗z ma‘nolarini analiz qilish orqali shuni kuzatish mumkinki, barcha so‗zlar dastlabki bosqichda monosemantik xarakterga ega bo‗ladi. Ulardan muayyan narsa va hodisalarni ifodalash maqsadlarida foydalaniladi. Keyinchalik ular boshqa predmet va hodisalarni ifodalash maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Natijada so‗zlarning keyingi ma‘nolari kelib chiqadi. Polisemiya hodisasining yuzaga kelishida ko‗chma ma‘noning hosil bo‗lishi muhim rol o‗ynaydi.Ko‗chma ma‘nolar bir toifa voqelik atamasini boshqa toifadagi voqelikka ko‗chirish jarayonida vujudga keladi. Masalan: يیدلاْف یْقبچ (čāquye fulādin) – po‗lat pichoq;يیدلاْف ٍدارا (erādeye fulādin) – po‗lat irodali. Bu o‗rinda birinchi birikmada ―po‗lat‖ tom ma‘noda, ikkinchi birikmada ko‗chma ma‘noda, ya‘ni ―mustahkam‖, ―bukilmas‖ ma‘nosida qo‗llanilmoqda [2; 9]. Uzual ma‟no leksemaning mazmun mundarijasida bor bulgan leksik ma‘nodir. U til egasi bo‗lgan xalq tomonidan tan olingan, demak, ko‗pchilikka tushunarli bo‗lgan ma‘no hisoblanadi. Masalan, نتفر fe‘lining mazmun mundarijasida quyidagi leksik (uzual) ma‘nolar bor: 1) yurmoq; ketmoq; yo‗lgatushmoq; 2) yaqinlashmoq; 3) oqmoq; 4) botmoq; 5) tortmoq, o‗xshamoq (birorkimsaga); 6) o‗chmoq; 7) ahdqilmoq

Доказательный фрагмент

«Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‗rganilishi zarur bo‗lgan hodisasi hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‗rganilishi zarur bo‗lgan hodisasi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polisemiya, fors tili, sodda fe‘llar, kop ma‘nolilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники