К содержанию
РецензированоRU2004

Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida chigit ekishning maqbul muddatlari

Насиба Мавланова · Ширин Бабаджанова

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2004

Аннотация

Ushbu maqolada сhigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlar haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: Chigit, tuproq, geotizm, ko‘chat qalinligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishida paxtachilik alohida o‘rin tutadi. Dunyo paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hashoratlarga chidamli, tabiatni turli noqulayliklariga bardoshli go‘za navlarini yaratish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Qishloq xo'jaligidagi tub o'zgarishlar paxta va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlaridan muntazam yuqori hamda arzon hosil yetishtirishni ta'minlash uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bunga misol qilib, Republikamizda ―Yer kodeksi‖, ―Fermer xo'jaligi to'g'risidagi‖gi, 313 ―Qishloq xo'jaligi to'g'risida‖gi, ―Dehqon xo'jaligi to'g'risida‖gi va boshqa qonun va hujjatlarni kuchga kirishini ko'rsatish mumkin. Qishloq xo'jaligini asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan paxtachilik sohasida kam energiya va harajat sarflagan holda paxta hosildorligini oshirish borasida keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Paxta hosildorligini oshirish yo'llaridan biri o'ziga xos o'zgaruvchan ob-havo sharoitida paxtadan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda daladagi ishlarni o'z vaqtida, maromiga yetkazib bajarish, mavjud suv, mineral va mahalliy o'g'itlardan unumli foydalanishdir. Ma'lumki, tashqi muhit sharoitlari – harorat, namlik va tashkiliy ishlar to'g'ri uyg'unlashtirib olib borilgandagina chigit sog'lom va qiyg'os unib chiqadi. Unuvchanligi 90–95 foizdan kam bo'lmagan, namligi 8–10 foiz, mexanik shikastlanganligi 7–8 foizdan oshmagan, saralangan, dorilangan, yaxshi saqlangan yuqori sifatli urug'lik chigitlarni ekish tavsiya etiladi. Fermer xo'jaliklari rahbarlari tukli chigitni ekishda uni namlashga e'tibor berishlari kerak. Chunki, tukli chigitni namlash muhim tadbirlardan biridir. 1 tonna urug'lik chigitni 60 foiz miqdorda namlash uchun 600 litr me'yorda suv sarflanadi. Chigitlar maxsus urug'lik chigit tayyorlash tsexlarida tozalanadi, saralanadi. Chigitni namlash ishlari oldindan tayyorlangan, betonlangan maxsus maydonchalarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Maxsus maydonchalarning bo'yi 3–4 metrdan 5–6 metrgacha, eni 2–3 m va chuqurligi 30–35 sm o'lchamda bo'lishi mumkin[1]. Chigitni namlash vaqtida suvning oqib ketishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Namlash uchun avval chigitni 20–25 sm qalinlikda yoyish va birinchi marta uchun belgilangan (200 l) me'yordagi suv quyilib, ishchilar bir biriga qarama-qarshi turib, yog'och kurak bilan chigitni beto'xtov aralashtirib turishadi. Chigit talab darajasida namlangach, suv shimilgach bir joyga 60– 70 sm qalinlikda to'planadi va 3–4 soat dimlab qo'yiladi. Keyingi bosqichda yana 200 l suv sepiladi va aralashtirilib 4–5 soat, uchinchi marta yana 200 l suv bilan aralashtirilib 5–6 soat dimlanadi[2]. Shunday namlangan tukli chigit qobig'i yumshab, bo'kib, seyalkani ekish apparatidan dona-dona tushadigan holatda bo'ladi hamda chigitning to'liq va sifatli namlanishiga erishiladi, bu esa tuproq namligi kam bo'lgan suv tanqis yillari chigitning unib chiqishiga ijobiy ta'sir etadi. Namlash bilan birgalikda ekish oldidan yoki urug'lik chigit tayyorlash zavodlarida tukli va tuksizlantirilgan chigitlarga stimulyatorlar bilan ishlov berish sog'lom va bir tekis nihol undirib olishni ta'minlaydi. To'g'ri va ilmiy tavsiyalar asosida namlangan chigitni saqlanish muddati 18 soatdan oshmasligi darkor. Urug'ni namlashda bir kunda qancha maydonga ekish, dalaga olib borish va boshqa ishlarga ketadigan vaqt ham hisobga olinishi chigit isrofini kamaytiradi. Tuksiz chigitlar urug'lik chigit tayyorlash sexlarida saralanib, urug'dorilar bilan dorilanib ekishga tayyorlanadi va dalalarga olib kelingandan so'ng namlanmasdan ekiladi. Chigitni maqbul muddatda ekish, tuproqning tabiiy namligidan oqilona foydalanib, unib chiqishi tufayli keyinchalik g'o'zaning suvsizlikka bardoshliligini oshiradi, hosili mo'l bo'ladi. Shu sababli fermerlar ekish mavsumini qisqa muddatlarda sifatli o'tkazish uchun chigit ekadigan texnika va agregatlarga, mexanizator va seyalkachilarga, urug'lik chigitni namlash va yetkazib beruvchilarga, umuman barcha tashkiliy ishlarga jiddiy e'tibor berishlari kerak. Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida chigit ekishga tuproqning 0–10 sm chuqurlikdagi o'rtacha haroratini inobatga olib, tukli chigitlarni ekish uchun tuproqning 0–10 sm qatlamidagi o'rtacha harorat 12–14 °C, tuksizlantirilgan chigit ekish uchun 14–16 °C daraja bo'lgani ma'qul. Tuproqning yetilganligini dalada quyidagi oddiy usulda aniqlash mumkin: chigit ekiladigan maydondagi tuproqni qo'lda siqib, g'o'lalab yerga tashlab yuborilganda maydalanib ketishi kerak[3]. Chigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlarga ko'ra, Xorazm viloyatining janubiy tumanlarida 10-20 aprel, shimoliy tumanlarida 15–25 aprelda o'tkazilgani maqbul hisoblanadi. Ammo ob-havoning kelishiga qarab, ushbu muddatlar biroz erta o'tkazilishi mumkin. Joriy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada сhigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlar haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada сhigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘chat qalinligi, geotizm, tuproq, Chigit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники