К содержанию
РецензированоRU2024

RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM ASOSIDA О‘QUVCHILARNI KITOB TANLASHGA O‘RGATISH TAMOYILLARI

NEW RENAISSANCE · O‘RGATISH TAMOYILLARI · O.P. Aslonova

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

Rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarga kitob tanlashni o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish jarayonida faol va ijodiy yondashishga, balki o‘z bilimlarini mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga ham yordam beradi. Kitob tanlash jarayonida o‘quvchilarga o‘z qiziqishlariga, ehtiyojlariga mos keladigan materiallarni taqdim etish, ularning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Kalit so’zlar: ta’lim, kitob, tarbiya, boshlang‘ich sinflar, rivojlantiruvchi ta’lim. Rivojlantiruvchi ta’lim shaxsga qaratilgan bо‘lib, dars va darsdan tashqari о‘quv tarbiyaviy ishlarning asosida amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi ta’lim vazifalaridan biri sinfdan tashqari o‘qitish uchun kitoblar tanlash, o‘qiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tavsiya qilish, yillik o‘quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir. Rivojlantiruvchi ta’lim asosida sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi. 2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o‘qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. Kitob tanlashda o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o‘qishi hisobga olinadi. 5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. Umuman olganda, kitobni to‘g‘ri tanlash sinfdan tashqari o‘qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik qilish shakllari Sinfdan tashqari o‘qitishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. Sinfdan tashqari o‘qitish darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko‘nikma va malakalar shakllanadi. 125 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo‘ladi. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi. Shularga qaramay, Sinfdan tashqari o‘qitish darslari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardir: 1. Har bir darsda o‘quvchilar o‘qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o‘qigan va o‘qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko‘rsatadilar, ikki-uch o‘quvchi o‘zlari o‘qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o‘zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin). 2. Har bir darsda o‘qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo‘lib, ular fikr almashuv, kitobni ko‘rsatish, sinfda ko‘rgazma tashkil etish, o‘quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o‘qib berish, rasmlarni ko‘rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo‘lishi mumkin. 3. Har bir darsda o‘quvchilarga asarni yaxlit holda o‘qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo‘lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o‘qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o‘qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo‘lib o‘qishdan ham foydalaniladi. 1. Kitobni targ‘ib qilish. Sinfdan tashqari o‘qitishga tavsiya qilinadigan asarlar ro‘yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo‘yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to‘ldiriladi, ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. O‘qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi. 2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qilgan kitoblar hisobga olinadi. 3. Sinfdan tashqari o‘qitish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko‘riladi. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari og‘zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o‘qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o‘qish va sinfda o‘qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar. Boshlang‘ich sinflarda yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga mavzuga oid mashqlar bajarish muhim ahamiyatga ega. Chunki, qoida va mavzuga oid grammatik tushuncha o‘quvchilarga o‘rgatilgandan so‘ng mavzuga oid mashqlar bajarilmasa, o‘rgatilgan qoida va grammatik tushunchalarni o‘quvchilar mukammal ravishda o‘rganib, o‘zlashtirib olishlari qiyin 126 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 bo‘ladi. Demak, yangi mavzuni o‘zlashtirishda va o‘quvchilar tomonidan mustahkamlashda, albatta, mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarilishi kerak

Доказательный фрагмент

«Rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarga kitob tanlashni o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish jarayonida faol va ijodiy yondashishga, balki o‘z bilimlarini mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga ham yordam beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarga kitob tanlashni o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish jarayonida faol va ijodiy yondashishga, balki o‘z bilimlarini mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga ham yordam beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ta’lim, kitob, boshlang‘ich sinflar, rivojlantiruvchi ta’lim.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники