Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
ERTAKLARDA EZGULIKNING AZALIY AN’ANALARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Egamberdieva O'g'iloy
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ertak janri va uning xususiyati haqida fikr yuritilgan, shuningdek, ularning o`ziga xos hayot tarzi, milliy qadriyatlari, urf- odatlari kabi jihatlarga to’xtalgan. Kalit so’zlar: ertak, adabiy ertaklar, ertaklarda falsafiylik, janr xususiyatlari. Qadim-qadimdan dunyo xalqlari bir -birlari bilan o`zaro hamkor va hamnafas bo`lib hayot kechirib kelishadi. Ularning o`ziga xos hayot tarzi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari jumladan, xalq og`zaki ijodi asrlar osha o`z qadrini kelajak avlodga baholi qudrat avaylab yetkazib kelinmoqda. Dunyo adabiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan ertaklar yozma adabiyotga o`tish jarayoni, omillari va sharoiti haqida ilmiy izlanishlar olib borish adabiyotshunoslik sohasining qiziqtiruvchi masalalardan biri sanaladi. Qolaversa, ertak kitoblarning targ`ibi ayni paytda kitobxonlikning targ`ib qilinishidan ham dalolat beradi. Bosib oʼtilgan tarixiy taraqqiyotimiz davomida xalqimiz maʼrifat, maʼnaviyat va madaniyat sohalarida katta yutuqlarga erishdi. Oʼzining boy tarixiga, betakror anʼanalariga ega boʼlgan oʼzbek adabiyoti shu kunlarda dunyoga ovoza bo’lgan ulkan ma’naviy xazinalardan boʼlib bormoqda. Bunday holda hamma olimlar qatori milliy anʼanalarning, shuningdek, qadim tarixga ega boʼlgan xalq ogʼzaki ijodining ahamiyati hamda oʼrni juda ulkan. Darhaqiqat yozma adabiyotning xalq ogʼzaki ijodiga bo’lgan ahamiyati adabiyot tarixining juda muhim jihatlaridan boʼlib qolmoqda. Oʼzbek xalqining boy ogʼzaki ijodi qadimgi davrlarga borib taqaladi. “Turkiylar oʼz yozma adabiyotlarini vujudga keltirmasdan burun ma’nosi boy, shakli xilma-xil boʼlgan ogʼzaki adabiyot – qoʼshiqlar, ertaklar, dostonlar yaratgan edilar,” – degan edi Oybek. So’zsiz bu hol, Sayfi Saroyi, Аhmad Yassaviy, Lutfiy, Durbek, Аlisher Navoiy, Gulxaniy, Maxmur, Furqat, Muqimiy, singari ulug’ ijodkorlar ijodiga folklor asarlari taʼsirini yuzaga keltirdi. Аyniqsa, XX asr oʼzbek adabiyotida folklorga qiziqish, unga ijodiy yonashish adabiy ertaklarni yaratishda muhim omil bo’ldi. Shuningdek bu holat, adabiyotda boshqa janrlarning paydo bo’lishiga omil boʼldi. Yaʼni, xalq ertaklari, rivoyatlar va afsonalar negizida, shularning asosida 49 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference paydo bo’lgan adabiy ertaklar: ertak-dostonlar, ertak-sheʼrlar, yozilishida asosiy manba bo’ldi desak yanglishmagan bo’lamiz. Xalq ogʼzaki ijodi yozuvchi va shoirlarning gʼoyaviy-badiiy jihatdan oʼsishida, uslub xilma-xilligini yaratishda katta ijodiy maktab boʼlib qoldi. Yozma adabiyotda oʼz ifodasini topgan folklor qahramonlari va motivlari adib mahorati sababli qayta jilolanib, haqiqiy asar bo’lib yozma adabiyot xazinasiga aylandi. Soʼz sanʼatining bu ikki shakli oʼrtasidagi oʼzaro taʼsir tarixi eng qadimgi davrlarga, yaʼni yozma adabiyotning paydo bo’lish vaqtiga borib taqaladi. Tarixiy davrlardan har bir zamon adiblari ertak haqidagi mavzularida ijod qilib keldilar. Koʼhna Sharqda Nizomiy, Rudakiy, Fuzuliy, Аbulqosim Firdavsiy, Jomiy, Navoiy Bedil, Muqimiy, Berdaq, Gulxaniy, singari ulug’ insonlar oʼz ijodxonalarida xalq ogʼzaki ijodidan oziqlanib, ajoyib samaralarga erishdilar, oʼlmas obrazlar yaratishda folklor xazinasidan qanday taʼlim olish, nimalarni oʼrganishning ibratli tajribalarini namoyon etdilar. O’tgan asr oʼzbek adabiyotining haqiqiy haqligi va yuksak saviyasi uchun kurashgan, uning qulamas poydevorini shakllantirishda jonbozlik koʼrsatgan Аbdulla Qodiriy, Choʼlpon, Fitrat, H.H.Niyoziy xalq ogʼzaki ijodi materiallarini qayta ishlashda ibrat boʼlarli oʼziga xos maktab yaratishdi. Gʼafur Gʼulom, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Sulton Joʼra singari oʼzbek yozuvchilari bu maktab anʼanalarini oʼziga xos yoʼlda davomiy rivojlantirdi. Bugungi o’zbek adabiyotida ijod qilayotgan ijodkorlar bu an’anani davom ettirib kelyapti. Soʼz sanʼati bilan xalq ogʼzaki ijodining oʼzaro taʼsiri va munosabati xususida soʼz borganda, sanʼatkorning folklor asarlariga koʼr-koʼrona ergashmasligi, ularga taqlid qilmay, oʼz ijodiy niyati, uslubi, qarashi jihatidan yondashishi koʼzda tutiladi. Shuningdek, folklor qahramonlari asosida adabiy ertaklar va xalq og’zaki ijodiga tayanib yaratilgan asarlar xususida fikr yuritilsa, yuqoridagi ta’riflangan asarlarda, xalq ijodiga ohangdosh va yaqin bo’lgan obrazlarning tahliliga alohida ahamiyatga molik bo’ladi. “Malikayi Husnobod” ertagi ta’sirida Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni yaratilgan bo’lsa, “Semurgʼ” ertak-dostonida ijodkor aniq bir millatning ertagini asos qilib olmaydi, aksincha ertakda aqlga sig’mas qahramonliklar to’g’risida bayon qiluvchi “Kenja botir” ertagi, yaxshilik hech qachon yerda qolmaydi maqoliga javob qaytaruvchi “Semurgʼ” haqidagi Sharq xalqlari ertaklari va boshqa folklor asarlari, chunonchi, “Zevarxon” dostonining motivlaridan mohirona foydalanadi. Misol uchun, Parizodning sharti shundayki, 50 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference unda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ertak janri va uning xususiyati haqida fikr yuritilgan, shuningdek, ularning o`ziga xos hayot tarzi, milliy qadriyatlari, urf- odatlari kabi jihatlarga to’xtalgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ertak janri va uning xususiyati haqida fikr yuritilgan, shuningdek, ularning o`ziga xos hayot tarzi, milliy qadriyatlari, urf- odatlari kabi jihatlarga to’xtalgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiy ertaklar, ertak, janr xususiyatlari., ertaklarda falsafiylik
Смежные источники
Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
Лучшие интеллектуальные исследованияMuxammadjonov Asadbek Dilshodjon o‘g‘li2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021