К содержанию
РецензированоUZ2023

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGINING BOZORGA O‘TISH XUSUSIYATLARI. AGROSANOAT MAJMUASINI ISLOH QILISH BOSQICHLARI

Bozorov Raxmon Qahramonovich

Современная наука и исследования · 122-132 · 2023

Аннотация

In this article, the broad introduction of market relations, strengthening the legal basis of relations between agricultural products growing, processing and selling entities, attracting investments in the industry, is one of the most important factors in the functioning of the agrarian products market, and human activity in all areas depends on them. Keywords: technical and scientific-technological, natural-climatic conditions, availability of water, fresh air, technical and scientific-technological, organizational-economic, agricultural products, potatoes and vegetables. 255 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: - aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy ob’ektlar bilan integratsiyalash; - boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichmabosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish; - sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish; - xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish; - ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; - chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish. Ma’lumki, ayni paytda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklari yetakchilik qilmoqda. Bu xo‘jaliklarda 63,6 foizdan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilmoqda. Shu bilan birga fermer xo‘jaliklari ham qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda. Ularning ulushi 34,7 foizni tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 2022 yil boshi holatiga ko‘ra, umumiy ekin maydonida 83,8 foiz, shu jumladan don ekinlari yer maydoni – 85,2 foiz, paxta ekin maydoni 83,8 foiz fermer xo‘jaliklariga tegishli, kartoshka va sabzavot ekin maydoni esa ko‘proq dehqon xo‘jaliklariga ulushlariga to‘g‘ri keladi (ularga mos ravishda 86,4 va 68,4 foizni tashkil etgan). Ammo dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, dehqon xo‘jaligiga 50,8 foiz, fermer xo‘jaliklariga 48,2 foiz to‘g‘ri keldi. Bunda don va paxta hosili asosan fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilmoqda (ularga mos ravishda 78,7 va 99,4 foiz). Qolgan dehqonchilik mahsulotlari (kartoshka, sabzavot, meva, rezavorlar va uzum) dehqon xo‘jaliklari tomonidan yaratilmoqda. Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning ishlab chiqarish sur’atini kuzatadigan bo‘lsak, don ekinlari, paxta, sut mahsulotlari va qorako‘l terini ishlab chiqarish hamda qo‘y va echkilar soni o‘sish sur’atlari fermer xo‘jaliklari, go‘shtni ishlab chiqarish hamda parrandalar soni o‘sish sur’ati 256 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 esa – qishloq xo‘jaligi korxonalarda yuqori, qolgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sish sur’atlari dehqon xo‘jaliklarida kuzatilgan. Hududlar kesimida kuzatadigan bo‘lsak, dehqon xo‘jaliklarning yalpi hududiy mahsulotidagi eng yuqori ulushi Surxondaryo (69,3 %), Navoiy (68,0 %), Buxoro (68,4 %), Namangan (68,0 %) viloyatlarda, fermer xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi - Samarqand (42,5 %), Sirdaryo (40,9 %), qishloq xo‘jaligi korxonalarining ulushi Toshkent (4,3 %), Navoiy (3,1 %) viloyatlarda eng yuqori ekanligi kuzatilgan. Yerdan foydalanish unumdorligini kuzatadigan bo‘lsak, garchi Qashqadaryo (13,6 %), Jizzax (10,3 %) va Samarqand (10,1 %) viloyatlarda eng ko‘p ekin maydoni bo‘lsa ham, ammo 1 gektar yer maydonidan olingan daromad Navoiy (39813,0 ming so‘m), Andijon (33889,9 ming so‘m) va Toshkent (28091,7 ming so‘m) viloyatida yuqori. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingining shakllanishi va rivojlanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) tabiiy-iqlim sharoitlar; b) moddiy-texnik va ilmiy-texnologik sharoitlar; v) tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar

Доказательный фрагмент

«In this article, the broad introduction of market relations, strengthening the legal basis of relations between agricultural products growing, processing and selling entities, attracting investments in the industry, i…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the broad introduction of market relations, strengthening the legal basis of relations between agricultural products growing, processing and selling entities, attracting investments in the industry, i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technical and scientific-technological, natural-climatic conditions, availability, tashkiliy-iqtisodiy, dehqonchilik mahsulotlari, kartoshka va sabzavot., Texnik va ilmiy-texnologik, suvning mavjudligi, toza havo, tabiiy-iqlim sharoitlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники