К содержанию
РецензированоUZ2026

ONLAYN MULOQOTNING VUJUDGA KELISHI

Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi · Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 1 · 2026

Аннотация

Muloqot insoniyat hayotidagi eng muhim faoliyat turlaridan biri bo‘lib, qolgan barcha faoliyat turlari muloqot bilan bevosita bog‘liq. Dastlabki muloqot qay tarzda shakllangan va bugungi kundagi eng ko‘p murojaat etilayotgan onlayn muloqot qanday vujudga kelgan. Onlayn muloqotning shakllanishi, uning afzalliklari va kamchiliklari, hamda tilshunoslikdagi nechog‘lik ahamiyatli ekani haqida ushbu maqolada so‘z yurtiladi. Annotation Communication is one of the most important types of activity in human life, and all other types of activity are directly related to communication. In what way the initial communication was formed and how the most sought-after online communication of today came into being. This article will talk about the formation of online communication, its advantages and disadvantages, as well as how significant it is in linguistics. Kalit so‘zlar Internet, ijtmoiy tarmoqlar, muloqot, onlayn muloqot, muloqot vositasi, elektron pochta, ARPANET. Key words Internet, social networks, communication, communication means, e-mail, ARPANET. Bugungi kunda har eshitilayotgan o‘nta so‘zdan albatta oltitasida internet mavjud. Hayotimizning ajralmas, muhim bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan, hattoki jipslashib ketgan internet eng asosiy muloqot vositamizga aylanib bo‘ldi. Internet bugungi kunda har bir kishi tomonidan aloqa uchun eng ko‘p foydalanilmoqda. Xo‘sh, internet vositasida muloqot qilish, aloqa o‘rnatish tushunchasiga ta’rif berib o‘tsam, bu shuni anglatadiki internet yoki undagi ijtimoiy tarmoqlar vositasida bir joydan ikkinchi joyga, bir shaxs tomonidan ikkinchi bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga ma’lumot va xabarlar jo‘natish, ularni almashish tushuniladi. Bu keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning zamirida bir qator faoliyat turlari va vositalar yotadi. Jumladan, avvalgi bo‘limlarda takidlab o‘tganimdek elektron pochta, tezkor xabar almashish, turli xil ijtimoiy 113 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tarmoqlar va ularning o‘zaro ta’siri, video konferensiya va yana boshqalar shular jumlasidan. Internet vositasida muloqot qilish geografik joylashuvi qanday va qay darajada uzoq bo‘lishidan qat’i nazar, shaxslararo ma’lumotlarni almashishni osonlashtirish, insoniyat og‘irini yengil qilish uchun turli xil texnologiyalar va onlayn platformalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Yoki, boshqacha so‘z bilan aytadigan bo‘lsam, millionlab kompyuter va elektron qurilmalarning juda keng va izchil bog‘langan tarmoq vositasida bog‘lanish internet vositasida muloqot qilishdir. Xo‘sh internetda muloqot qilish, mobil tarmoq orqali bog‘lanish qay taiqa vujudga keldi? Uning tarixi qanchalik boy? Qachon, qayerda, kim tomonidan bu aloqa vujudga kelib, yo‘lga qo‘yildi? Shu va shu kabi savollarga quyida birma – bir javob berib o‘taman. Internet vositasida muloqot qilish – ARPANET (Advanced Research Projects Agency)1 1960-yillarning oxirida AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus tadqiqot muassasalari o‘rtasida xavfsiz aloqa qilish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun dastlabki model ishlab chiqilgan. Bunda bir nechta kompyuterlar bitta tarmoqda ishlaydi. Bu esaushbu tadqiqotchilar guruhining o‘sha davr uchun mislsiz eng katta yutug‘i edi. ARPANET bir tarmoq ostida bir nechta kompyuter tizimlarini bog‘lanib, tarmqoda ishlashi uchun packet switching(ma’lumotlarni qismlarga bo‘lib – bo‘lib keyingi kompyuterlarga uzatish)dan foydalanadi. Nima uchun ma’lumot uzatishda aynan bu usuldan foydalanilganini sababi shundaki, agar malumot butun, to‘lig‘icha, katta kompleks holatda uzatiladigan bo‘lsa, ushbu ma’lumot sifatiga zarar yetishi yoki uzatish vaqti cho‘zilib ketish ehtimoli yuqori. Oddiy misol, agar kompyuter yoki telefonlarga ham birdaniga ko‘p ma’lumot yuklasak, yoki internetdan katta hajmli ma’lumotlar ustida to‘xtalib o‘tsak u bizning qurilmalarimizni normal tarzda ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin ishlaydi, yoki butunlay to‘xtaydi, ayrim holatlarda undagi ma’lumotlar o‘chib ketadi, mavjudlarining sifati buzilishi yoki o‘sha qurilmani butunlay o‘chib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ARPANETda ma’lumotlarni tarmoqdagi bir qurilmadan chiqyotganida uni bir qancha kichik qismlarga bo‘lib, u manzilga yetib borgandan keyin yana o‘sha qismlarni birlashish usulidan foydalandi. Maqsad ma’lumot sifatiga zarar yetkazmaslik(quyida 1-ilovaga qarang). Shunday qilib 1969-yil oktyabr oyida ARPANETda rasmiy tarzda birinchi xabarini bir kompyuterdan boshqasiga o‘tkazildi. Shu tariqa bu texnologiya rivojlanishni boshladi. Dastlab mudofaa xizmati uchun ishlab chiqilgan ushbu muloqot turi sekin-astalik bilan hayotning barcha jabhalariga kirib bordi va bu jadallik bilan 1 https://www.geeksforgeeks.org/arpanet-full-form/ 114 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference rivojlanmoqda. Ayniqsa bu ta’lim, tibbiyot, biznes, marketing sohalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 1-ilova.2 ARPANET ixtirosidan keyin

Доказательный фрагмент

«Muloqot insoniyat hayotidagi eng muhim faoliyat turlaridan biri bo‘lib, qolgan barcha faoliyat turlari muloqot bilan bevosita bog‘liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Muloqot insoniyat hayotidagi eng muhim faoliyat turlaridan biri bo‘lib, qolgan barcha faoliyat turlari muloqot bilan bevosita bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Internet, social networks, communication, communication means, e-mail, elektron pochta, onlayn muloqot, ijtmoiy tarmoqlar, muloqot, ARPANET., muloqot vositasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники