К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari

Абдуманнон Оралов

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 17-22 · 2026

Аннотация

Shifobaxsh o‗simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum bo‗lgan. O‗tgan asrlardan bizga shifobaxsh o‗simliklarni ta‘rifi va ularni inson salomatligini yaxshilashda qo‗llanilishiga doir ko‗pgina ilmiy asarlar yetib kelgan. 284 Kalit so‗zlar: Shifobaxsh o‗simliklar, glikozid, efir moy, flavonoid, kumarin. Hozirgi kunda respublikamizda o‗simlik dunyosini muhofaza qilish va resurslaridan oqilona foydalanishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‗nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora-tadbirlar asosida, jumladan, o‗simlik dunyosi ob‘ektlarini inventarizatsiyalash va kadastrini yuritishning yagona tizimi yaratildi, iqtisodiy ahamiyatga ega turlarning resurslari baholandi, yetishtirish usullari takomillashtirildi, ex situ va in situ sharoitlarida ko‗paytirishning usullari ishlab chiqildi. O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida «... atrof-muhit va genofondga ta‘sir etayotgan muammolarni bartaraf etish» vazifalari belgilab berilgan. Shuni ham nazarda tutmoq joizki, dorivor o‗simliklardan olinayotgan dori-darmonlar kimyoviy sun‘iy ravishda olinadigan preparatlarga nisbatan afzalligi bilan ajralib turadi. O‗simliklardan tarkib topgan dori-darmonlar deyarli asoratsiz hisoblanadi. Mamlakatimizda shifobaxsh dorivor o‗simliklar mahsulotlarini sanoat va tabobat uchun yetishtirib beradigan maxsus ixtisoslashtirilgan xo‗jaliklar yil sayin ko‗payib bormoqda. Shuningdek, respublikamizda uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o‗simliklarni o‗rganish sohasida ham olimlar ko‗pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda [1,3]. Ma‘lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% dorivor o‗simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balg‗am ko‗chiruvchi dorilarning 73%, qon to‗xtatuvchi dorilarning 60% dorivor o‗simliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida 20000 ga yaqin o‗simlik turlari o‗sadi, ularning 30% O‗zekiston florasida uchraydi. Respublikamizda ro‗yxatda o‗tgan va biokimyoviy tarkibi o‗rganilgan 600 turga yaqin yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mavjuddir. Ularning aksariyati tog‗ o‗rmonlarida tarqalgan. Ushbu dorivor o‗simliklarning 230 turining xom-ashyosi farmatsevtika sanoati ehtiyojlari uchun tayyorlanadi, ko‗pchiligi madaniylashtirilgan holda yetishtiriladi va ularning xom-ashyosi asosida 254 xilga yaqin dorivor preparatlar tayyorlanadi. Keyingi yillarda ko‗pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‗zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham farmatsevtika korxonalarning dorivor o‗simliklar xom-ashyosiga bo‗lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‗lmoqda. Shuni ta‘kidlash lozimki, tabiiy holda o‗suvchi dorivor o‗simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli kelgusida farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‗simliklar xom-ashyosiga bo‗lgan talabini qondirish, asosan, dorivor o‗simliklar yetishtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda Respublikamizda yiliga o‗rtacha 850 tonna dorivor o‗simliklar xom- ashyosi tayyorlanmoqda, uning 51 % dorivor preparatlar ishlab chiqarish uchun, 42 % oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun va 7 % texnik xom-ashyo olish uchun ishlatiladi. Dorivor o‗simliklar ta‘sir etuvchi moddalari tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli o‗simliklarga ajratiladi. Farmakologik ko‗rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og‗riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta‘sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo‗zg‗atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‗simliklar guruhlariga ajratiladi. Dorivor o‗simliklarni madaniy holda ko‗paytirish maqsadida 132,2 gektar maydonga (rejaga nisbatan 101,5 foiz) 28 turdagi (o‗tgan yilning shu 10 davrida 130 ga maydonda 25 tur) dorivor o‗simliklar ekildi. Tizimdagi o‗rmon xo‗jaliklarida rejadagi 303 tonna dorivor o‗simliklar xom ashyosi tayyorlandi. Yer yuzida dorivor o‗simliklarning 10-12 ming turi bor. 1000 dan ortiq o‗simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‗zbekistonda dorivor 285 o‗simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda [5-6]. Dorivor o‗simliklarning organizmga ta‘siri ularning tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog‗liq. Bu birikmalar o‗simlikning har xil qismlarida turli miqdorda to‗planadi. Dori tayyorlashga o‗simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig‗iladi. Masalan, po‗stloq, kurtak erta bahorda, barg o‗simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to‗la ochilganda, meva va urug‗lari pishgan

Доказательный фрагмент

«Shifobaxsh o‗simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum bo‗lgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shifobaxsh o‗simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum bo‗lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
flavonoid, glikozid, kumarin, Shifobaxsh osimliklar, efir moy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники