К содержанию
РецензированоUZ2022

Oʻzbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining rivojlanishi

SUB‘EKTLARINING RIVOJLANISHI · Muxtarov Botir Abdusattarovich · Murotjonova Mubina Dilshod qizi · Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti · Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2022

Аннотация

Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalari, qonunchilikda kichik biznes va tadbirkorlikda soliq tizimi, mustaqillik yillaridan bugungi kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonun hujjatlarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ajratilgan imtiyozlar, shuningdek ularning rivojlanish ko'rsatkichlari xususida so'z boradi. Kalit soʻzlar: Yangi O'zbekiston iqtisodiyoti, kichik biznes, xususiylashtirish, davlat imtiyozlari, xususiy mulkdorlar huquqlari, YaIM ko'rsatkichi, tadbirkorlik sub'ektlari, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari. Kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va shu bilan birgalikda aholi daromadlarini oshirishning muhim omili va mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi faol harakatlanuvchi kuch hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada 581 ishonchli kafolatlarni ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarini qisqartirish, byurokratik to'siq va g'ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub'ektlarining moliya-kredit va xom-ashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishni ta'minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tadbiq etish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochish chora-tadbirlari sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Shuni ta'kidlash joizki, yo'lga qo'yilgan islohotlardan asosiy maqsad respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng ko'lamda jalb etishni ta'minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirishdir. Kichik biznes va tadbirkoprlikni rivojlantirishning asosiy sabablaridan biri aholi sonini muttasil ravishda o‘sib borishidir. [5,6]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ta‘kidlaganlaridek: ―Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishni ta‘minlashdir. Biznes bilan shug‘ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo‘lishi shart. Odamlar biznes bilan shug‘ullanishdan manfaatdor bo‘lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo‘lsa – mamlakat ham boy bo‘ladi‖. [1]. Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonni prezident Shavkat Mirziyoev imzoladi. Unga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ko'zda tutilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda. Shuningdek, farmonda aytilishicha, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar bundan keyin rejadan tashqari tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi respublika hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari sonining keskin oshishiga turtki bo'ldi. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar ushbu yo‗nalishda faoliyat yurituvchi subyektlar sonining keskin oshishiga sabab bo‗lmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra, 2016 yil davomida jami ro‗yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni 16 ming 208 tani tashkil etgan bo'lib, bugungi kunda ro‗yxatga olingan kichik biznes korxonalarining 91,3 foizi samarali faoliyat ko‗rsatib kelmoqda.[3]. Respublikamiz hududida iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni, yaratilayotgan yangi ish o'rinlari bilan bir qatorda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ularning YaIM dagi o'rni tobora oshib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyib 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 38,2 foizni, 2010 yil 52,5 foizni, 2015 yil 56,5 foizni, 2016 yil 56,9 foizni tashkil etib, bu ijobiy tendensiya YaIM hajmining 2000 yilga nis

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalari, qonunchilikda kichik biznes va tadbirkorlikda soliq tizimi, mustaqillik yillaridan bugungi k…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalari, qonunchilikda kichik biznes va tadbirkorlikda soliq tizimi, mustaqillik yillaridan bugungi k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xususiylashtirish, xususiy mulkdorlar huquqlari, kichik biznes, tadbirkorlik sub'ektlari, davlat imtiyozlari, Yangi O'zbekiston iqtisodiyoti, YaIM ko'rsatkichi, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники