К содержанию
РецензированоRU2026

“O‘ZBEK MUSIQIY ESTRADASI” TADQIQODLARI XUSUSIDA.

Artikbayeva Durdona Alisherovna

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье речь идет об исследованиях музыковедов, научно изучавших различные вопросы, связанные с узбекской эстрадой, и их научных статьях, диссертациях, учебниках, сборниках, посвященных проблемам узбекской музыкальной эстрады. Аnnotation: In this article, there is a word about the researches of musicologists who scientifically studied various issues related to Uzbek pop art and their scientific articles, dissertations, textbooks, collections dedicated to the issues of Uzbek musical pop. Goes Kalit so’zlari: milliy Estrada san’ati, plagiatlik. Ключевые слова: национальное эстрадное исскуство, плагиат. Keywords: new technology of performance of national pop music, plagiarism. O‘zbek musiqiy estradasi va qo‘shiqchiligi masalalari hozirgi kunga qadar bir qator musiqashunos olimlar tomonidan turli darajalarda o‘rganilgan. uning shakllanish va rivojlanish tarixi, ohang qiyofasi va an’anaviy musiqa bilan uyg‘unligi muammolari, “ko‘chirmachilik” (plagiatlik) salbiy holatlari v.h. k tadqiq qilindi. Bu borada ayniqsa, L. Yusupov, S. Vohidov, T. G‘ofurbekov, D. Mullajonov, O.Bekov, N.Amonova Yu, L Obidova, G. Tursunovalarning ilmiy ishlari diqqatga sazovor bo‘lib, biz mazkur ishimizda ularning tadqiqotlarida eriishilgan natijalarga asoslanamiz. O‘zbek musiqiy estradasi sohasi hozirgi kunga qadar turli avlod musiqashunoslari tomonidan tadqiq qilinganligini ko‘ramiz. Masalan, san’atshunoslik fanlar nomzodi S. Vohidovning “O‘zbek sovet qo‘shig‘i” tadqiqotida o‘zbek estrada musiqasining XX asrda yuzaga kelishi asosan kompozitorlik ijodi kesimida o‘rganiladi va bunda muallif asosiy e’tiborni “ommaviy qo‘shiq” xususiyatini kasb etgan janr, uning ohang asosi hamda unda 9 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference milliy musiqa unsurlarini tutgan o‘rni kabilar haqida jiddiy mushohadalar yuritadi.1 L. Yusupovning nomzodlik dissertatsiyasida esa musiqiy estrada masalalari turli ijodiy jamoalar va, eng avvalo, jaz guruhlari, O‘zbek estrada simfonik orkestri (ESO)hamda vokal - cholg‘u ansambllari misolida tadqiq qilinadi. San’atshunoslik fanlari nomzodi O.Bekovning “Zamonaviy o‘zbek estrada qo‘shig‘i O‘zbekiston musiqa madaniyati kesimida” nomli tadqiqotida “ estrada” atamasi juda keng talqin qilinib, uning ma’nosida umuman sahnaviy san’at, ya’ni katta va kichik (hatto ashula, maqom va b.) janrlarning asosan sahna bilan bog‘liq namoyon bo‘lishi tushuniladi. Shu bilan birga muallif milliy estrada qo‘shiqlarining kelib chiqish ildizlari to‘g‘risida ham qiziqarli fikr-mulohazalarni bayon etgan. O.Bekov 1980-yillari o‘zbek musiqiy estradasida tamoyil kuchini ola boshlagan ko‘r-ko‘rona taqlidchilik va “ko‘chirmachilik” holatlarini asosli ravishda tanqid ostiga olganligi ham e’tiborlidir.2 Shuni aytish kerakki, yuqorida zikr etilgan S.Vohidov, L.Yusupov va O.Bekovlarning ilmiy ishlari asosan sovet davri o‘zbek musiqiy estradasi masalalariga bag‘ishlangan edi. 1990-yillardan boshlangan yangi davr o‘zbek musiqiy estradasida yuzaga kelgan yangi tamoyillar va ular bilan bog‘liq qator ilmiy-ijodiy muammolar ifodasini T.G‘ofurbekov, N. Yanov-Yanovskaya, D.Mullajonov, D.Omonullaeva va N.Omonovalar tomonidan turli janrlar(ilmiy maqola, dissertatsiya, o‘quv qo‘llanma)da bajarilgan ishlarda ko‘rishimiz mumkin. San’atshunoslik fanlar doktori, professor T.B. G‘ofurbekovning “Estraditsiya” uzbekskogo folklora” maqolasida estrada sohasining musiqiy folklorga ta’siri haqida jiddiy fikrlar o‘rtaga tashlanib, bu borada erishilgan yutuq va muammoli holatlar tilga olinadi. Masalan, shu asosda o‘zbek estrada qo‘shiqchiligida yangi fakturali garmonik hamda lado – ritmik sifatlar yuzaga kelgani ma’lum natija, albatta. Muallif Larisa Moskalyova, Sevara Nazarxon hamda “Nola” guruhi misolida o‘zbek estrada musiqasiga ijobiy uyg‘unlashayotgan xorij (jaz va b.) musiqasi an’analarini teran tahlil qiladi. Ammo shu bilan birga, estrada qo‘shiqchiligida “ko‘chirmachilik” (plagiatlik) 1 Вахидов С. Узбекская советская песня. – Т.; ГИЛИ им. Г. Гуляма, 1976. (с12 – 17) 2 Беков О. Современная узбекская эстрадная песня в контексте музiкальной культурi Узбекистана., Т.; СИТИ. М (м) Б – 42 № 931. 1994. 10 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference salbiy holatlari tobora ortib borayotganligi tashvishlidir. kuchli tamoyil sifatida hozirlab kelayotgan keskin tanqid qilingan. San’atshunoslik fanlar doktori, professor N.S.Yanov-Yanovskayaning “O‘zbek musiqa madaniyatining hozirgi davr rivojlanish bosqichi haqida” (“O sovremennom etape razvitiya uzbekskoy muzikalnoy kulturi”) nomli maqolasida kompozitor va musiqiy estrada munosabatlari xususida e’tiborli fikr-mulohazalar yuritiladi. Muallif musiqiy estradaning bugungi kunda jadal rivojlanib borayotganligini e’tirof qilarkan, shu munosabat bilan quyidagi o‘ta jiddiy muammoni o‘rtaga tashlaydi: “Endilikda kompozitorlik san’ati ommaviy musiqa bosimiga bardosh berishi lozim. San’atni “ ruhning jiddiy mehnati”dan ko‘r

Доказательный фрагмент

«В данной статье речь идет об исследованиях музыковедов, научно изучавших различные вопросы, связанные с узбекской эстрадой, и их научных статьях, диссертациях, учебниках, сборниках, посвященных проблемам узбекской муз…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье речь идет об исследованиях музыковедов, научно изучавших различные вопросы, связанные с узбекской эстрадой, и их научных статьях, диссертациях, учебниках, сборниках, посвященных проблемам узбекской муз… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
new technology of performance of national pop music, plagiarism, milliy Estrada san’ati, plagiatlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники