Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va afzalliklari
Xaydarov Baxrom Xolmurodovich (XX в.-Ташкент: Фан,1983. -130 с.) · Saitov Sirojiddin Abduvalievich (XX в.-Ташкент: Фан,1983. -130 с.)
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 1915
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‗z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‗z rivojlanishining boshlang‗ich davrida bo‗lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Kalit so`zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, taraqqiyot, tizim, internet iqtisodiyoti, xalqaro raqobat raqamli texnologiya, raqobatdosh, kommunikatsiya. Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma‘lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‗liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‗indisidir. Ba‘zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte ―Raqamli iqtisodiyot‖ terminini amaliyotga kiritgan bo‗lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo‗llamoqda[2]. Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma‘lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun‘iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo‗shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‗prog‗ida beqiyos o‗zgarishlar keltirib chiqarishi ta‘kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‗payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o‗rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi[3,6]. 634 Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‗lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‗chirish deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik; • elektron hujjat almashinuvi; • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; • ma‘lumotlar elektron bazalari; • CRM (mijozlar bilan o‗zaro munosabat tizimi) mavjudligi; • korporativ tarmoqlar. Qulayliklari esa: 1. To‗lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‗lkira va boshqa resurslar tejaladi). 2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‗proq va tezroq ma‘lumot olinadi. 3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta. 4. Fidbek (iste‘molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi. 5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq. Xulosa qilib aytganda, ―Raqamli‖ atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma‘lumotlar bo‗ladi. Ularning tahlilidan so‗ng esa to‗g‗ri boshqarish bo‗yicha yechim ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‗llab-quvvatlash sohasida raqamli ta‘limning zamonaviy metodlarini qo‗llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‗zlashtirishda ko‗maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko‗rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‗llagan Murojaatnomasi. 2. Kelly K. New Rules for the New Economy: 10 radical strategies for a connected world / K. Kelly. – New York: Viking, 1998. 3. J.B. Dixit Fundamental of computer programming and IT. – Laxmi Publication PVT. Ltd., 2011. - 557 p. 4. Hickerson. Business and Infomiation Systems 3/e. N. Y.: John Wiley & Sons, 2000. 4.Ostanaqulov M. Iqtisodiy tahlil va audit. Darslik. - T: Talqin. 2008. 424 b 5. Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008; 372 b 6. Хайдаров Б.Х. Иқтисодий ислоҳотларни ривожлантиришда камбағалликни қисқартириш. Иқтисодиѐт ва таълим / 2021 йил, 4-сон. 288-292 б. рақалпоқ жамиятида зардуштийлик урфодат ва анъаналарининг KOʻNIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRUVCHI OʻQITISH MASHQLARI – KOMMUNIKATIV LEKSIKANI O‗RGATISHN
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‗z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‗z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqobatdosh, internet iqtisodiyoti, raqamli texnologiyalar, kommunikatsiya, tizim, raqamli iqtisodiyot, xalqaro raqobat raqamli texnologiya, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024