К содержанию
РецензированоUZ2023

“BOYSUN BAHORI” XALQARO FOLKLOR FESTIVALI DUNYO E’TIROFIDA

Istamova Shahzoda Islom qizi · Ilmiy rahbar: Xumoyiddin Turayev (PhD)

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Janub gavhari, Boysun bahori, festival, folklor, an’ana, etnografiya, so’zana, doston, qadriyat. Kirish: O’zbekistonning “Janub gavhari” deb atalmish Surxondaryo viloyatida joylashgan Boysun oddiy shaharcha boʻlib, u Boysuntogʻ togʻlari etagida joylashgan. Uning asosiy xususiyati shundaki, mahalliy aholi ming yildan ortiq davom etgan va Islomgacha boʻlgan butparastlik madaniyatidan kelib chiqqan qadimiy urf-odat va anʼanalarni saqlab kelgan. Ming yil muqaddam bu yerda oqinlar “Alpomish” qahramonlik dostonini yaratishgan. Boysun oʻziga xos musiqa madaniyatiga ham ega boʻlib, koʻplab marosimlar, musiqa va raqslari bilan ajralib turadi. Boysun tumanining tarixi va etnografiyasi ming yillarga borib taqaladi. 2001-yilda UNESCO tomonidan Boysun madaniyati insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi deb eʼtirof etilgan. Bunda Boysun 19 ta nominatsiya boʻyicha jahon hamjamiyatining madaniy merosi obʼektlari orasidan tanlab olingan. 2008-yilda UNESCOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan”. Ayon bo’lganidek, Boysun butunjahon e’tiboriga tushib ulgurgan. 2002-yil may oyida ilk bor O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining ilk ochiq folklor festivali o’tkazilgan. Nafaqat oʻzbekistonliklarning, balki xorijliklarning ham eʼtiborini tortgan 155 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 festival 2005-yilga kelib ayrim sabablarga koʻra toʻxtab qolgan va 11 yil davomida oʻtkazilmagan. Lekin 2016-yildan eʼtiboran qayta oʻtkazila boshlangan. Pandemiya davrida, yaʼni 2020—2021-yillar oraligʻida takror toʻxtatilgan. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boʻldi. Asosiy qism: 2024-yilda esa “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali har yilgidanda o’zgacha tarzda o’tkazildi. Oʻzbekistonning turli hududlarida faoliyat yuritadigan folklor jamoalarning 200 dan ortiq vakili oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy- qoʻshiqlar bilan ishtirok etdilar. Festivalning xalqaro darajadagi ahamiyatini inobatga olib, tayyorgarlik ishlari o‘tgan yildan boshlangan. Bu yilgi festival tadbirlari tumanning “Bibishirin” mahallasida qurilgan, umumiy qiymati 47,0 mlrd so‘mlik turizm kompleksida o‘tkazildi. Uni tashkil qilish jarayonida “Bibishirin” mahallasida 100 dan oshiq oʻtov tikildi va qoʻrgʻonlar barpo etildi. Kurash uchun alohida joy hozirlanib, Respublikadan hakamlar taklif etildi. Bundan tashqari milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarafon, uloq va ko’pkari qolaversa boshqa bir qancha milliy o’yinlarimiz festival doirasida tashkil etildi. Folklor sanʼati — alla, oʻlan, lapar, raqs, terma, marosim singari qoʻshiqlar va milliy xalq oʻyinlari, tomosha sanʼati nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladigan festivalda xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Bunga yaqqol misol sifatida 2022- yilda Tojikiston va Afgʻonistondan kelgan hunarmandlarni aytish mumkin. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Unda festivalni oʻtkazish shartlari, jumladan, folklor jamoalari tomonidan xalq amaliy sanʼati yoʻnalishi boʻyicha 12 nafar, milliy oʻyinlar va tomoshalar yoʻnalishi boʻyicha 4 nafardan koʻp boʻlmagan dastur ijrosiga qoʻyiladigan talablar belgilangan. Shuningdek, 9-11 nafar yetakchi ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan festival ishtirokchilarini 10 balli tizimda baholash mezonlari va gʻoliblarni aniqlash tartibi belgilab olingan. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan smeta asosida shakllantiriladi: 30 foizi — respublika byudjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan; 70 foizi — Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, qonun hujjatlarida 156 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. Ushbu festival doirasida bir necha yillar davomida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilgan. Bu yilgi konferensiya festivalning ilk kunida Termiz davlat universitetida tashkil etildi. Xitoy, Chexiya, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Yaponiya, Rossiya, Fransiya va boshqa bir qator tadbirlar boshqa bir qator mamlakatlardan olimlar ishtirok etishdi. Ilmiy konferensiya va forumlarda ishtirok etgan olimlar va hunarmandlar 50 ga yaqin yodgorliklarni aniqlashgan. Bundan tashqari UNESCO homiyligida amalga oshirilgan xalqaro ekspeditsiyada sanʼatshunos olimlar tomonid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boysun bahori, bahori xalqaro, xalqaro folklor, madaniy merosi, yillar davomida, janub gavhari, nomoddiy madaniy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники