Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
FAXRIDDIN ROZIY SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Muzaffarov Firuz Davronovich
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Mazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Kalit so’zlar: fazl, ilm, sharaf, kitob, karomiya, mujaddid, faqih, malik muazzom, axloq, nafs Ibn Xatib ar-Ray nomi bilan mashhur Imom Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn al-Husayn ar-Roziy (hijriy 606-yilda vafot etgan) oltinchi asr o‘rtalarida fazl, ilm va sharaf uyida tug‘ildi, Jarulloh (Alloh taoloning qo‘shnisi) nomiga yetgunigacha otasi Ziyovuddin Umar Xatib ar-Rayning oldida arab tili, tafsir, hadis va fiqh ilmlari bo‘yicha keng tarqalgan kitoblarni o‘qidi, Kamol Simnoniy huzuriga jo‘nab, u yerda bir muddat ta’lim oldi. So‘ng Rayga qaytib, Majdiddin Jiliyning oldiga bordi va u yerda kalom va hikmat ilmini o‘rgandi. Ikki masjid imomining kalom ilmi haqidagi “Ash-Shomil” kitobini yod oldi va ilmda mohir bo‘ldi. Alloh taolo unga o‘z davridagi odamlardan ustun bo‘lgan ilm ato etdi va uni tengdoshlari va o‘ziga o‘xshaganlardan ustun qildi. Uning zikri tarqaldi, shon-shuhrati yoyilib, katta obro‘ga ega bo‘ldi. Xorazm, Xuroson va Movarounnahrda u va mu’taziliylar (Islomda adashgan firqalar) orasida, Hirot va Ray shaharlarida esa u va karomiya va botiniylar (aqidasi buzuq toifalar) orasida munozaralar bo‘lib o‘tgan va o‘zaro fikrlar almashishgan. U tez-tez safar qilgan, shohlar oldiga borgan, umrining boshlarida qo‘li kalta ya’ni kambag‘al edi, unda na boylik, na xotirjamlik bor edi. So‘ng Xorazmshoh Sulton Alovuddin Muhammad ibn Takshga murojaat qildi va uning qo‘llab-quvvatloviga, katta martabalarga noil bo‘ldi. O‘tmishdoshlari-miz “Faxriddin Roziy bu asrning (VI-asr) mujaddidi edi” deyishadi, shuningdek, Suyutiy o‘zining “Arjuza” asarida: “Oltinchisi-imom Faxriddin Roziy va Rofe’iy. Rofe’iy – shofeiy mazhabining faqihi edi, shuning uchun uni ko‘plab ilmlarga hissa qo‘shgan Roziy bilan solishtirib bo‘lmaydi. U juda ilmli edi - bu davrda ash’ariy larning eng ko‘zga ko‘ringan imomi bo‘lib, ularning mazhabi boshqalarnikidan ustun edi”, deydi. Imom ar-Roziy fiqh, hikmat, tafsir va adabiyotga oid ikki yuzdan ortiq asar yozgan va uning barcha kitoblari maroqli. Uning yozgan asarlari butun 89 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference mamlakat bo‘ylab tarqaldi va katta talabga ega bo‘ldi. Odamlar bu kitoblar bilan mashg‘ul bo‘lib, eski kitoblarga e’tibor bermay qo‘ydilar. Imom fiqh, kalom, hikmat va usul ilmida eski olimlardan g‘olib keldi, Shayx ar-Rais Abu Ali ibn Sinoga raddiyalar berdi va asarlaridagi xatolarini tuzatdi. U va’z qilishda zo‘r mahorat egasi edi. Ikki tilda – arab va fors tillarida va’z qilardi. Va’z qilayotganida to‘lqinlanib ketar va ko‘p yig‘lardi. Uning ma’ruzalariga Hirot shahridan mazhabboshilar kelib, bilmaganlarini so‘raganlarida u eng yaxshi javoblarni aytardi. U sababli ko‘plab karomiya mazhabidagilar va boshqa ko‘p odamlar sunniy aqidasiga qaytishdi. U Hirotda “Shayxulislom” nomini oldi va ko‘pgina bo‘htonchi karomiyalardan ustun bo‘ldi. Ular imomni katta gunohlarda ayblashar, unga nomaqbul so‘zlar bilan nisbat berishardi. Shulardan biri: “Muhammad Toziy” deb Nabiy sollallohu alayhi va sallamni nazarda tutib hamda “Muhammad Roziy” deb imomning o‘zini nazarda tutib gapirganlar. Sibt ibn Javziyning aytishicha, imom unga nisbat berilgan narsaga javob berdi: “Ar-Roziyning o‘quvchisi shayx Abdulhamid al-Xusravshohiy rohimahulloh edi. Imom Faxriddin haqida shunday deyiladi: U zotning fazilatlari, ochiq ko‘ngilligi, yaxshi muomalasi, islom diniga qayg‘urishi karomiyalarning so‘zlarini bekor qiladi, do‘stimiz al-Xusravshohiy barcha fazilat sabablarini o‘zida mujassam etgan, donishmand, dindor, dinga sodiq, solih o‘tmishdoshlar yo‘lidan yurgan solihlarning ulug‘laridandir. U zot bilan goh sharqda goh g‘arbda, goh Karkda, goh Misrda bo‘ldik. Oxirgi marta 1255\653-yilda Shomda bo‘ldik va shu yerda vafot etdilar, malik muazzom Isoning (Alloh uning ruhini muqaddas qilsin) qabri oldida Qosiunga dafn etildilar”. Allomaning tug‘ilgan yili xususida ba’zi tarixchilar hijriy 543, ba’zilari 544- yil (milodiy 1148-yil)ni ko‘rsatishadi. Imomning eng mashhur asarlari “Kitobi muhassal afkor al-mutaqaddimin val mutaaxxirin”, “Hikmat ul-ishroq”, “Asos ut- taqdis”, “Lavomi’ al-bayyinat”, “Sharh ul - kulliyyot”, “Sharh ul-ishorat”, “Mahsul” va “Mafotih ul-g‘ayb” (“At-tafsir ul-kabir” deb tanilgan) asarlaridir. Ibn Xallikon ta’kidiga ko‘ra: “U At-tafsir ul-kabir” asarida barcha tushunarsiz narsalarni to‘plab yozdi, lekin asarni oxiriga yetkazolmadi, Shayx Najmiddin Ahmad ibn Muhammad uning asarini yanada boyitdi va 1326\727-yilda vafot etdi. Undan so‘ng Shahobiddin ibn Xalil Damashqiy ham undagi kamchiliklarni to‘ldirdi va u 1241\639-yilda vafot etdi. Faxriddin Roziyning qimmatli asarlaridan biri “Nafs va ruh ilmi hamda ular kuchlarining izohi” yoki “Axloq haqida fan”, nomli asaridir. Alloma ushbu kitobida ikkita katta bob yozd
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati ochib…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati ochib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- malik muazzom, sharaf, faqih, nafs, fazl, karomiya, axloq, kitob, ilm, mujaddid
Смежные источники
The American Journal of Management and Economics InnovationsAsrakulov Abdurakhmon Sultonovich2020
Информатика и инженерные технологииBАNK INFRАTUZILMАSINING O‘RNI, Samadkulov Muhammadjon Islom o‘g‘li +22016
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011