К содержанию
РецензированоUZ2026

AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI VA TAKTIKALARI

Shonazarov Maqsudbek Hasan o‘g‘li

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article compares information about Sahibqiron Amir Temur's efforts to create a centralized state and his military campaigns on this path in various sources. The article also provides information about the structure and composition of Amir Temur's army, Sahibqiran's military tricks and tactics. Key words: Sahibgiron, Amir Temur, Zafarnama, Ibn Arabshah, Claviho, fighting elephants, Tokhtamish, Yildirim Bayazid, Khoja Ilghor, Samarkand, Movarunnahr, Khorasan. Biz yashayotgan Qashqadaryo diyorida juda ko‘p buyuk siymolar yetishib chiqqan. Bu siymolar ichida eng buyugi mohir sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur sanaladi. Amir Temur haqida juda ko‘p fikrlar bildirilgan ular ichida eng yaxshisi yana bir Qashqadaryo o‘g‘loni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan bildirilgan. Tarixdagi ulugʻ zotlar Bahri 55 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ummonda kezib yurgan bahaybat kemalarga oʻxshaydi. Bir qaraganingizda, bu kema kuzyangizga yaxlit tashlangani bilan uning ichida va kayutalarida qanchadan-qancha tilsimli hodisalar yuz beradi. Va bu kemaning izidan mavjlangan iz qoladi. Bu iz hatto fazodan boqqanda ham koʻzga yaqqol tashlanishi mumkin. Biz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarini dunyoda neki eng kuchli, eng jozibali, eng mahobatli boʻlsa, oʻshalarga qiyoslashimiz mumkin. Bu ulugʻ zotning hayoti va faoliyati, koʻproq aytganda, tarjimai holi bizga maʼlum boʻlsa-da, biroq biz eslatgan choʻqqi yoxud ulkan kema yanglig‘, bu muhtasham siymoning nomi bilan bogʻliq biz bilmagan, eshitmagan rivoyatlar, hikoyatlar yer yuzi boʻylab kezib yuribdi. Amir Temur 1336-yilda 9-aprelda kesh viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. Bu ma’lumot Amir Temur haqidagi boshqa ma’lumotlar kabi Arabshoh tomonidan yetkazilgan. Amir Temurning qayerda tug‘ilganligi haqidagi ma’lumot faqat Arabshohning asaridagina uchraydi. Amir temur hokimiyat tepasiga chiqqach juda ko‘p yurishlarni amalga oshirdi. Bulardan eng yiriklari To‘xtamish va Yildirim boyazidga qarshi olib borilgan kurashlardir. Bu kurashlar Temur tarixiga bag‘ishlangan turli asarlarda qanday yoritilganligini ko‘rsatishga harakat qilaman. Amir Temurning va Yildirim Boyazid o‘rtasidagi jang Klavixo, Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqa tarixchilar tomonidan bizgacha yetkazilgan. Klavixo asarida jangni bunday tasvirlaydi: Turklar Konstantinopol shahri bilan ham. Temurbek bilan ham biron bitimga kelolmagach, ikki tomon ham qoʻshin toʻplay boshlaydi. Harbiy ishda ancha tadbirkor va mug‘ombir Temurbek Boyazidga qaraganda tezroq qo‘shin toʻplab, Erondan shoshilinch ravishda chiqib, Turkiya sarhadiga keldi. Avval yurgan yoʻl bilan Arsinga (Erzinjon) yerlaridan oʻtib, Sabastriya (Sivos) shahriga kelib tushdi. Temurbekning yetib kelganini bilgan turk podshosi oʻz yoʻlini oʻzgartirdi. Yuk ortilgan ot-aravalarini Anguri (Anqara) degan mustahkam qalʼada qoldirib, barcha qoʻshini bilan Temurbekka qarshi yurdi. Turk podshosining xufyona qilgan harakatlaridan xabar topgan Temurbek ham Oʻz yoʻlini oʻzgartirib, soʻlga baland toglar tomonga qarab yurdi. Temurbekning oʻz yoʻlini oʻzgartirganini kurgan Boyazid uni qochib ketayapti, deb oʻylab, katta tezlik bilan uning izidan quvishga tutinadi. Temurbek esa, baland toglar orqali sakkiz kun yoʻl bosgach, tekis yoʻlga tushib olib, Boyazid ot-aravalarini qoldirib ketgan Anguri (Ankara) qalʼasiga keladi. Bu yerdagi ot- arava va boshqa anjomlarni qoʻlga tushiradi. Bundan xabar topgan turk podshosi zudlik bilan Anguriga (Ankaraga) yetib kelishga harakat qiladi. Lekin bu qalʼaga yetib kelganda turk podshosining qo‘shini holdan toyib, charchagan edi. 56 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Temurbek Boyazidni chalgʻitish uchun ataylab aylanma yoʻllardan yurgan edi. Shu yerda boʻlgan jangda yuqorida zikr etganimizdek. Boyazid yengilib asirga tushadi. Konstantinopol imperatori na Pera shahridagi genuyaliklar Temurbekka bergan vaʼdalarini bajarish oʻrniga, aksincha, Yunonistondagi turklarning Turkiyaga qaytishiga yoʻl ochib beradilar. Xullas, turk podshosi yengilgach. Konstantinopol va Pera hokimlari turklar tarafiga oʻtib, qochqin turklarni oʻz kemalarida Turkiyadan Yunonistonga tashiydilar. Shu sababli Temurbek nasroniylardan qattiq norozi bulib, buning alamini oʻz mamlakatidagi nasroniylardan oldi. Bu jang haqida Sharafiddin Ali Yazdiy quyidagicha ma’lumotlarni bergan: “Ikki soridin cheriklar saf tortib turdilar. Sohibqiron ul mahalda otdin tushub, niyoz yuzini hazrat Parvardigor sori qilib ikki rakʼat namoz fath va nusrat uchun oʻqudi. Va har doimkim, mundoq urush voqioʼ bulsa erdi, hazrat sohibqiron ul namozni oʻqur erdi. Bu jihatdin hazrat Haqq subhonahu va taolo anga nusrat va fath karomat qilur erdi. Bu yerda ham ikki rakʼat namozini oʻqub, sidqu ixlos bila otlanib, maydon sori kelib gulda turdi. Va hukm bildikim, “Bahodurlar ilgari yurub, ishlariga mashg‘ul bulsunlar!”. B

Доказательный фрагмент

«This article compares information about Sahibqiron Amir Temur's efforts to create a centralized state and his military campaigns on this path in various sources.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article compares information about Sahibqiron Amir Temur's efforts to create a centralized state and his military campaigns on this path in various sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sahibgiron, Amir Temur, Zafarnama, Ibn Arabshah, Claviho, Zafarnoma, Yildirim Boyazid, To‘xtamish, Klavixo, Samarqand, Ibn Arabshoh, Xuroson ., janggovor fillar, Xo‘ja ilg‘or, Movarounnahr, Sohibqiron
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники