Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIZMATLAR SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH HAMDA BOSHARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEHANIZMALARI.
Umurova Mohira Askarboy qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Hozirgi kunda har bir mamlakatning oldida turgan dolzarb masalalardan biri iqtisodiyotning rivojlanishida, ishsizlik darajasini pasaytirishda hamda aholi turmush darajasini yaxshilashda qo’llaniladigan eng ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanish shu bilan bir qatorda har bir sohada innovatsion jarayonlarni tadbiq etish, innovatsiyani keng ko’lamda joriy etish vazifasi muhim masalalardan biriga aylangan. Ushbu maqolada innovatsion rivojlanish hamda boshqaruv samaradorligini to’gri tashkil qilish mehanizmlari keng tadbiq qilingan. Kalit so’zlar. Innovatsiya, boshqaruv funksiyalari, samaradorlik, xizmatlar sifati, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon. Bugungi kunda har qanday iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi iste’mol qiymatini yaratish, moliyaviy natijalarni yaxshilash va samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol jarayonlarida yangiliklardan faol foydalanishga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda innovatsiyalar hayot sifati va xavfsizligini oshirish hamda atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali jamiyat farovonligiga o’z hissasini qo’shadi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari, rentabellikning pasayishi, budjed taqchilligining ortishi hamda daromadlarning kamayishi bilan ajralib turadigan o’tgan asrning 80- yillari boshidayoq dunyoning ko’plab iqtisodiyotlari asta- sekinlik bilan qurila boshlangan. Bunda internet innovatsiyalarga asoslangan shakllanayotgan yangi iqtisodiyotlarni rivojlantirish uchun infratuzilma bo’lib xizmat qildi. “Innovatsiya” tushunchasining o’zi XIX asrda paydo bo’lgan va bir tizim elementlarini boshqa tizimga o’tkazish ma’nosida tushunilgan. XX asr boshlarida “innovatsiya” atamasini birinchi bo’lib Y. Shumpeter va V. Zombart o’zlarining iqtisodiy ishlarida qo’llashgan. Shunday qilib , “innovatsiya” tushunchasi lotin tilida “yo’nalish bo’yicha harakat” degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida esa “yangilik qilish”, “yangilik” deb tarjima qilinadi. Korxonalarda innovatsiya tushunchasi eng avvalo ilg’or g’oyalar, ishlanmalarni inobatga olishi lozim. Bundan tashqari , fan va texnika yutuqlari, texnologiya va yangi ixtirolar ham innovatsiyaning ta’rifida ifodalanishi mumkin. M.Q. Pardayevning fikricha, innovatsiya deyilganda, ilg’or g’oyalar asosida 21 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference amalga oshirilgan ishlanmalar natijalarning fan va texnika yutuqlari, ilg’or texnologiya va yangi ixtirolar sifatida turli sohalarda qo’llanishi bilan bog’liq hodisa tushuniladi. Mazkur ta’rif barcha sohalar, davrlar va subyektlarning manfaatlariga mos keluvchi universal ta’rif hisoblanadi. Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar bizning har kungi hayotimizda korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o’rnashib kelmoqda. Innovatsiyalar o’z navbatida davlat siyosati innovatsion rivojlanish yo’liga qaratilgan barcha mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Aksariyat mamlakatlarda innovatsion rivojlanish amaliyoti keng quloch yoymoqda, ya’ni innovatsiyalarni iqtisodiyotga izchil joriy qilish YaIM ning o’sishida o’z samarasini namoyon qiladi. Masalan Innovatsiyalar AQSHda mamlakat YaIMni 1980-yildan 2021 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida 31%dan 34,6% ga qadar oshirishga zamin yaratdi. Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotiga innovatsiyalarning keng joriy qilinishi iqtisodiyotini asosiy ko’rsatkichi bo’lgan YaIM hajmini 45,5% dan 50% ga o’sishiga zamin yaratdi. Xizmatlarning YaIM dagi ulushi yetarlicha yuqori bo’lgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish dolzarb vazifa sanaladi, chunki ushbu mamlakatlarning ilmiy-texnik salohiyati unchalik ham yuqori emas. Xizmatlar sohasini innovatsion rivojlantirish Omillar Tashkiliy iqtisodiy mehanizmlar ITTKIga -Korxonalarga soliq imtiyozlari yoki grantlar kabi ilmiy- investitsiyalar tadqiqot ishlariga sarmoya kiritish uchun imtiyozlar berish -davlat xususiy sherikchiligini yo’lga qo’yish. Moliyalashtirish Venchur fondlarini yaratish; Kreditlar bo’yicha kafolatlar berish Intellektual mulk Patent va savdo belgilari kabi intellectual mulkni himoya huquqi qilish uchun qonun va qoidalarni yaratish Normativ huquqiy Qoidalarni soddalashtirish baza Byurokratik to’siqlarni kamaytirish Mulk huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish Davlat tomonidan Eksportni rivojlantirish agentliklarini yaratish; qo’llab quvvatlash Eksportni moliyalashtirish va sug’urtalashni ta’minlash Eksport qiluvchi tashkilotlarga soliq imtiyozlarini taqdim qilish Infratuzilma Klasterli rivojlantirish; Ochiq innovatsiyalar. 22 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 1-rasm. Xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mehanizmi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek xizmat ko’rsatish sohasini innovatsion rivojlantirishni rag’batlantirish borasida amalga oshirish lozim bo’lgan tashkiliy
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda har bir mamlakatning oldida turgan dolzarb masalalardan biri iqtisodiyotning rivojlanishida, ishsizlik darajasini pasaytirishda hamda aholi turmush darajasini yaxshilashda qo’llaniladigan eng ilg’or texn…»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda har bir mamlakatning oldida turgan dolzarb masalalardan biri iqtisodiyotning rivojlanishida, ishsizlik darajasini pasaytirishda hamda aholi turmush darajasini yaxshilashda qo’llaniladigan eng ilg’or texn… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion faoliyat, samaradorlik, Innovatsiya, innovatsion jarayon., xizmatlar sifati, boshqaruv funksiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014