К содержанию
РецензированоUZ2026

XIX ASR OXIRI VA XX ASRNING BOSHIDA AQSH ADABIYOTIDA REALIZM VA NATURALIZM.

REALIZM VA NATURALIZM. · Farrux Tursunov Baxtiyor o’g’li

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 71 · 145-149 · 2026

Аннотация

XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyotiga yangi, dunyoni qanday bo’lsa shunday tariflashga harakat qiluvchi ijodkorlar - realistlar kirib kela boshladi. Ushbu tadqiqot realizm deya atalmish yo’nalishning boshqa oqimlardan farqlari o’xshashliklari hamda uning eng ko’zga ko’ringan namoyondalari asarlariga qisqacha tarif berib o’tadi. Qo’laversa, ushbu oqimning san’atda tugan o’rniga ham to’htalib iqtibos keltirgan holda tadqiq etadi. Kalit so’zlar: natularizm, saga, idealizm, begonalashuv, alienation. XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyoti juda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi - u realizm edi. Romantisizmning ideallashtirilgan manzaralari va mehribon qahramonlariga zid o‘laroq, realizm harakati nomoyondalari oddiy odamlarning kundalik ishlari, tajribalari va ijtimoiy muammolariga katta etibor bergan holda, amerikaning yomonlashib borayotgan vijdon, sadoqat degan tushunchalarnii tasvirlashga jiddi jahd qildi. Realizmgacha bo‘lgan davrda, Vashington Irving va James Fenimor Kuperlar mehribon, sadoqatli qahramonlar yashovchi va sarguzasht bilan to‘lib toshgan yerlarni tasvirlashgan. Biroq, XIX asrning oxiriga qadar bo‘lgan vaqtda amerika judda katta ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazayotgan edi. Tezkor sanoatlashuv, shaharlashuv va qambag‘al va boylar o‘rtasidagi bo‘shliqning kattalashuvi ko‘proq haqqoniy va real yondashuvni talab qiladigan keskin yangi haqiqatning adabiy shaklini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu davrni amerika adabiyotining oltin davri bo‘lgan desak yanglishmagan bo‘lamiz sababi bu davr ijodkorlari ushbu hududda juda ko‘p turli ajoyib yo‘nalishlarda, mavzularda va usullarda ijod qilishdi va amerika adabiyotini jahon adabiyotida tutgan o‘rnini mustahkamlashdi. Teador Drayzer va Mark Tvenning jasurona realizimidan tortib, Valt Vitmanning she’riy romantisizimigacha hamda Ernest Heminguey va Frensis Skotning innovatsion modernizmigacha, amerika adabiyotining bu davri mamlakatda kechayotgan katta ko‘lamdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarning o‘ziga hos aksi bo‘lib hizmat qiladi. Asosiy qism 43 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Adabiyot shunday kuchga egaki, u o‘zining ushbu ajoyib kuchi bilan insonlarni sarguzashtlarga, fantastik sayohatlarga olib chiqadi hamda qaysidir jinoyatchi orqasidan quvishga, jinoyat izlarini topishga majbur qiladi. Biroq shu keng ko‘lam ichida bir ajoyib kamdan-kam insonlarga yoquvchi lekin adabiyotda ajralmas o‘ringa ega oqim mavjuddir. Bu – realizm. Realizm (lotinchadan "realis" - "material", "haqiqiy") har qanday falsafiy realizmning namoyon bo‘lishi, voqelikning mustaqil ravishda mavjudligiga ishonish falsafaning o‘zida yoki amaliy san'at va fanlarda bo‘lsin, kuzatuvchilarni tasvirlaydi.1 Romantizmdan farqi, realizm hayotni haqiqatda bo‘lgani kabi tasvirlashga qaratilgan har qanday harakatdir. “XIX-asrning o‘rtalarida, asarlardagi qirollar va malikalar, jangchilar va ritsarlar, iblis mushuklari, arvohlar, dengiz jonzotlari va yirtqich hayvonlar tasviri o‘z o‘rnini fermerlarga, savdogarlarga, advokatlarga, ishchilar, novvoylarga bo‘shatib berdi. Adabiyotdagi realizm san'atdagi keng bir harakat bo‘lib, endilikda yozuvchilar oddiy odamlar va hodisalarga o‘z diqqatlarini qaratdilar.”2 XIX asrning o‘rtalarida jahon adabiyotida romantisizm yo‘nalishidan so‘ng uning ideallashtirilgan tasvirlariga javob o‘laroq realizm oqimi dunyoga keldi-yu adabiyot sarhadlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Adabiy tanqidchi Yan Uattning fikriga ko‘ra realizm “romantizmning haqiqat va go‘zallikni buzishiga qarshi isyon”3 sifatida paydo bo‘ldi. Bu oqimda dastlab fransiyada Onore DeBalzak va Gustav Flabertlar ijod qilishdi. Adabiy oqimlarning turfa hil shakllari ichida realizm o‘ziga hos, haqqoniyligi, realligi, hayotni hech qanday bo‘yoqlarsiz qanday bo‘lsa shunday ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Adabiy nazariyotchi Georg Lukas reallikni ko‘rsatish ahamiyatiga urg‘u berib “realizmning vazifasi reallikning ishonchli tasvirini berishdir”4 deydi. Qolaversa, bu yo‘nalishda adiblar o‘rta qatlam hayoti, ijtimoiy tabaqalanish ular o‘rtasidagi farqlarni ochiq- oydin namoyon etib, kundalik hodisalarga, zerikarli hayotga oyna tutadi. Buning misolini Jek Londonning “Martin Iden”, Teador Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” ga o‘xshash asarlarda uchratishimiz mumkin. Realizm boshqa oqimlardan quyidagi hususiyatlari bilan farqlanib turadi. a. Kunlik hayotga e’tibor berish: bunday asarlarda hikoya doimo oddiy insonlar atrofida, ularning kunlik to‘qnash keladigan qiyinchilik va muammolar haqida bo‘ladi. Bunday voqelarni Jek Londonning “Martin Iden” asarida ham uchratish mumkin. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Realizm_(san%CA%BCat) 2 А. А. ГорнфельдРеализм, в литературе // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: В 86 томах (82 т. и 4 доп.). — СПб.: 1890—1907.;стр. 226 3 Watt I. Studies in Defoe, Richardson and Fielding. – Chatto & Windus, 1957. 4 Lukács G. Realizm in the Balance. – 197

Доказательный фрагмент

«XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyotiga yangi, dunyoni qanday bo’lsa shunday tariflashga harakat qiluvchi ijodkorlar - realistlar kirib kela boshladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyotiga yangi, dunyoni qanday bo’lsa shunday tariflashga harakat qiluvchi ijodkorlar - realistlar kirib kela boshladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alienation., natularizm, saga, idealizm, begonalashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники