Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MORPHOLOGICAL CHANGES OF THE TYMUS OF PREMATURE STILLBORN INFANTS
TIMUSINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY O‘ZGARISHLARINI · Yuldashev Z.N. · Mahkamov N.J. (Andijon davlat tiibiyot instituti, Andijon shahar)
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu davrda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timusidagi morfofunksional faol markazlarining hujayraviy tarkibi bo‘yicha T-limfotsitlarni dinamikadagi holatini o‘rganish maqsadida CD3, CD4, Ki67 markerlari o‘rganildi. Ayrisimon bezda morfologik rivojlanishdan orqada qolishlar: timusning po‘stloq qavati kengligi jihatidan, mag‘iz qavatni juda kichik sohani egallaganligi, yetilgan limfotsitlarni deyarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgarishlarning asosiy morfologik susbtrati sifatida, timus po‘stloq qavati retikuloepitelial hujayra-larining hajman kichikligi, desmasomalarining kalta va yo‘g‘on ko‘rinishda bo‘lishi, desmasomalar oralig‘ini o‘zaro tutashtiruvchi siyrak tolali tuzilmalarning aynan, po‘stloq qavat perivaskulyar sohalarda ko‘p bo‘lishi, gematogistiogen to‘siqni xam funksional majruh holatga kelishiga olib kelinganligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: timus, immunogistokimyo, involyusiya, immunodefitsit, nekroz, apoptoz. Muammoning dolzarbligi: Perinatal patologiyalarda antenatal o‘lim asosan, infeksion va noinfeksion etiologiyali jarayonlar bilan birgalikda rivojlanib, homilani yetilmaganligi, asfiksiyalar, tug‘ruq travmalari, pnevmopatiyalar, miyada perinatal qon aylanishining buzilishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemorragik kasalligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Dunyoda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki perinatal patologiyalarda har 1000 ta tug‘ruqni 1-4% ni tashkil etib, bachadon ichi infeksiyasi tufayli homilani muddatiga yetmasdan o‘lik tug‘ilishi tushuniladi. Aynan, immun sistemaning rivojlanishi, ayniqsa homiladorlik davrida, erta bolalik davrida va hatto hayot davomida ham salomatlikka katta ta’sir ko‘rsatadi (Hertz-Picciotto va boshq., 2008). Perinatal davrdagi aralashuvlar va tug‘ilgandan keyingi hayotdagi avlodlarda immun tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beruvchi dalillar ortib bormoqda (Yang va boshq., 2014). Muhokama va natija: Antenatal davrning ilk 28-33 haftaligi, immun tizim a’zolarida nisbatan differensiallanishni shakllanganligi, muddatdan oldingi tug‘ilishlarda, chaqaloqlarda yashovchanlik va infeksiyaga qarshi turg‘unlikni nisbatan shakllanganligi bilan xarakterlansa, timus va suyak ko‘migida proliferativ jarayonlarni stabil va yuqori darajada rivojlanganligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu guruxda, Ki 67 markerining pozitiv ekspressiyasi yuqori darajada bo‘lib, timusning po‘stloq va mag‘iz soxasi parenximasi va mezenximal hujayralarida ham aniqlanadi. Differensiallanish darajasi yuqoridagi guruhga nisbatan balandroq bo‘lsada, pozitiv ekspressiyalangan hujayralar asosan fibroblastlar, makrofaglar, gistiotsitlar, retikulotsitlar va T limfotsitlar hisoblanadi. To‘liq shakllanmagan timus ya’ni birlamchi immun a’zoning parenximasida mavjud bo‘lgan limfotsitlarni proliferativ ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsada, ko‘payib shakllanishi 32 natijasida, Ki 67 markerining pozitiv ekspressiyasi 200x kattalikda nazorat guruhida o‘rtacha 27,65% gacha ko‘rsatkich bilan namoyon bo‘lgan bo‘lsa, ushbu guruhdagi ko‘rsatkichlar 34% atrofida bo‘lishi aniqlandi. SD4 markeri orqali limfotsitlarni T-xelper bo‘lgan susbpopulyatsiyasini aniqlash maqsadida olib borilgan immunogistokimyoviy jihatlari bo‘yicha, pozitiv ekspressiyalanish darajasi juda pastligi bo‘yicha saqlanib turganligi aniqlandi. Aynan, T-killerlarni qitiqlaydigan immunosti-mulyatsiyalovchi omillarni ishlab chiqaruvchi T -xelperlarni timus po‘stloq va mag‘iz qavatlarida juda kam sonli bo‘lishi, autologik to‘qima tolerantligiga bo‘lgan differensiallanmaganligini tasdiqlaydi. SD 3 va SD 4 markerlariga tekshirilgan timus to‘qimasida past pozitiv ekspressiyalanishi SD 3 limfotsitlar differensiyalanishini buzilishi va SD 4 markerli T xelperlarning kam sonli shakllanganligini anglatib, jarayonda immunodefitsit va infeksiyaga qarshi turg‘unlikni keskin kamayganligini anglatadi. Bu esa, aynan, tadqiqotimizda, antenatal nobud bo‘lgan chaqaloqlar klinik anamnestik ma’lumotlarida onasi infeksiya tashuvchi va homilani bachadon ichi infeksiyasiga uchragan o‘lik tug‘ilganlarning barchasida tasdiqlandi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu davrda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timusidagi morfofunksional faol markazlarining hujayraviy tarkibi bo‘yicha T-limfotsitlarni dinamikadagi holatini o‘rganish maqsadida CD3, CD4, Ki67 markerlari o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu davrda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timusidagi morfofunksional faol markazlarining hujayraviy tarkibi bo‘yicha T-limfotsitlarni dinamikadagi holatini o‘rganish maqsadida CD3, CD4, Ki67 markerlari o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- thymus, involution, morphology, necrosis, immunodeficiency
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026