Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Лингвокультурная характеристика тонимов в английском и узбекском языках
Modern Globalization · LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI · O.S. Ahmedov · N.M. Mirsaidova
in Library · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the linguistic and cultural characteristics of English and Uzbek place names, their use, and their use as names. Keywords: linguoculture, place names, peculiarities, words, phrases, historical events, toponymy, dictionary, language, names. Аnnotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi joy nomlarining lingvokulturologik xususiyatlari, qo‘llanishi va nom sifatidaberilishi haqida fikr yuritiladi. Кalit so‘zlar: lingvokulturologiya, joy nomlarining, xususiyat, so‘zlar, iboralar, tarixiy voqealar, toponimika, lug‘at, til, nomlar. Bizga ma’lumki, leksikologiyada joy nomlarini ifodalovchi so‘z va iboralar til lug‘atini tashkil etuvchi boshqa leksik birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyat ba’zi tarixiy voqealar, bir qancha tarixiy shaxslar va tabiiy qonuniyatlarning toponimikaning paydo bo‘lishiga tasiri bilan bog‘liqdir. Fanda toponimik joy nomlarining ana shu xususiyatlarini o‘rganish va aniqlash lingvistik jihatdan tekshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, XIX asrga kelib dunyoda toponimikaga qiziqish kuchaygan. Shu jarayonda toponimikaga oid asarlar paydo bo‘ldi, geografik joy nomlarini o‘rganadigan maxsus komissiyalar tashkil etildi. Toponimika dastlan Yevropada paydo bo‘lib keyinchalik boshqa xududlarda ham shakllandi. Natijada, toponimik joy nomlarini o‘rganishga oid tadqiqotlar ko‘paydi. Bunday harakatlarning barchasida qadimdan mavjud toponimik joy nomlarining atalish ma’nosini o‘rganish va keng xalq ommasiga taqdim etishdan iborat. Bugungi kunda ham toponimik joy nomlariga bo‘lgan qiziqishsusaygani yo‘q. O‘zbekistonda mavjud joy nomlarini o‘rganishda H. Hasanov, T. Nafasov, Z. Do‘simov, N. Oxunovlarning xizmatlari katta. Ular toponimika fanining va geografik atamashunosligining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishgan. Bulardan tashqari, pespublikada joy nomlarining kelib chiqish tarixini, millat, qabila, elat nomlarining atalish tarixini, shuningdek, geografiyaga oid atamalarni ilmiy tahlil etishda Ya. G‘ulomov, R. Nabiyev, A. Muhammadjonov, F. Abdullayev, S. Ibrohimov kabi olimlarning ham munosib mehnatlari bor. O‘zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan olimlardan H. 216 VOLUME 2 (SPIC 2) FEBRUARY 8, 2024 Fundamental Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in The Epoch of Modern Globalization Zarifov, etnograflardan H. Hasanov, S. Qorayevlarning ishlari ham amaliy ahamiyatga egadir. Ismlarni lingvistik jihatdan o‘rganish, ularning o‘ziga xos tomonlarini tavsiflash, nom sifatida belgilash, xususiyatlarini tahlil etish har bir til uchun katta ahamiyatga ega. Tahlil jarayoni shuni ko‘rsatadiki, joy nomlarini ifodalovchi so‘z va iboralar til lug‘atini tashkil etuvchi boshqatil hodisalaridan tubdan farq qiladi. Bu xususiyat ba’zi tarixiy voqealar, bir qancha tarixiy shaxslar va tabiiy qonuniyatlarning toponimikaning paydo bo‘lishiga ta’siri bilan bog‘liqekanligi yaqqol ko‘rinadi. Leksik birliklarni o‘rganishga nisbatan toponimik joy nomlarining berilish jihatini tahlil etish ham so‘z mohiyatini, ham joy nomining etimologiyasini bilish imkonini beradi. Chunki har bir toponimik joy nomlarining kelib chiqish tarixi mavjud. Bularni o‘rganish va tahlil etish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Biroq lug‘atdagi oddiy so‘zlardan ko‘ra joy nomlarini ifodalovchi so‘zlarni aniqlash, izohlash ancha qiyin va ko‘p mehnat talab etadigan jarayondir. Chunki bu tilda lug‘at so‘zi kundalik foydalanish uchun ishlatiladi. Biroq, joy nomlaridan foydalanish oddiy so‘zlarga qaraganda ancha cheklangan va ular ma’lum bir xududda yashovchi odamlar nutqida qo‘llaniladi. Joy nomlari tilning tarixiy leksikasiga mansub bo‘lganligi sababli bunday so‘zlarni tahlil etish ba’zi bir tushunmovchiliklargaham olib kelishi mumkin. Bunday leksemalarni faqat etimologik tahlil orqaligina aniqlash mumkin bo‘ladi. Joy nomlarini lingvistik tahlil etishdagi qiyinchiliklarning asl sababi ba’zi toponimik so‘zlarning jargon va shevalarga mansubligidir. Ularning tuzilishi, ifoda mazmuni etnografik xususiyatga mosligi, xalq tomonidan nomlanishi va kelib chiqish manbaini o‘rganmasdan turib tilning fonetik, morfologik, leksik sathlarida tahlil etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fanda joy nomlarining xarakterli xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Tarixiy joy nomlar; 2. Hozirgi joy nomlari. Tarixiy joy nomlari. Bunday joy nomlar qadimdan (ma’lum bir davrda) qo‘llanilgan va bugungi kungacha ham hech qanday o‘zgarishlarsiz yetib kelgan joy nomlaridir. Bunday joy nomlari bugungi kunda ham ishlatilib kelinmoqda. Masalan: Samarqand tarixi bilan hamohang joy nomlari — Zarafshon, Dahbediy, Siyobcha, Ko‘ksaroy, Bog‘i Temur, Bog‘ishamol, Bog‘ichinor kabi nomlar yoki tarixiy shaxslar bilan bog‘liq Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abu Rayhon Beruniy, Al- Buxoriy, Al-Farobiy, Ali Qushchi, Abu Abdullo Rudakiy, degan nomlar avvalambor o‘zining aniq tarixiy maʼnosi bilan ajralib turadi. VOLUME 2
Доказательный фрагмент
«This article discusses the linguistic and cultural characteristics of English and Uzbek place names, their use, and their use as names.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the linguistic and cultural characteristics of English and Uzbek place names, their use, and their use as names. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguoculture, place names, peculiarities, words, phrases, historical events, языкознание, xususiyat, names, lug‘at, слова, joy nomlarining, iboralar, tarixiy voqealar, dictionary, lingvokulturologiya, historical events, имена, словарь, toponimika, топонимика, til, особенности, словосочетания, исторические события, nomlar, язык, so‘zlar, toponymy, place names, language
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025