Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OMMAVIY TARTIBSIZLIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH VA UNI GURUH BEZORILIGIDAN FARQLASHDAGI MUAMMOLAR
Umurzoqov Mexroj Umar o‘g‘li · Yusupdjanov Odil Abdugafurovich · Ilmiy rahbar: Ph.D.
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tabiati, ularning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar va bezorilik uchun jinoiy javobgarliklarning jamoat tartibini saqlashga qaratilganligini ta’kidlaydi. Ommaviy tartibsizliklar asosan stixiyali sodir etilgan jinoyatlar bo‘lib, ularning tashkilotchilari boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin, bezorilik esa bir guruh tomonidan sodir etilgan holda barcha ishtirokchilar bajaruvchi sifatida ishtirok etadi. Jinoyatlarning obyektlariga qarab farqlanishi ham ularning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: ommaviy tartibsizliklar jamoat xavfsizligiga zarar etkazsa, guruh bezoriligi jamoat tartibini buzadi. Maqolada ommaviy tartibsizliklar va bezorilik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar muhokama qilinadi, shuningdek, ushbu jinoyatlarni farqlashning ahamiyati yoritib berilgan. O‘zbekiston va Rossiya amaliyotida ushbu jinoyatlar bo‘yicha sodir etilgan huquqbuzarliklar va sud qarorlari tahlil qilinadi. Maqola jinoyatlarni farqlashda obyektiv tomonlar, jinoyat ishtirokchilarining roli va qurol ishlatish kabi omillarning muhimligi haqida batafsil to‘xtaladi. Xulosada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar, jinoyatlarni aniq kvalifikatsiya qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda bu jinoyatlar jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda qanday rol o‘ynashi muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: Ommaviy tartibsizliklar, Guruh bezoriligi, Jinoyat kvalifikatsiyasi, Jinoiy-huquqiy tahlil, Jamoat tartibi, Jamoat xavfsizligi, Jinoyatning obyektiv tomoni, Jinoyat ishtirokchilari, Qonunchilik, O‘zbekiston va Rossiya amaliyoti. Ommaviy tusdagi bunday jinoyatlar ularning jinoiy-huquqiy tabiati, yo‘nalishi, ishtirokchilarning tajovuzkorligi hamda sifat ko‘rsatkichi va oqibatlarini hisobga 91 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference olgan holda aytish mumkinki, mazkur turdagi jinoyatlarni kvallifikatsiya qilish murakkab hisoblanadi. Shuningdek, fuqarolar o‘zlarining iqtisodiy, siyosiy, fuqarolik huquqlarini talab qilgan holda turli xil mitinglar va harakatlar o‘tkazish huquqlari mavjud bo‘lib, tahlil etilayotgan moddalar fuqarolarning mazkur huquqlariga tajovuz qilish xavfi mavjud. Bunda muhim jihat shundaki, jinoyat qonunchiligi jazolash va cheklashga emas, balki qayta tarbiyalab, jamiyatga xavfsiz shaxsni qaytarish bo‘lishi lozim. Hozirgi davrda bizning davlatimiz va jamiyatimiz yirik iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bosqichida bo‘lib, bu yerda ko‘plab guruh va to‘dalarning, turli davlatlarning manfaatlari to‘qnash kelgan, shu sababli hokimiyat va fuqarolar harakatida yakdillik va o‘zaro ishonch bo‘lmog‘i lozim. Bunday tahlikali vaziyatlarda jamoat tartibi va xavfsizligiga tajovuz qiluvchi turli-xil qarama- qarshiliklar va nizolardan holi emas. Davlat bunday ziddiyatlarni huquq normalari, jumladan, jinoyat huquqi normalari yordamida hal qilishga harakat qilmoqda. Shu sababli ham ommaviy tartibsizliklar va bezorilik uchun javobgarliklar manashu maqsadlarni ham ko‘zlab joriy etilgan deb hisoblaymiz. Biroq shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qonunlar odamlar tomonidan yozilganligi, odamlar esa doim ham mukammal bo‘la olmasligi tufayli turli xil kamchiliklar uchrab turadi. Bu esa jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda xatolarga, pirovardida sud qarorlarining noto‘g‘ri chiqarilishiga olib keladi. O‘zbekiston amaliyotida tahlil qilinayotgan normalar bilan bog‘liq qonun buzilishlariga amaliy misollar topa olmadik, biroq Rossiya amaliyotida shunday holat mavjud. Ya’ni Tergov organlari tomonidan bir guruh shaxslar ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblangan, biroq sudyalar ishtirokidagi Ulyanovsk viloyat sudi hukmi bilan bir qancha ayblanuvchilar oqlangan ba’zilari esa Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismiga guruh bezoriligi sifatida qayta malakalangan. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati 2005 yil 22 dekabrdagi kassatsiya ajrimida mazkur hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan . Bundan tashqari, Jinoyat Kodeksi 244-moddasiga bir necha marotaba o‘zgartirishlar kiritilganligidan ko‘rish mumkinki, mazkur jinoyatlarni kvallifikatsiya qilishda bir qancha muammolar mavjud. Biz yuqorida ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining huquqiy tabiatini yoritib o‘tdik hamda ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jinoyatlarning belgilari tashqi o‘xshashlikka ega. Ommaviy tartibsizliklar katta guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bezorilik ham qonunda belgilangan hollarda bir 92 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference necha shaxs tomonidan birgalikda sodir etiladi. Biroq ommaviy tartibsizliklar jinoyati stixiyali tarzda omma tomonidan sodir etiladi, lekin ularning asl baj
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tabiati, ularning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tabiati, ularning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston va Rossiya amaliyoti., Jinoiy-huquqiy tahlil, Ommaviy tartibsizliklar, Jinoyat ishtirokchilari, Qonunchilik, Jinoyat kvalifikatsiyasi, Guruh bezoriligi, Jamoat xavfsizligi, Jamoat tartibi, Jinoyatning obyektiv tomoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014