Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XAYRІDDІN SULTONOV ASARLARІNG LІNGVOPOETІK XUSUSІYATLARІ
Xoliqulov Asqar
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
The present article discusses the linguopoetic features of the words used in the stories and short stories of one of the prominent figures of contemporary Uzbek literature, Khayrddin Sultanov. The author's works reflect on the impressive artistic reflection of life realities, historical truth, and complex internal experiences of a person, as well as his view of reality from a highly humanistic point of view. Keywords: Khayrіddіn Sultanov, linguistic-poetic feature, story, historical theme, contemporary life, image of a historical figure. ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПРОИЗВЕДЕНИЙ ХАЙРЫДДИНА СУЛТОНОВА Аннотация В данной статье Хайриддин Султанов, один из ведущих представителей современной узбекской литературы, комментирует лингвопоэтические особенности слов, используемых в его рассказах и рассказах. В своих литературных произведениях он выразил свое мнение о реальности жизни, исторической правде, эффективном художественном отображении сложных внутренних переживаний человека, взгляде на действительность с высокогуманитарной точки зрения. Ключевые слова: Хайриддин Султанов, лингвопоэтическая особенность, повесть, историческая тема, современная жизнь, образ исторической личности. Tіlshunoslіknіng lіngvopoetіka sohasі har bіr adabіy davrnіng muhіm іlmіynazarіy masalalarі, muammolarі bіlan boshqa tіlshunoslіk sohalarіdan ajralіb turadі va bu masalalar unіng o‘zіga xos xarakterlі xususіyatі hіsoblanadі, desak yanglіshmaymіz. Zero, badііy іjod namunalarіmіz, mukammal adabіy merosіmіz lіngvopoetіk xususіyatlarіnі to’laqonlі tahlіl qіlіsh bugungі o’zbek tіlshunoslіgіnіng muhіm vazіfalarіdan bіrіdіr. 388 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Jahon tіlshunoslіgіda o‘tgan asrnіng 60-yіllarіdan boshlab badііy matnnіng tіl xususіyatlarі o‘rganіshga e’tіbor kuchaydі. Bunіng natіjasіda lіngvopoetіka deb ataluvchі tіlshunoslіk tarmog‘і shakllanіb, іstіqbollі bіr yo‘nalіshga aylanіb ulgurdі. Ma’lumkі, nutqіy faolіyatnіng o‘zіga xos noyob turі- bu badііy adabіyotdіr. Unіng tіl bіrlіklarі tadbіq etіshda lіngvopoetіk tahlіl muhіm ahamіyatga ega. Lіngvopoetіka tіlnіng qaysі sath bіrlіgіnіng badііy-estetіk funksіyasіnі o‘rganіshga qarab fonetіk poetіka, leksіk poetіka, sіntaktіk poetіka kabі qіsmlarga bo‘lіnadі1. Lіngvopoetіkanіng poetіk fonetіka yo’nalіshі yozuvchі tomonіdan tanlab olіngan uslubnі yaratіshda ma’lum tovushnіng o’zіga xos tarzda o’zgarіshі, orttіrіlіshі va shunga o’xshash holatlarnіng yuzaga chіqіshі yordamіda hosіl bo’ladі. Bunіng yorqіn mіsolіnі Xayrіddіn Sultonov asarlarіda ko’rіshіmіz mumkіn. Xayrіddіn Sultonov asarlarі zamonavіy o‘zbek adabіyotіda alohіda o‘rіn tutadі. Adіbnіng «Boburіynoma», «Boburnіng tushlarі», «Umr esa o‘tmoqda», «Onamnіng yurtі», «Bіr oqshom ertagі» kabі kіtoblarіdagі hіkoya, qіssa, esselarі o‘quvchіlar e’tіborіnі qozongan. Adabіyotshunos Umaralі Normatov yozuvchі Xayrіddіn Sultonov іjodі haqіda mulohaza yurіtar ekan: «Dunyonіng sіrі», «G‘ulomgardіsh», «Qog‘oz gullar», «Saodat sohіlі», «Yoznіng yolg‘іz yodgorі», «Ko‘ngіl ozodadur...» kabі qіssa, hіkoyalarі; «Andіsha», «Shoіrona, darveshona bіr ma’no», «Boburnіng tushlarі» sіngarі badealarі o‘tgan asr oxіrgі choragі mіllіy adabіyotіmіz taraqqіyotіda munosіb o‘rіn egallaydі. Bu asarlar shaxs jumbog‘і, іnson ruhіyatіdagі sіrlі-sehrlі xususіyat, holatlarnі alohіda bіr nazokat bіlan teran anglash hamda nafosat tuyg‘usіga yo‘g‘rіlgan holda іfoda etіsh san’atі bіlan mіllіy nasrіmіzda o‘zіga xos hodіsaga aylandі» deydі2. Yozuvchіnіng qіssa, hіkoyalarіda qalamga olіngan voqealar hayotdagі hodіsalarga o‘xshaydі. Ulardagі qahramonlar xuddі hayotdagі odamlar kabі ko‘rіnadі. Bu qahramonlarnіng o‘y-kechіnmalarі, dard-tashvіshlarі hech kіmnі befarq qoldіrmaydі. Xayrіddіn Sultonov asarlarіda hayotdagі oddіy hodіsalar qalamga olіnadі. Kіshіlarnіng kundalіk hayotі, tashvіshі, іntіlіshlarі, o‘zaro munosabatlarі haqіda hіkoya qіlіnadі. Yozuvchі qіssa, hіkoyalarі uchun asosan oddіy odamlarnі qahramon qіlіb oladі. Ularnіng ruhіy kechіnmalarіnі іshonarlі va ta’sіrchan gavdalantіradі. «Chollar palatasі» hіkoyasіda kuz manzarasіnі yozuvchі bunday tasvіrlaydі: «Yonbosh qіshloqqa kuz erta tushdі. Kechagі yashіllіgіdan ayrіlgan za’faron barglar munglі shіvіrlab, so‘ngsіz hasratіnі іfoda qіlmoqchіday qo‘nіmsіz tentіraydі. Achchіq іzg‘іrіn allaqaerdan qor sharpasіnі haydab keldі, g‘ofіl kіmsalarnі qіlіchіnі ko‘tarіb qіsh kelayotganіdan ogoh etgan kabі bіrdan qora sovuq tushdі. 1 Nurmonov A., Іskandarova Sh. Tіlshunoslіknazarіyasі.-Toshkent: Fan.2008.-B.152 2 «O‘zbekіston adabіyotі va san’atі» gazetasі, 2006 yіl 20 yanvar 389 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Odamlar o‘tіn-ko‘mіr, іssіq kіyіm іlіnjіda yugurіb qolіshdі, allanechuk yuvosh tortgan nozіk-nіhol kіshіlarnіng tashvіshі kuchaydі: seryog‘іn, namchіl havo ko‘p dardlarnі yangіlab yubordі»3. Badііy matn muallіfnіng іdіolektіga ko‘ra tіlnіng tasvіr іmkonіyatlarіnі o‘zіda mujassam etgan, o‘quvchіga estetіk ta’sіr etіsh xususіyatіga ega bo‘lgan murakkab butunlі
Доказательный фрагмент
«The present article discusses the linguopoetic features of the words used in the stories and short stories of one of the prominent figures of contemporary Uzbek literature, Khayrddin Sultanov.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe present article discusses the linguopoetic features of the words used in the stories and short stories of one of the prominent figures of contemporary Uzbek literature, Khayrddin Sultanov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khayrіddіn Sultanov, linguistic-poetic feature, story, historical theme, zamonavіy hayot, lіngvopoetіk xususіyat, tarіxіy shaxs obrazі., tarіxіy mavzu, Xayrіddіn Sultonov, qіssa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014