Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Gidropereeterifikasiya jarayoni asosida margarin sanoati yog‘ini olib uni margarin ishlab chiqarishda qoʻllash tadqiqoti
. Уралов А.И. · Печеницын В.П. Зависимость семенной продуктивности
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2 · 17-22 · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada asosan tadqiqot natijasida olingan gidropereeterifikatning margarin uchun xom-ashyo sifatida mos keluvchi ko‘rsatkichlarini 286 aniqlangan Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki olingan yog‘ning erish harorati, qattiqligi katalizator aktivligiga, jarayon haroratiga bog‘liqligi aniqlangan. Kalit soʻzlar: gidropereetirifikat, margarine, erish harorati, katalizator, gidrogenizatsiya, tran izomerlanish. Dunyo miqyosida trans izomerlardan holi yog‘lar ishlab chiqarish uchun gidrogenlangan yog‘larni, suyuq o‘simlik yoki hayvon yog‘lari bilan kimyoviy pereeterifikasiyalash yo‘li bilan margarin xom ashyosi hisoblangan yog‘larni olish birmuncha yo‘lga qo‘yilgan. Pereeterifikasiya jarayonida asosan C H ONa, CH ONa va ishqoriy metallardan 2 5 3 foydalaniladi[1]. Yevropa davlatlarida bu turdagi yog‘larni ishlab chiqarishda fermentativ pereeterifikasiya jarayonidan ko‘proq foydalaniladi, chunki jarayon umuman bezarar bo‘lib, kimyoviy katalizatorlardan holi bo‘lgan biologik katalizatorlardan ya‘ni asiltransferaza, lipaza fermentlaridan foydalaniladi. Asosan respublikamizda trans izomerlar miqdori kam bo‘lgan salomaslar ishlab chiqarishlishi bir muncha kam va yetishmaydi desa ham bo‘ladi. Respublikada keng hajmli margarin ishlab chiqaruvchi korxonalar deyarli hammasi quyidagi pereeterifikat, salomas va sut yog‘i o‘rinbosarlarini xorijdan valyuta hisobiga olib kelishadi. Quyida: Cargill 36, Cargill 39, Efko 36, AIDA 39 yog‘lari shular jumlasidandir. Margarin ishlab chiqarish bo‘yicha respublikamizning Toshkent shahrida QK MChJ ―Milk Euro Food‖, ―GOOD FOOD GROUP‖ MChJ, ―CHROMOS PRODUCTION‖ XK korxonalarida yiliga 50000 tonnadan ortiq xorijdan valyuta hisobiga keltirilgan yog‘lar ishlatiladi.[2] Bu hajmni qisman bo‘lsada qisqartirishga biz gidropereeterifikasiya jarayonini qo‘llab, erish haroratlari margarin sanoati yog‘lariga yaqin bo‘lgan yog‘larni olish tadqiqotini taklif qildik. Tadqiqot olib borish uchun quyidagi xom ashyolardan foydalanildi: Gollandiyadan keltirilgan tarkibida 25% nikel metalini ushlagan Nisosel-820 katalizatorining bir marta ishlatilib aktivligi 30% ga tushgan katalizator; erish harorati 26OC bo‘lgan mol yog‘i; yod soni 112% bo‘lgan paxta moyi va quruq vodorod gazi olindi. Gidropereeterifikat quyidagi texnologiya asosida olindi: oldin 50:50 nisbatda paxta moyi va mol yog‘i tanlab olinib, mol yog‘i eritilgan holatda paxta moyi bilan aralashtirib hajmi 1l bo‘lgan vodorod bprbotajli konussimon avtoklavga solindi va tashqi kamerasiga nixrom tola orqali elektr toki yordamida qizdirilib aralashma harorati 1800C gacha qizdirilib, ishlab chiqqan nisosel-820 katalizatori kukun holatgacha maydalanib avtoklav mahsus joyidan berildi. Gidropereeterifikasiya uchun olingan yog‘lar aralashma og‘irligi 400 gr ga keltirilib olindi va 30% aktivlikli katalizatorni aralashma massasiga nisbatan 0,2% miqdorda hisoblab avtoklavga vodorod berishni boshladik. Ma‘lum vaqt oralig‘ida harorat oshishini kuzatdik va jarayon ekzotermik bo‘lgani uchun qizdirishni 1850C da to‘htatganimizdan keyin harorat 205oC gacha bir necha bor ko‘tarildi. Avtoklavda jarayon 1 soat olib borildi va har 20 minutda namuna olib turdik va erish harorati 36oC ga yetganda jarayonni to‘xtatdik. Olingan gidropereeterifikatni 90OC termostatli mufel isitgichida filtr qog‘oz orqali filtrlab, sovitilgan holatdagi oq rangli salomas gidropereeterifikatni oldik va uni margarin resepturasida qo‘llab margarin mahsulotida sinab ko‘rdik. Tadqiqotlarni olingan gidropereeterifikatning margarin uchun xom-ashyo sifatida mos keluvchi ko‘rsatkichlarini aniqlashdan boshladik. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki olingan yog‘ning erish harorati, qattiqligi katalizator aktivligiga, jarayon haroratiga bog‘liqligi ma‘lum bo‘ldi. Margarin emulsiyasi konsistentligi gidropereeterifikatning nisbatan pastroq haroratda to‘yintirilishini talab qilar ekan. U holda ishlatilgan katalizatorimiz aktivligi nisbatan ko‘proq bo‘lishi zarur ekan. Natijalar 1-jadvalda keltirilgan. 1- jadval Mol yogʻi va paxta moyining gidropereeterifikatlari Jarayon va mahsulot ko‘rsatkichlari Аralashma 50:50 1-namuna 2-namuna Harorat,oC 180-190 160-170 Katalizator aktivligi, 30 50 Salomas erish harorati,OC 33 36 Salomas qattiqligi, g/sm 130 160-240 287 Salomas kislota soni, mg КОН 0,5 0,3 1-jadvaldan ko‘rinadiki, 1-namunada harorat yuqori bo‘lganda katalizator miqdori 2- namuna bilan teng bo‘lsada aktivligi kam bo‘lgani uchun erish harorati va qattiqligi nisbatan kamroq bo‘lib 33 va 130 g/sm ni tashkil qildi, 2-namunada harorat bir muncha kamroq bo‘lib katalizator aktivligi 50 bo‘lganda erish harorati 360C ni tashkil qilib, qattiqligi 160-240 g/sm orasida bo‘ldi. 2-namuna ko‘rsatkichlari margarin mahsuloti talabiga javob beradi. 1-chi va 2-chi namunada olingan gidropereeterifikatlarni 82% va 72% li margarin resepturasida qo‘llab, margarin mahsulotini oldik va quyida reseptni 2-jadvalda keltiramiz. 2- jadval Margarin resepturalari Retsepturalar Margarinning komponentlari, % 1 2 3 Gidropereeterifikat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada asosan tadqiqot natijasida olingan gidropereeterifikatning margarin uchun xom-ashyo sifatida mos keluvchi ko‘rsatkichlarini 286 aniqlangan Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki olingan yog‘ning erish har…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada asosan tadqiqot natijasida olingan gidropereeterifikatning margarin uchun xom-ashyo sifatida mos keluvchi ko‘rsatkichlarini 286 aniqlangan Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki olingan yog‘ning erish har… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- katalizator, erish harorati, tran izomerlanish, margarine, gidrogenizatsiya, gidropereetirifikat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025