К содержанию
РецензированоUZ2018

Oʻzbekistonda uchraydigan inula l. Turkumi turlarining tarqalishi

Qarshiboyev Zufar Zafar o‗g‗li · O‗ralov Abdumannon Iskandarovich

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2 · 15-18 · 2018

Аннотация

Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda o‗suvchi o‗simliklar tashkil etadi. Ana shunday dorivor o‗simliklarni o‗zida mujassam etgan istiqbolli vakillari (Asteraceae) murakkabguldoshlar oilasiga mansub Inula L. turkumi vakillarining O‘zbekiston hududida tarqalishi o‘rganildi. Kalit soʻzlar: Dorivor, inula, andiz, Toshkent, Samarqand, turkum. O‗zbekiston (Eron-Turon) florasi shifobaxsh o‗simliklarning xilma-xilligi bo‗yicha yer yuzidagi floristik hududlar qatorida Sharqiy Osiyo (Tibet) florasidan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi [1,2] Tabobatda ishlatiladigan dori vositalarning 70-80 % o‗simliklardan olinadi. O‗zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‗simliklarga boy hududdir. Bu hududda tabiiy 289 holda 4350 turdan ortiq yuksak gulli o‗simliklar uchraydi [3,4,5]. Shulardan 1200 ga yaqin o‗simlik turlari dorivorlik xususiyatiga ega bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi o‗simliklar dunyosining boyligidan dalolat beradi [6]. Tabiiy holda o‗suvchi dorivor o‗simliklarning xom-ashyo zahirasi chegaralangan bo‗lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‗rganish, xom-ashyo zahirasidan to‗g‗ri foydalanish va ko‗paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir [7,8]. So‗nggi yillarda dorivor o‗simliklarga talab oshib bormoqda. Ana shunday dorivor o‗simliklarni o‗zida mujassam etgan istiqbolli vakillari (Asteraceae) murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‗simlik turlaridir. Murakkabguldoshlar oilasi ikki urug‗pallali o‗simliklar ichida eng katta oilalardan sanaladi, ularning yer yuzida 1150 dan 1300 ga yaqin turkumi hamda 20000 dan ortiq turi mavjud. Ushbu oilaga mansub Inula turkumiga mansub o‗simliklarning 100 ga yaqin turlari Yevro Osiyo (Kanar orollaridan to Yaponiyagacha) hamda Afrika va Madakaskarda uchraydi, MDH davlatlari hududida esa 32 turi tarqalgan [9,10,11]. Mamlakatimiz hududida Inula turkumiga mansub turlarning quyida keltirilgan 10 turi aniqlangan jumladan: Inula helenium L.–Baland bo‗yli andiz, Inula grandis Schrenk – Sariq andiz, Inula salicina L. – Tolbarg andiz, Inula glauca C.Winkl. – Kulrang andiz, Inula caspica Blume – Kaspiy andiz, Inula britannica L.– Britaniya andizi, Inula macrolepis Bunge – Yirikbarg andiz, Inula rhizocephala Schrenk – Asosiy ildizli andiz, Inula multicaulis Fisch. & C.A.Mey. – Ko‗p poyali andiz, Inula rhizocephaliformis Kamelin & Turak. – Ildizbosh kabi andiz turkumi turlari mavjud [8,9,10, 12,13]. Inula grandis Schrenk – Sariq andiz Andijon, Farg‗ona, Toshkent viloyatining Bo‗stonliq, Parkent, Angren, Samarqand viloyatining Urgut, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‗, Dehqonobod, Qamashi, Shahrisabz, Surxondaryo viloyatining Boysun va Uzun tumanlarining mayin tuproqli tog‗ yonbag‗rlarida, tog‗larning o‗rta va pastki hududlarida yuksak o‗simliklar dominant bo‗lgan joylarda tarqalgan. Dunyo miqyosida esa O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston hududlarida uchraydi [12,13,14] Inula glauca C.Winkl. – Kulrang andiz tog‗larning o‗rta qismlaridagi qoya yoriqlarida respublikamizning Surxondaryo viloyatida tarqalgan. Umumiy tarqalish areali O‗rta Osiyo, (Pomir-Oloy) tog‗ tizmalarida uchraydi [8,9,10,12,13] Inula caspica Blume - Kaspiy andiz Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‗ona, Toshkent, Andijon va Surxondaryo viloyatlari hududida tarqalgan bo‗lib, quyoshli qirg‗oq bo‗ylarida, daryo va ko‗llar atrofida hamda kamdan kam sug‗oriladigan yerlarda, ariqlar bo‗ylarida uchraydi. Umumiy tarqalish areallari O‗rta Osiyo, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Eron, Sinszyan hududlarida tarqalgan [8,9,10,] Inula britannica L. – Britaniya andizi mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Farg‗ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan bo‗lib, o‗tloqlarda, butazorlar orasida, daryo qirg‗oq bo‗ylarida, yo‗l bo‗ylarida, aholi yashash joylarida tashlandiq joylarda o‗sadi. Umumiy tarqalish areali O‗rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Yevropa, Malayziya, Eron, Mongoliya, Xitoy, Yaponiya hududlarida keng tarqalgan [8,9,10,12,13] Inula macrolepis Bunge – Yirikbarg andiz respublikamizning Samarqand viloyatida endem tur sifatida Zarafshon daryosi qirg‗oqlarida to‗qayzorlar atrofida uchraydi [8,9,10, 12,13] Inula rhizocephala Schrenk – Asosiy ildizli andiz Toshkent, Samarqand, Andijon va Farg‗ona viloyatlari hududlarida mayin tuproqli va toshli shag‗alli tog‗larning yuqori qismlarida uchraydi. Umumiy tarqalish areallari O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston [8,9,10,12]. Inula multicaulis Fisch. & C.A.Mey. – Ko‗p poyali andiz Qoraqalpog‗iston Respublikasi (Ustyurt) hududlarida mayin tuproqli toshli joylarda tarqalgan. Umumiy tarqalish areali O‗rta Osiyo (Kaspiy oldi cho‗llari) Qizilqum cho‗llarida tarqalgan [8,9,10,14,12,]. Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda o‗suvchi o‗simliklar tashkil etadi. An

Доказательный фрагмент

«Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda o‗suvchi o‗simliklar tashkil etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda o‗suvchi o‗simliklar tashkil etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Samarqand, turkum, andiz, Dorivor, Toshkent, inula
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники