К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR, LITSEYLAR, UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O‘QUVCHI YOSHLARINI HARAKATGA O‘RGATISH VA MASHG‘ULOTLARDA JISMONIY SIFATLARNING RIVOJLANTIRISH, TA’LIM JARAYONLARINING PRINSIPLARI

Hamrayev Eldorbek Shomurod o‘g‘li

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘rta maxsus kasb-hunar, litseylar, umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlarini harakatga o‘rgatish va mashg‘ulotlarda jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining prinsiplari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so’zlar: metodik prinsiplar, mashq usuliyati, muntazamlilik prinsipi, mashq usuliyati. ANNOTATION This article provides information about the principles of training and development of physical qualities and educational processes for students of secondary special vocational, lyceums, general education schools. Key words: methodological principles, training method, principle of regularity, training method. Maktab yoshi harakatga o‘rgatish uchun eng qulay yoshdir. Xuddi mana shu yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo‘zg‘alishiga ega bo‘ladilar va shunga ko‘ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo‘lishi bilan ajralib turadilar. 14-15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi me’yoriga yetadi. Maktabni tugallash davriga kelib o‘quvchilar xilma- xil darajadagi harakat malakalariga ega bo‘ladigan. Bu o‘z navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat faoliyatida va ijtimoiy hayotda turmushda, o‘zlarining sog‘ligini mustahkamlashga, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qo‘llay oladilar. Harakat o‘rgatish shug‘ullanuvchini jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy sifatlarini darajasiga qarab amalga oshiriladi. Katta, o‘rta, kichik yoshdagi o‘quvchilarni harakatga o‘rgatishda umumiy metodik prinsiplarni qo‘llashga alohida e’tibor beriladi. Onglilik va faollilik prinsipiga muvofiqyildan yilga bolalar o‘rgatilgan harakat faoliyati haqida bilimlarga ega bo‘la borishlari, bajarilgan harakat nimaga fakat aynan shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilsa kanday xato‘lar sodir bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bo‘lishlari lozim. Bu bilan 50 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ularning fikrlash doirasi kengayadi. Kichik yoshdagi jismlarni ko‘rish orqali fikrlaydiganlarda xayotiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati uni kundalik turmushda qo‘llanilishi shug‘ullanuvchini sog‘ligi uchun ahamiyati va boshqalar haqida hayotiy misollar keltirilsa bas. V- ІX sinf o‘quvchilariga nisbatan kiyin harakat malakalari beriladi. Bu jarayon o‘rganilgan materiallarni ko‘p marotaba qaytarish orqaligina amalga oshirilishi, shundagina yuqori natijalar uchun ko‘p ter va og‘ir mashaqqatlar tortish kerakligi ularning ongiga singdiriladi. Bu yoshdagilar psixikasiga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Ular o‘rganilayotgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga urinadilar. Bu bilan ular xato‘larga yo‘l qo‘yadilar. Shuning uchun harakat texnikasi ustida ishlash og‘ir ekanligini alohida tushuntirish muxim ahamiyatga ega. Ularni harakatlarni o‘zlashtirishda bir- biridan xato‘lar topishga majbur qilish, xato‘larni ko‘ra bilish, tahlilga o‘rgatish va bo‘lajak xato‘larni oldini olishga zamin yaratadi. Qolaversa o‘qitilgan mavzularni qaytarishda ularni guruxchalarga rahbarlik qilishga o‘rgatishni hayotiy ahamiyati katta. Mustaqil fikrlashga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Yuqori sinf o‘quvchilariga yangi adabiyotlar, sport taktikasi haqida tushunchalar, mustaqil shug‘ullanishlari uchun maslahatlar berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bajarib ko‘rsatish prinsipi o‘quvchilarda o‘sha harakatlar haqida aniq tushunchalar hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Kichik va o‘rta yoshdagilarda taqlid qilish refleksi juda rivojlangan bo‘ladi. Ular ko‘rsatilgan harakatlarni aynan o‘zini, nusxasini, tezda va butunligiga qaytara oladilar. Shuning uchun bu prinsipiga rioya qilish o‘qituvchidan alohida e’tiborni hamda o‘quvchilar bajarayotgan mashqni ahamiyatini mukammal tushuntirish lozimligi talabini qo‘yadi. Yuqori sinf o‘quvchilari turli xil tayyorgarliklarni o‘tadilar, harakatlarni o‘zlari mustaqil kuzatib baholay olib malakalariga ega bo‘lib qoladilar. Mashqlarni yaxshi bajaradiganlarini, yaxshi namoyish qila oladiganlarini tarbiyalash maqsadga muvofiq bo‘lib, ulardan o‘qituvchilar mashg‘ulotlar paytida yordamchi sifatida foydalanishlari mumkin. Harakatni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish va o‘qitishni individuallashtirish prinsipi- kichik maktab yoshdagilarga kullanganda ayrim harakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinrok kechadi. Ular tez charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil harakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing ayrim muskullarini ma’lum muddatga ushlab turish (statik holatdagi) mashqlari tez to‘ldiradi va shuning uchun bunday mashqlarni qo‘llashdan qochish lozim. Birinchi sinfdan boshlaboq o‘quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun bor imkoniyatlarni sarflashini 51 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference talab qilish kerak bo‘ladi, chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv faoliyatining tipologik xususiyatlariga katta e’tiborni talab kiladi. Mun

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘rta maxsus kasb-hunar, litseylar, umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlarini harakatga o‘rgatish va mashg‘ulotlarda jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining prinsiplari haqida m…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘rta maxsus kasb-hunar, litseylar, umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlarini harakatga o‘rgatish va mashg‘ulotlarda jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining prinsiplari haqida m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
methodological principles, training method, principle of, mashq usuliyati, metodik prinsiplar, mashq usuliyati., muntazamlilik prinsipi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники