Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA'SIR QILUVCHI TASHKILIY IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH
IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH · Ramazanov Zafar · СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ
Современная наука и исследования · 122-132 · 2023
Аннотация
This article explains the improvement of organizational economic mechanisms affecting poverty reduction for the development of the economy of the Republic of Uzbekistan, offers and recommendations on Poverty Reduction and, taking into account the measures clearly defined by the president of the Republic, economists are trying to substantiate this concept. a number of measures and conditions have been clarified so that the working population can independently leave poverty on the basis of decent labor. Keywords: poverty, Services, Organizational and economic mechanism, concept. O'zbekistonda mehnat bozori siyosati va mehnatga haq to'lash siyosatini takomillashtirishsiz bugungi kunda kambag'allik muammosini samarali hal etib bo'lmaydi. 261 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Aholiga manzilli ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish zarurligini e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi sharoitda ushbu dasturlar ko'p jihatdan mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismidagi yuqori darajadagi kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan. Agar davlat tomonidan belgilangan siyosati aholi bandligini oshirishga, yangi ish o'rinlarini yaratishga va mavjudlarini saqlab qolishning tashkiliy-moliyaviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan bo'lsa, kambag'allik darajasini real pasaytirishga erishiladi. Davlatimiz rahbarining Murojatnomasida 2023-yilda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilayotgan siyosatning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan. Xususan, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, kambag'allikni bartaraf etish chora-tadbirlari mahalla miqyosida davom ettiriladi. Aholi tashabbus ko'rsatgan loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb uch baravar ko'p, salkam 8 trillion so'm mablag' yo'naltirish ko'zda tutilgan. Hududlar o'rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirishni ta'minlovchi mexanizm ishga tushirilib, ular sharoiti va salohiyatidan kelib chiqib, besh toifaga ajratildi. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kredit va kompensatsiyalarni toifalardan kelib chiqib ajratish ko'zda tutilgan. Ular uchun soliq stavkalari ham har xil bo'ladi. O'tgan yilda oilaviy biznes dasturi uchun 12 trillion so'm ajratildi. Bunday kreditlarning maksimal miqdori ortdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 25- yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun "Agrobank" ATB, "Mikrokreditbank" ATB va AT Xalq bankiga 300 million dollar miqdorida mablag'lar uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga 10 foiz stavkada ajratildi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida aniqlangan modeldan foydalangan holda ilmiy yondashuv, qiyosiy tahlil, tahlil va sintez, tanlab olish, iqtisodiy-statistik tahlil, ekonometrik modellashtirish va prognozlash usullaridan foydalanildi.Tahlil va natijalar: O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 27-fevral kuni tadbirkorlik orqali kambag'allikni kamaytirish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. "Dastlabki hisob- kitoblarga ko'ra, 12-15 % yoki 4- 5 million kishi kambag'al. Demak, ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so'mdan oshmaydi. Yoki oilada mashina ham, uy hayvoni ham bo'lishi mumkin, lekin agar odam og'ir kasal bo'lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolashga ketadi. Bunday oilani o'zini-o'zi ta'minlaydigan oila deb atash mumkinmi? Prezidentimiz xalqimiz hayotida nimalar bo'lyapti, oziq-ovqat, davolanish, ta'lim-tarbiya, farzandlari uchun kiyim-kechak kabi savollar har kuni qiynayapti. Yig'ilishda davlat rahbari yana qo'shimcha qildi: "Kambag'allikning qisqarishi oylik yoki pensiya nafaqalari, ommaviy kreditlar ko'payishini anglatmaydi. - Ular AQShning Massachusets Texnologiyalar instituti qoshida laboratoriya ochgan. Hozir biz ham o'sha laboratoriya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqchimiz. 262 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Bu laboratoriya bir nechta mamlakatlarda kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha qator tajribalarni o'tkazib keladi. Shulardan biri bolalarni maktabga jo'natish va ularning maktabga bormasligining oldini olish bo'yicha maktabda oziq-ovqatni tashkil qilish tajribasi hisoblanadi. Ko'p kambag'al oilalar kiyimi yo'qligi sabab maktabga bormasligini aytadi. Maktabda bolaga kiyim yoki ovqat berish uning bilim darajasiga qanchalik ta'sir qilishi kabi tajribalarning kambag'allikni qisqartirishga ta'sirini o'rganishgan.Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta'kidlanganidek, Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurish, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish va kambag'allikni qisqartirish maqsad qilingan.Shundan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga davlat xarajatlarini oshirish vazifasi qo'yildi. Xususan, 2018 yilda 35 trillion
Доказательный фрагмент
«This article explains the improvement of organizational economic mechanisms affecting poverty reduction for the development of the economy of the Republic of Uzbekistan, offers and recommendations on Poverty Reduction…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explains the improvement of organizational economic mechanisms affecting poverty reduction for the development of the economy of the Republic of Uzbekistan, offers and recommendations on Poverty Reduction… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poverty, Services, Organizational and economic mechanism, concept, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, xizmatlar, konsepsiya., kambag'allik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014