К содержанию
РецензированоRU2021

JAMOAT XAVFSIZLIGI KONSYePSIYaSI – MAMLAKATDA TINCh VA OSOYIShTA HAYoTNI TA’MINLASh GAROVI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Abraev Shoxrux Xolmurodovich

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2021

Аннотация

Respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlash ahvoliga bo‘lgan doimiy e’tibor ichki ishlar organlarining har bir xodimiga katta mas’uliyat yuklaѐtgani va Yangi O‘zbekistonni barpo etish davrida ichki ishlar organlari tizimida bosqichmabosqich tub islohotlar amalga oshirilaѐtgani ilmiy asoslar bilan keltirilgan. Kalit so‘zlar: Islohot, huquq, erkinlik, qonun, mas’uliyat, tizim, jinoyat, kriminogen vaziyat xodimlarni boshqarish, xodimlarni boshqarish tizimi, xodimlarni boshqarish tamoyillari, Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, ushbu farmon bilan “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi” “2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi” “2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siѐsatini belgilovchi muhim hujjat sifatida Konsepsiyada: jamoat xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tushunchalariga aniq ta’riflar; jamoat xavfsizligi jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘ѐbga chiqarilishini ta’minlaydi. jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat tomonidan jamiyatni tahdidlardan himoya qilish uchun belgilanadigan hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan siѐsiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit tizim. jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siѐsatining asosiy yo‘nalishlari; jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining asosiy tamoyillari; jamoat xavfsizligini ta’minlovchi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi sub’ektlar doirasi va ularning vazifalari; jamoat xavfsizligini ta’minlovchi sub’ektlar - Vazirlar Mahkamasi, ichki ishlar vazirligi, Milliy 49 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llabquvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari. jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi sub’ektlar - boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar. jamoat xavfsizligi konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi; jamoat xavfsizligi konsepsiyani amalga oshirishdan kutilaѐtgan natijalar belgilab berildi. “Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasi”ning o‘ziga xos, shu sohada qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan farq qiluvchi tomonlaridan yana biri hozirda jamoat xavfsizligini ta’minlashda mavjud muammolardan kelib chiqib, ularni bartaraf etish maqsadida tuzilganligida bo‘lib, Konsepsiyaning ushbu xususiyati uning real haѐtga tatbiq qilishni osonlashtiradi. Ushbu holat ayrim hollarda yuqoridagi xizmat xodimlarining hamkorlikda harakat qilishida nomutanosibliklarni, ularning harakatiga nisbatan fuqarolar tomonidan e’tiroz bildirilgan hollarda esa jamoat xavfsizligini ta’minlovchi organlar xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berishda ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Strategiyada, jamoat xavfsizligi sohasida yagona qonun hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish orqali ushbu sohaga mas’ul bo‘lgan yuqoridagi vakolatli organlarning 200 dan ortiq normativ- huquqiy va idoraviy normativ hujjat normalarini va qoidalarini birlashtirish vazifasi orqali ushbu muammoni hal qilish belgilangan. Baѐn etilganlarga qo‘shimcha qilib, Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini ijro etish doirasida, ichki ishlar organlari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashda mavjud muammolardan kelib chiqib ayrim mulohazalarimizni taklif ko‘rinishida baѐn etishni lozim topdik. Bugungi kunda patrul-post xizmati hanuz eski davrdan qolgan ish uslubi asosida xizmat qilib kelaѐtganligi ko‘pchilikning salbiy fikrlari shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, ushbu xizmat xodimlari tomonidan shubha uyg‘otgan ѐki huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ichki ishlar organlariga olib kelinishi fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash uchun mustaqil xizmatni yo‘lga qo‘yishga ehtiѐj mavjud. Bunda, jamoat joylardagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tizimni shakllantirish maqsadida, xuddi profilaktika va yo‘l-patrul inspektorlari kabi patrul-post xizmati xodim

Доказательный фрагмент

«Respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlash ahvoliga bo‘lgan doimiy e’tibor ichki ishlar organlarining har bir xodimiga katta mas’uliyat yuklaѐtgani va Yangi O‘zbekistonni barpo etish davrida ichki ishlar organlari t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlash ahvoliga bo‘lgan doimiy e’tibor ichki ishlar organlarining har bir xodimiga katta mas’uliyat yuklaѐtgani va Yangi O‘zbekistonni barpo etish davrida ichki ishlar organlari t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat, huquq, kriminogen vaziyat xodimlarni boshqarish, xodimlarni boshqarish tamoyillari, xodimlarni boshqarish tizimi, Islohot, tizim, qonun, erkinlik, mas’uliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники