К содержанию
РецензированоUZ2026

SHIKASTE YOZUVI TARIXI

SHIKASTE YOZUVI TARIXI · Sharipova Nargiza · Djabbarova Farangiz · Darvish Abdulmajid Taliqoniy.

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tez yoziluvchi va chiroyli xat uslubi bo‘lganligi sababli, asta- sekin o‘z o‘rnini topib, yozuv turlari orasida munosib o‘rin egallagan shikaste yozuvi tarixi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Qurma, shikaste, “shikastai ta’liq”, nasta’liq, Xattot Davriy, Darvish Abdulmajid Taliqoniy. O‘zbekiston bugungi kunda o‘z tarixi va madaniyati haqiqiy tarixiy qiymat va ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy manbalari orqali chuqur tahlil qilinadigan hamda epigrafik yodgorliklari miqdori va noyobligi jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakat ekani aniq. Lekin ularning aksar qismi oldin o‘rganilmagan. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati taraqqiyoti tarixiga bir nazar solsak, VII–X asrlarda Arab xalifaligining markaziy shaharlari – Makka, Kufa va Basrada yaratilib, keyinchalik xalifalikning boshqa hududlariga tarqalgan xat turlaridan foydalangan holda Movarounnahr xattotlik maktabi vujudga kelganini bilib olamiz. Bir necha asr davomida amalda qo‘llanilgan arab yozuvining 100 dan ortiq turi mavjud. Arab va Islom olamida eng ko‘p tarqalgan va mashhur bo‘lgan xatlar bular: suls, nasx, ta’liq (nasta’liq, forsiy), diyvoniy, kufiy, riq’a, diyvoniy jaliy, muhaqqaq, ijoza, tug‘ro, mag‘ribiy, rayhoniy, toj va shikaste. Shulardan Shikaste xati Ta’liq xatidan hosil qilib olingan xat nomi fors tilidan olingan bo‘lib, “singan, darz ketgan” ma’nolarni anglatadi. Turk yerlarida esa, bu xatni “Qurma ” xati deb ataganlar. Bu xatdan keyin foydalangan o‘lkalar Eron, Pokiston va Afg‘oniston hisoblangan. Manbalarda ta’kidlanishicha, bu xatning asoschisi Xattot Shafiy’ hisoblanib, bu xat orqali Qur’oni Karim oyatlari bitilmagan. Shu sabab ham bu xatda yozuv va o‘qish jarayonida biroz kamchiliklar topilib, chigalliklar mavjud bo‘lgan. Bu xat keyinchalik ko‘p tadqiq qilinib, arab va turk xattotlari hamda Eron xattotlarining bu xat borasida ko‘p ishlashiga undadi. Ular o‘zlarining ko‘plab qo‘shgan qoidalari bilan biroz forsiy xati va ta’liq xatlari o‘xshash bo‘ldi. Aytish lozimki, bu xat ayni u xatlarning o‘zi emas. Manbalar asosan shu xatlar asosida bitilgan bo‘lib, xatlar xaqidagi manbalarning eng dastlabkilari tarjima qilinib ma’lumotlar keltirildi. Bu esa, tadqiqotimizning yana bir yutug‘idir. Suls, nasx, ta’liq, diyvoniy, kufiy va riq’a xatlari asosida rivojlangan yana ko‘plab xatlar ham 122 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference mavjud. Markaziy Osiyo me’moriy yodgorliklarida yozilgan tarixiy manbalar ta’liq xati asosida yozilgan bo‘lib, xat kichik xajmda yozish imkoni bo‘lganligi va kam o‘rin egallashi asosiy sabab bo‘lgan . Ta’liq xati - nasta’liq, shikaste va shikaste amiyz xatlariga bo‘linadi. Quyida ta’liq va shikastai ta’liq yozuv usullaridan misollar keltirishimiz mumkin: Shikastan ta’liq. XIII-XIV asrlarda Xoja Tojiddin Isfahoniy va Xoja Abdulhay Munshiy “shikastai ta’liq” yozuv usulini vujudga keltirdi. Bu xat yozuvi tez yozilishi va chiroylilikda boshqa xatlardan ustun kelganligi sababli juda tez mashhur bo‘ldi. Boshqa ko‘p idoraviy ishlar “shikastai ta’liq” xat usuli bilan yozardi. XV asrdan boshlab nihoyatda chiroyli “nasta’liq” xat usuli paydo bo‘lishi munosabati bilan “ta’liq” usul xati asta-sekin muomaladan chiqdi. Ta’liq va shikastay ta’liq usulida harflar bir biriga ulangan holda yozilganligi sababli, ularni o‘qish bir oz qiyin edi. Taxminan XVII asr o‘rtalaridan boshlab tez yozish uslubiga talab yanada kuchaydi. Shu sababdan ham “shikastai ta’liq” usuli maydonga keldi. Bu usul “ta’liq” qoidalarini ko‘proq o‘ziga asos sifatida qabul qilgan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab tez yozish uslubiga talab yanada kuchaydi. Shu sababdan tez yozarlikka muvofiq qilib, “ta’liq” xat usulidan “shikasta” usuli maydonga keldi. Bu usul “ta’liq” qoidalarini ko‘proq o‘ziga asos sifatida qabul etgan. Bu xat uslubining o‘ziga xos tomoni shundan iborat ediki, bu xususiyat boshqa xat usullarida uchramaydi. Arab alifbosining ba’zi harflar, masalan, “alif”, “dol”, "zol”, “ro”, “zo”, “je”, “vov” bu xat usulida o‘zidan keyin harflar bilan qo‘shilmasligi o‘z me’yoriga ko‘ra aksincha qo‘shiladi. Biz bu xususiyatni “ta’liq” va “shikasta” usullaridan bo‘lak boshqa xatlarda ko‘rmaymiz. Shikasta xati usulini Murtazo qulixon Shomlu nomli xattot ma’lum qonun qoidaga kirgizgan. Keyinroq uning shogirdi Mirzo Shafeo (vaf. 1671) ustozi ishini davom ettirib, shikasta xatiga o‘zgartirish kiritdi: uzun “nun” yozuvi shaklini, “alif-lom” ulanishi shaklini va xalqasimon “dol” harfi shaklini vujudga keltirdi. Qayd etish kerakki, shikasta uslubi tez yozar va qog’ozda kam joyni olsa-da, ammo uni o‘qish juda mushkul edi. Bu xatni yozish ko‘p diqqat va e’tibor talab etar edi. XIV asrda taniqli xattot Darvish Abdulmajid Toliqoniyning harakatlari samarasi o‘laroq nasta’liq xatidan boshqa bir xat turi rivojlanib chiqdi. U “shekaste-ye nasta’liq” (siniq nasta’liq”) nomi bilan tanilgan. ”Shekaste” Eron yozuvlaridan biri bo‘lib, “ta’liq” va “nasta’liq” xatlarining qo‘sxilishidan hosil bo‘lgan. B

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tez yoziluvchi va chiroyli xat uslubi bo‘lganligi sababli, asta- sekin o‘z o‘rnini topib, yozuv turlari orasida munosib o‘rin egallagan shikaste yozuvi tarixi haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tez yoziluvchi va chiroyli xat uslubi bo‘lganligi sababli, asta- sekin o‘z o‘rnini topib, yozuv turlari orasida munosib o‘rin egallagan shikaste yozuvi tarixi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Xattot Davriy, shikaste, Darvish Abdulmajid Taliqoniy., nasta’liq, Qurma, “shikastai ta’liq”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники