Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDA TURISTLIK XIZMAT BOZORINING RIVOJLANISH STRATEGIYASI
Olimova Sadoqat
Современная наука и исследования · 122-132 · 2023
Аннотация
Tourist firms, as an organizer of trips and a service provider for tourists, manifest in themselves the main ring of the system of market economic relations in the tourist industry. Keywords: scientific approach, Comparative Analysis, Analysis and synthesis, selection, economic-statistical analysis. Turistlik xizmat bozori bu turistlik xizmatlarning haridori-turistlar (talabni taqdim etuvchilar) va sotuvchilarni-turoperatorlarni (mahsulot bilan ta‘minlovchi) birlashtiruvchi institut yoki mexanizmdan iborat. Boshqa tovar bozorlaridan farqli o’laroq, turistlik xizmat bozori o’zida tovarning sotuvchidan haridorga ko’chishini anglatmaydi. Aksincha, haridorlar zahiralangan xizmatlarni olish uchun manziliga qarab harakat qilishadi. Bozor bu ayirboshlash sohasi bo’lib, turistlik industriyasidagi turli korxonalar sayohatchilarning xilma-xil xizmatlar bilan qoniqtirishga qaratilgan faoliyatini ifodalovchi turistlik xizmatlar turistlik bozorning ayirboshlash predmetidir. Turistlik firmalar sayohatlar tashkilotchisi va turistlarga xizmat ko’rsatuvchi sifatida o’zida turistlik industriyasidagi bozor iqtisodiy munosabatlari tizimining asosiy halqasini namoyon etadi. Boshqacha qilib aytganda, turistlik xizmat bozori – bu turistlik mahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar paydo bo’ladigan joydir. 277 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Turistlik mahsulotning har bir ishlab chiqaruvchi va iste‘molchisi o’zining iqtisodiy manfaatlariga ega. Manfaatlar mos kelmasligi ham mumkin, lekin ular mos kelsa turistlik mahsulotning savdo-sotiq akti amalga oshiriladi. Shuning uchun bozor – bu ishlab chiqarish va iste‘molchi qiziqishlarini qondiradigan o’ziga xos quroli bo’lib, mazkur xo’jalik yurituvchi hukumron turistlik sub‘ekt (turoperator, turagent) uchun shu ho’jalik yurituvchi sub‘ektning turistlik mahsulotiga qiziqqan va uni ertami- kech harid qilishga mablag’i yetadigan iste‘molchilar yig’indisini namoyon etadi. Turistlik xizmat bozorining mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi, quyidagilarni turistlik xizmat bozorning asosiy vazifalari sifatida ko’rsatib o’tishimiz mumkin: - turistlik mahsulotning tan narxi va iste‘molchi narxlarini amalga oshirish; - turistlik mahsulotning iste‘molchigacha yetib borish jarayonini tashkil etish; - mehnatga bo’lgan moddiy manfatlarni iqtisodiy jihatdan asoslab berish. Turistlik xizmat bozorining birinchi vazifasini bajarish jarayonida narx harakati amalga oshiriladi va bu narsa pulni turistlik mahsulotga almashtirishda aks etadi. Bu almashtirishning amalga oshirilishi tovar-pul munosabatlarining tugallanishini, turistlik mahsulotda mujassamlashgan narxning harakatini va mahsulot narxining iste‘molchi tomondan tan olinishini ifodalaydi. Natijada, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoning bir me‘yorda borishi ta‘minlanadi va turistlik industriya rivojlanishi uchun pul mablag’lari paydo bo’ladi va jamg’ariladi. Turistlik mahsulotning iste‘molchiga yetkazish vazifasi uni o’tkazish bo’yicha turagentlar va turoperatorlar tarmog’ini yaratish orqali amalga oshiriladi. Mehnatga bo’lgan moddiy raxbatlantirishlarni iqtisodiy ta‘minlash vazifasi turistlik xizmat bozorda taqsimot «pul–turistlik mahsulot» almashinuvi jarayonida zaruriy faza sifatida tugallangan ko’rinishda gavdalanadi. O’z mehnati uchun maosh oladigan turistlik firma ishchilarida sifatni o’stirish va turistlik mahsulot sonini ko’paytirish, uni iste‘molchilar talablariga binoan ishlab chiqarish uchun moddiy manfatlar yaratiladi. Turistlik xizmat bozori sub‘ektlari, turistlik mahsulot ishlab chiqaradigan va iste‘mol qiladigan jismoniy va yuridik shaxslar, mavjudligi bilan tafsivlanadi. Turistlik xizmat bozorining uchta sub’ektini ajratib ko‘rsatish mumkin: turistlarning o‘zlari (turmahsulot iste’molchilari), turoperator va turagentlar. Turistlik xizmat bozorining ishlash mexanizmi deganda «pul oqimi va turistilik mahsulot oqimi», «pul–turistlik mahsulot» almashinuviga, turistlik mahsulotga bo’lgan talab va taklifning mutanosibligini ta‘minlash uchun bajariladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi. 278 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning bir tarmog’i sifatida o’ziga xosligi uning mahsuloti muayyan turdagi xizmatlardan foydalanishga beriladigan xuquq bo’lib, bu xizmatlarning o’zi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yaratiladi. Turizmning milliy iqtisodiyotga ko’rsatgan ijobiy ta‘siri mamlakatda u faqat har tomonlama rivojlangandagina ya‘ni, milliy iqtisodiyotini xizmatlar iqtisodiyotiga aylantirmaganda amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, turizm samaradorligi uning mamlakatdagi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlari bilan parallel ravishda va o’zaro aloqada rivojlanishini taqozo etadi. Jahon iqtisodiyotidagi strukturaviy o’zgarishlar, xususan turizmning yetakchi tarmoqlar guruhiga kirishi, zamonaviy jamiyatning xususiyatlarini o’zgartira boshladi. Globalizatsiya, axborotlashtirish, transport vos
Доказательный фрагмент
«Tourist firms, as an organizer of trips and a service provider for tourists, manifest in themselves the main ring of the system of market economic relations in the tourist industry.»
Образец извлечения
Демо-превьюTourist firms, as an organizer of trips and a service provider for tourists, manifest in themselves the main ring of the system of market economic relations in the tourist industry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- scientific approach, Comparative Analysis, Analysis and synthesis, selection, tanlab olish, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil., tahlil va sintez, ilmiy yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026