К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDUQAYUM YO'LDOSHEV QISSALARIDA BADIIY TIL VA USLUB XUSUSIYATLARI

Maxsudova Onorxon Bekmurod qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article explores the artistic language and methodological tools used in the stories of Abdukayum Yuldashev, one of the mature exponents of modern Uzbek literature. On the basis of several verses of the writer, his specific vocabulary skills, methods of using artistic imagery, syntactic devices and compositional features are analyzed. As a result of the study, such aspects as simple and fluent language, abundance of folk phrases, natural and lively dialogues, ironic style were identified, which are characteristic of the work of Yuldashev. Keywords: artistic language, style, pictorial means, folk phrases, irony 102 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Zamonaviy o'zbek nasrining yetuk vakili Abduqayum Yo'ldoshev o'zining o'tkir qalami, hayotiy voqealarni badiiy talqin etishdagi mahorati bilan kitobxonlar e'tiborini qozongan adibdir. Uning qissalari mavzu jihatidan rang- barangligi, qahramonlar taqdirining haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Adib asarlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ular sodda va ravon tilda yozilgan bo'lib, kitobxonga yengil yetib boradi. Shu bilan birga, yozuvchi o'z asarlarida chuqur ma'noli, o'yga toldiruvchi fikrlarni ifodalashda badiiy tilning nozik imkoniyatlaridan mohirona foydalanadi. Ushbu maqolada Abduqayum Yo'ldoshevning "Dadajonimdan aylanay", "Katta odamning kichkina tanishi" va "Qizil tilla, qip-qizil tilla" qissalari misolida adibning badiiy til va uslub xususiyatlari tadqiq etiladi. Maqolaning maqsadi yozuvchining o'ziga xos so'z qo'llash mahorati, badiiy tasviriy vositalardan foydalanish usullari, sintaktik qurilmalar va kompozitsion xususiyatlarni aniqlash hamda tahlil qilishdan iborat. USULLAR VA ADABIYOTLAR TAHLILI Tadqiqot uchun Abduqayum Yo'ldoshevning yuqorida nomlari keltirilgan uch qissasi tanlab olindi. Ushbu asarlar matn tahlili, qiyosiy tahlil va stilistik tahlil usullari yordamida o'rganildi. Qissalardagi so'z va iboralar, badiiy tasviriy vositalar, sintaktik qurilmalar va kompozitsion xususiyatlar alohida-alohida ko'rib chiqildi va tahlil qilindi. O'zbek adabiyotshunosligida Abduqayum Yo'ldoshev ijodini o'rganishga bag'ishlangan bir qator ilmiy ishlar mavjud. Jumladan, N. Karimovning "Abduqayum Yo'ldoshev ijodida zamonaviy qahramon talqini" [1], M. Qo'chqorovaning "Abduqayum Yo'ldoshev qissalarida xarakter yaratish mahorati" [2] kabi maqolalarida adib asarlarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Biroq Yo'ldoshev qissalarining til va uslub xususiyatlariga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar deyarli yo'q. Shu ma'noda ushbu maqola adib ijodini yangi rakursda o'rganishga qaratilgan ilk tadqiqotlardan biri hisoblanadi. NATIJALAR Abduqayum Yo'ldoshev qissalarining tili va uslubini o'rganish natijasida quyidagi asosiy xususiyatlar aniqlandi: Sodda va ravon til. Yo'ldoshev asarlarining tili kitobxon uchun tushunarli, sodda va ravondir. Murakkab konstruksiyalar, notanish so'zlar deyarli uchramaydi. Masalan: "No''monjon bugun bir yayradi. Hammasiga yangi yil archasiga ishxonasidan berilgan chipta sabab bo'ldi" [3]. 103 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Xalqona iboralarning ko'pligi. Adib o'z qahramonlari nutqida xalq orasida keng tarqalgan iboralardan unumli foydalanadi: "Ish, ish deb yuravergan ekan" [3], "Bo'larkan-ku odamga o'xshab dam olsa" [3]. Dialoglarning tabiiy va jonliligi. Qissalardagi qahramonlar nutqi tabiiy va jonli. Har bir personaj o'ziga xos so'zlash tarziga ega: "Voy, kelinglar, — deydi. Sinchi ayolga diqqat bilan tikilshda davom etgan ko'yi: — Bir xabar olib ketgani kelgandik. Yordam kerakmi? — deydi" [5]. Kinoyaviy uslub. Yo'ldoshev ko'pincha voqealarni kinoyaviy tarzda tasvirlaydi. Bu uslub ayniqsa "Katta odamning kichkina tanishi" qissasida yaqqol namoyon bo'ladi: "Har doimgiday, g'alabaning egasi ko'p bo'ldi" [4]. Badiiy tasviriy vositalarning o'ziga xos qo'llanishi. Adib an'anaviy o'xshatish, sifatlash kabi vositalar bilan bir qatorda, yangicha tashbehlardan ham foydalanadi: "Fursat atalmish shiddatli oqim tinmay oldinga, noma'lum tomonga intilgani-intilgan edi" [5]. TAHLIL VA MUHOKAMA Abduqayum Yo'ldoshev qissalarining tili va uslubidagi eng muhim xususiyat - bu soddalik va ravonlikdir. Adib murakkab konstruksiyalar, notanish so'zlardan qochadi, buning o'rniga oddiy, kundalik turmushda ishlatiladigan so'z va iboralarni tanlaydi. Bu esa o'z navbatida asarning kitobxonga yengil yetib borishini ta'minlaydi. Masalan, "Dadajonimdan aylanay" qissasidagi quyidagi parchaga e'tibor qarataylik: "No''monjon bugun bir yayradi. Hammasiga yangi yil archasiga ishxonasidan berilgan chipta sabab bo'ldi" [3]. Bu yerda sodda gaplar, kundalik turmushda tez-tez ishlatiladigan "yayradi", "chipta" kabi so'zlar qo'llanilgan. Yo'ldoshev o'z qahramonlari nutqida xalq orasida keng tarqalgan iboralardan unumli foydalanadi. Bu esa personajlar nutqining tabiiy va ishonchli chiqishini ta'minlaydi. Masalan: "Ish, ish deb yuravergan

Доказательный фрагмент

«This article explores the artistic language and methodological tools used in the stories of Abdukayum Yuldashev, one of the mature exponents of modern Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the artistic language and methodological tools used in the stories of Abdukayum Yuldashev, one of the mature exponents of modern Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artistic language, style, pictorial means, folk phrases, irony, uslub, tasviriy vositalar, kinoya, badiiy til, xalqona iboralar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники