К содержанию
РецензированоRU2024

Исторический анализ экономических реформ, реализованных в Нуратинском районе (2017-2024 гг.)

ZARAFSHON VOHASINI KOMPLEKS INNOVATSION · RIVOJLANTIRISH YUTUQLARI · MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI · V-XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI · OF THE V-INTERNATIONAL CONFERENCE ON · INTEGRATED INNOVATIVE DEVELOPMENT OF ZARAFSHAN · REGION: ACHIEVEMENTS · CHALLENGES AND PROSPECTS · SECTION №. MACHINE-BUILDING · INSTRUMENT-ENGINEERING AND AUTOMATION

in Library · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Nurota tumanida 2017-2024-yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tarixiy tahlili, ularning samaradorligi hamda sohalar kesimida erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan tarixiy-tahliliy fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: iqtisodiyot, sanoat, turizm, tadbirkorlik, bandlik, yoshlar, bo‘sh ish o‘rinlari Nurota tumanida ayni paytda yangilik va kata o‘zgarishlar hukmron. Aytish joizki, sanoatni, tadbirkorlikni, turizm sohasini jadal rivojlantirish hudud aholisi hayotining farovonligi hamda barqaror iqtisodiyotning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi[1]. Hudud iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini beruvchi 15 ga yaqin yerosti konlari, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida 70 ga yaqin me’moriy, arxeologik va ekoturizm obyektlari mavjud[2]. Qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilikni rivojlantirish, yirik va mayda shoxli mollar sonini ko‘paytirish hamda baliqchilikni rivojlantirishda qulay nuqta hisoblangan Aydarko‘l suv havzasi mavjudligi tumanda har qanday sohada turli hajmlardagi loyihalarni tashkil etish imkoniyati beradi[3]. Masalaning o‘rganilganlik darajasini tahlil etar ekanmiz, ushbu soha yuzasidan X.Qurbonov, R.Axmedov, Sh.Ismoilzoda, U.Narzullayev, Z.Tog‘ayevlar tadqiqot olib borishgan [4]. Tadqiqot Nurota tumanini kompleks rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi to‘g‘risida mas’ul idoralarning ochiq manbalariga joylashtirilgan hujjatlari hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari materiallari asosida olib borilgan. Maqolada tarixiy-xronologik, qiyosiy-tarixiy tahlil va xolislik kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Nurota tumani iqtisodiyotini rivojlantirish hamda unda sanoatning ulishini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va bandlik ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda tumanni kompleks rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tumanda joylashgan foydalanilmay bo‘sh yotgan davlat obyektlarini ushbu obyektlar negizida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” stavkasi bo‘yicha o‘n yil muddatgacha ijaraga berilishi, korxonalarga tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 100 ta asbob-uskunalarni taqdim etish orqali ularda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va ushbu 347 SECTION №6. INDUSTRIAL ECONOMY AND REGIONAL HISTORY OF INDUSTRIAL HERITAGE maqsadlar uchun binolar (ishlab chiqarish maydonlari)ni ajratish hamda sanoat, xizmatlar va servis infratuzilmasini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi sohalarida belgilangan loyihalarni amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan [5]. Bugungi kunda tumanda jami 4032 ta tadbirkorlik subyekti mavjud bo‘lib, 2024-yilning o‘tgan davrida 243 ta tadbirkorlik subyekti yangidan tashkil etilgan. Birgina 2020-yilda jami 334 milliard 600 million so‘mlik 130 ta loyihani amalga oshirish natijasida 870 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 2020-yil 1 avgust holatiga jami 139 milliard 600 million so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 49 ta loyiha foydalanishga qabul qilindi hamda 242 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi. Natijada byudjetga 1,6 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushumi ta’minlandi. [4, 13-b]. Nurota tumanida “Pistali” konining o‘zlashtirilishi va uning negizida 6- gidrometallurgiya zavodining qurilishi natijasida 2023-yil davomida qazib chiqarilgan tog‘ jinslari hajmi 10 mln kubometrni tashkil etib, shundan 2,3 mln tonnasi oltin maʼdanidir. Bugungi kunda “Pistali” konida 1,3 ming nafar ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodim faoliyat ko‘rsatmoqda [6]. Nurota tumani iqtisodiy salohiyatining yuksalishida kichik tadbirkorlik subyektlarining ham o‘rni juda yuqori. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida ushbu davr davomida kichik tabirkorlik subyektlari soni 3,2 barobarga oshgan [7]. (1-rasm) Yillar kesimi 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 Kichik tadbirkorlik 505 602 765 1167 1389 1407 1655 1799 subyektlari soni (ta) Yangi tashkil etilgan 73 118 211 482 272 230 313 243 tadbirkorlik subyektalri soni (ta) Oldingi yilga nisbatan o‘sish 0,8 19,2 27,1 52,5 19,0 1,3 17,6 8,7 ko‘rsatkichi (foizda) Bu kabi iqtisodiy islohotlarning barchasi zamirida xalq manfaati, ularning farovon hayoti va ertangi yorug‘ kelajagini bunyo etish yotibdi. Shunday ekan, ushbu yo‘lda dadil qadam tashlab, ushbu izchil islohotlarni davom ettirish zarur [8]. Shu o‘rinda qayd etish kerak, barcha natijalar Nurota tumanining qadim boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Bugun erishilgan har bir ko‘zlangan maqsadda shu hududda yashagan ajdodlarimizning o‘rni ham beqiyos [9]. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan birga ijtimoiy islohotlar ham yaqin kelajakda o‘z mevasini berib aholi turmush darajasini yanada oshirish imkoniyatini beradi [10]. Butun respublikada dolzarb muammoga aylanayotgan aholini toza ichimlik suvi hamda sug‘oriladigan yerlarni suv ta’minotini bilan ta’minl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Nurota tumanida 2017-2024-yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tarixiy tahlili, ularning samaradorligi hamda sohalar kesimida erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan tarixiy-tahliliy f…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Nurota tumanida 2017-2024-yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tarixiy tahlili, ularning samaradorligi hamda sohalar kesimida erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan tarixiy-tahliliy f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turizm, tourism, entrepreneurship, bo‘sh ish o‘rinlari, промышленность, youth, sanoat, предпринимательство, bandlik, туризм, economy, вакансии, yoshlar, tadbirkorlik, vacancies, экономика, молодежь, industry, employment, занятость, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники