К содержанию
РецензированоUZ2026

Zubturum (plantago) o‘simligining amaliy ahamiyati va genetik tahlili

Одина Розибоева · Ирода Маматкулова

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 17-22 · 2026

Аннотация

Hozirgi kunda tabiatimizda o‗sayotgan dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanib, ulardan kasalliklarga davo topishimiz mumkin. Zubturum dorivor o‗simligi juda ko‗p kasalliklarga davo bo‗lib uni tabobatimizda keng qo‗llasak bo‗ladi. Bu o‗simlikning bargi, 294 tomiri va urug‗lari juda ko‗p kasalliklarga davo bo‗ladi. U tabiatimizda o‗sadi va noyob hisoblanadi. Kalit so‗zlar: Zubturum (plantago), dorivor zubturum, O‗rta Osiyo xalq tabobati, jigar, buyrak kasalliklari, qandli diabet. Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) — ikki urug‗ pallali yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub, ko‗p yillik va bir yillik o‗simliklarni o‗z ichiga oladigan oila sanaladi. Dunyo bo‗yicha 260 turni o‗z ichiga olgan, 3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum Zupturum (Plantago) —bo‗lib,.mo‗tadil iqlimli mintaqalarda o‗sadi. Bir necha turdan tashkil topgan litorella (Litorella) turkumi faqat Yevropada, Azor orollari va Janubiy Amerikada uchraydi. Bitta turdan iborat bouguyeria (Bougueria) turkumi esa Janubiy Amerika uchun endemik hisoblanadi. O‗zbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turdan dorivor o‗simlik sifatida foydalaniladi. Barglari ildiz bo‗g‗zida to‗p to‗p bo‗lib joylashgan bandi.[1] Keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon nashtarsimon va tasmasimon yaxlit ba‗zan pastki qismi sal tishli uzunligi 12 sm ga boradi bandli. Gullari poya va shoxlari uchida oddiy boshoq xosil qiladi. Mevasi ikki yoki ko‗p urug‗li. Bo‗yi 40-45 smgacha bo‗lib ildiz poyasi kalta. Gul barglari tik o‗sadi. Gullari mayda ko‗rimsiz gultoji kulrang- qo‗ng‗ir tusli. Mevasi-ichida tuxumsimon shaklli mayda- mayda urug‗lari joylashgan. May oyidan boshlab gullaydi, mevalari avgust - sentabrda yetiladi.[4] Bu o‗simlikdan me‗da, ichak va o‗pka xavfli o‗simtalariga davo qilish uchun foydalanadi. Undan tayyorlangan galen preparatlar jigar buyrak kasalliklari, diabet, ko‗z kasalliklari, qon ketar mahalida shuningdek farzandsizlikda ham naf beradi [3]. Ildizidan tayyorlangan damlamani isitma yo‗tal vaqtida, sil bilan og‗rigan kasallarga buyriladi. Zaxarli hashorotlar va ilon chaqqanda og‗riqni qoldiradigan vosita ta‗riqasida ham ishlatiladi. Yanchilgan urug‗i surunkali ich ketarga yaxshi davo bo‗ladi. Ibn Sino zupturum bargidan yara- jaroxatlarni bitiruvchi, qon to‗xtatuvchi vosita tariqasida foydalangan. Urug‗idan esa qon tuflash mahalida, jigar buyrak kasalliklarida, shuningdek ichak yaralari va ichketarga davo qilish uchun ishlatiladi. Zubturum o‗simligidan ezib olingan sharbati o‗pka silida, bezgakda, qon qusishda, nafas qisishda, quyonchiqda, tutqanoqda yaxshi naf beradi hamda jigar, buyrak, taloq quvvatini oshirish bilan birga ulardagi tiqinlarni ochadi, hazmni yaxshilaydi, vabosilda (gemaroy), ayniqsa qon ketganda juda yaxshi yordam beradi.[2] O‗rta Osiyo xalq tabobatida zubturumning ishlatiladigan o‗rni ko‗p: ichburuq, vabosil, kolit kasalliklarida, shuningdek so‗zakda buyuriladi, barglaridan tayyorlangan damlamani o‗pka silida va raki, bronxit mahalida ishlatiladi,ishtahani ochib, odamni tetiklashtiradigan vosita tariqasida tavsiya etiladi ko‗z kasalliklarida ko‗zga qo‗yiladi, urug‗laridan tayyorlangan damlama bolalar ichi buzilganda beriladi, issiqni tushiradigan vosita sifatida ishlatiladi; yangi barglari chipqon va boshqa yara-chaqalarga qo‗yiladi.[5] Zamonaviy tabobatda bu o‗simlikning barglaridan,urug‗idan keng foydalanib kelinmoqda. Genetik tahlili: Rossiya olimlari (2021) ning ilmiy ishlarida plantagoning genetik xilma- xiligini o‗rganish uchun ISSR markeri yordamida uning genetikasini tahlil qilgan natijalari shuni ko‗rsatadiki; ISSR markerlari Plantago turlarini farqlay oladi va genetik xilma-xillik haqidagi ma‗lumotlar seleksiyadan oldin baholashda va Plantago germplazmasini saqlashda yordam berishi mumkin.[6] Demak, ushbu turni amaliy ahamiyati kengligini hisobga olib,undan tabiatga ziyon yetkazmagan holda foydalanish va zupturum plantatsiyalarini tashkil qilish bugungi zamonaviy tibbiyotni oldida turgan vazifa sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 295 1. Abduraimov O.C., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E., Erdonov Sh. ―Turkiston tog‗ tizmasida tarqalgan Elwendia Boiss (Apiaceae) turkumi turlari‖Xorazm Ma‘mun Akademiyasi Axborotnomasi.2021.6-son http://mamaun.uz/uz/page/56 2. Abduraimov O.C., Narxadjayeva A., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E ―O‗zbekiston florasidagi madaniy o‗simliklar yovvoyi ajdodlarining ozuqabob turlari‖Qar.DU xabarlari.2021.3-son 3. Nabiyev M, Shifobaxsh giyohlar, T., 1980; 4. Xoliqov K., O‗zbekiston janubidagi dorivor o‘simliklar, T., 1992; 5. Hojimatov Q.H., Yo‘ldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995; 6. https://www.google.com/url?sa=i&url=https%3A%2F%2Fmingdavo.uz%2Ftag%2Fic hak%2F&psig=AOvVaw37D1Ha3qBsOHkWE864Saaf&ust=1650113379442000&source=imag es&cd=vfe&ved=0CA0QjhxqFwoTCMjRvsCNlvcCFQAAAAAdAAAAABAb BIOLOGIK TOʻQIMALARNING YUTILISHIDA PAST INTENSIV LAZER TERAPIYASI Akbarova.N.A1, Yakubov D.T2, Rustamov O.B3, Muminov A.A4 1Toshkent davlat texnika universiteti d

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda tabiatimizda o‗sayotgan dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanib, ulardan kasalliklarga davo topishimiz mumkin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda tabiatimizda o‗sayotgan dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanib, ulardan kasalliklarga davo topishimiz mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zubturum plantago, buyrak kasalliklari, qandli diabet, jigar, dorivor zubturum, Orta Osiyo xalq tabobati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники