К содержанию
РецензированоUZ2023

FRUSTRUATSIYA VA YOLG'ON HISLARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Xojametova Feruza · Óskinbaeva Gulziyba

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article focuses on the research of frustrated emotions and false perceptions from a psychological perspective. Frustration is a negative emotion that appears as a result of a person facing obstacles in achieving his goals, which is closely related to cognitive and emotional processes. The article analyzes the effects of frustration on motivation, decision-making and social relations. Key words: Frustration, false feelings, emotions, cognitive psychology, motivation, emotional reactions. Frustratsiya, inson ruhiyatining salbiy holatlaridan biri bo'lib, odamning maqsadlariga erishishda to'siqlar yoki qiyinchiliklar bilan yuzlashishi natijasida paydo bo'ladi. Frustratsiya emotsiyasining shakllanishi kognitiv baholash, hissiyotlar va motivatsiyaning murakkab o'zaro aloqasiga bog'liqdir. 316 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Frustratsiya ko'pincha stress va tashvish bilan birga keladi va ruhiy salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu maqolada, frustruatsiya va unga bog'liq emotsiyalarni tadqiq qilish, shuningdek, yolg'on hislar va ularning psixologik ta'siri haqida batafsil tahlil qilinadi. Frustratsiya — bu inson maqsadlariga erishishda to'siqlar bilan duch kelganida yoki kutgan natijalariga erisholmaganida paydo bo'ladigan emotsional holatdir. Frustratsiyaning motivatsion jihatlari, uning inson xulq-atvori va qaror qabul qilish jarayonlariga qanday ta'sir qilishi, kognitiv va emosional xususiyatlar bilan bog'liqdir. Frustratsiya, ko'pincha qayg'u, g'azab, qo'rquv va xafagarchilik kabi salbiy emotsiyalar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Frustratsiya kuchli yoki kuchsiz bo'lishi mumkin, lekin uning oqibatlari ko'pincha depressiya, tashvish, o'ziga nisbatan salbiy munosabat va stress kabi ruhiy holatlar bilan bog'liq bo'ladi. Ba'zida frustruatsiya odamni harakat qilishga undasa, boshqa hollarda esa, odamni passiv holatga olib keladi, uning motivatsiyasini kamaytiradi va ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Kognitiv baholash nazariyasiga ko'ra, frustruatsiya, odamning biror hodisani yoki vaziyatni qanday qabul qilishi va unga qanday baho berishi bilan bog'liqdir. Richard Lazarusning kognitiv baholash nazariyasiga ko'ra, emotsiyalar, odamning muayyan vaziyatga qanchalik katta ta'sir ko'rsatishiga qarab paydo bo'ladi. Agar biror hodisa yoki vaziyat odam tomonidan tahdid sifatida baholansa, bu frustruatsiya va boshqa salbiy emotsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Frustratsiya ko'pincha ikki turga bo'linadi: konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv frustratsiya, odamni muammoni hal qilishga undaydi va bu holat motivatsiyani oshirishi mumkin. Destruktiv frustratsiya esa, odamni bezovta qiladi, tashvish va depressiyani keltirib chiqaradi va hatto o'z-o'zini izolyatsiyalashgacha olib kelishi mumkin. Yolg'on hislar yoki noto'g'ri tushunishlar, frustruatsiya holatiga ham ta'sir qilishi mumkin. Frustratsiyaga uchragan shaxs, ko'pincha o'zini noto'g'ri his qilishi yoki boshqa odamlarning niyatlarini noto'g'ri talqin qilishi mumkin. Yolg'on hislar – bu o'zgarishlar yoki noto'g'ri qarorlar qabul qilishda shaxsning fikrlarida yuzaga kelgan noto'g'ri, noaniq yoki yolg'on hislardir. Frustratsiya, o'zini boshqarish qobiliyatini yo'qotishga, hissiy reaktsiyalarni noto'g'ri tushunishga olib kelishi mumkin. Misol uchun, biror kishi ishlari ortidan charchab, o'zini "hech narsa qilishga qodir emasman" deb his qilishi mumkin. Bu esa yolg'on hisni keltirib chiqaradi, chunki aslida u insonda imkoniyatlar bor, lekin frustruatsiya uning ko'rish doirasini toraytirgan va noaniqlikni kuchaytirgan. Yolg'on hislar, odamni noto'g'ri qarorlar qabul qilishga undaydi, bu esa uning salomatligi va munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Frustruatsiyani boshqarish va unga tegishli emotsiyalarni samarali ravishda yengib o'tish uchun bir nechta usullar mavjud. Kognitiv-behavioral terapiya (CBT) — bu frustruatsiya va uning salbiy ta'sirlarini yengib o'tish uchun eng samarali usullardan biridir. CBT yordamida shaxs o'z fikrlarini va hissiyotlarini qayta baholashga, frustruatsiyaga sabab bo'layotgan stressli vaziyatlarga 317 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 qanday reaksiya berish kerakligini o'rganadi. Bu metod, insonlarga turli stressli holatlar va frustruatsiyani boshqarishda yordam beradi. Frustruatsiya bilan kurashishda asosiy e'tibor, odamning o'zini ijobiy tarzda ko'rsatishiga, hayotdagi kichik g'alabalarni tan olishga va qarorlarida muvaffaqiyatga erishishga qaratiladi. O'zini anglash, emotsional barqarorlikni saqlash va tashqi to'siqlarga nisbatan muvozanatli munosabatni rivojlantirish ham muhim omillardir. Xulosa sifatida shuni ta’kidlamoq lozimki frustruatsiya inson psixologiyasida muhim rol o'ynaydi, va uning kognitiv-emotsional jarayonlari insonning umumiy ruhiy salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Frustruatsiya va yolg'on hislar, odamning salbiy emotsiyalarni his qilishida, qarorlar qabul qilishda va boshqarishda muhim o'rin tutadi. Shaxsiy rivojlanish va psixoterapiy

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the research of frustrated emotions and false perceptions from a psychological perspective.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the research of frustrated emotions and false perceptions from a psychological perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Frustration, false feelings, emotions, cognitive psychology, motivation, emotsional reaktsiyalar., emotsiyalar, yolg'on hislar, kognitiv psixologiya, motivatsiya, Frustratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники