К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O’RNI

MANAGEMENT AND ECONOMY · INVESTITSIYALARNING O’RNI · Xayitboyev Behzod Xamidulla o’g’li

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This article analyzes the importance of foreign investment and their role in the development of national economy and is analyzed based on statistical data. The article also outlines the steps to be taken to facilitate the attraction of foreign investments into the national economy. Key Words: Investment, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment, investor, capital exports, charter capital, dividend, entrepreneurship benefits, export, import. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy o’sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga jalb etilayotgan investitsiya mablag’larining hajmi va tarkibiga bog’liq. Shunday ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishi milliy iqtisodiyotga investitsiya mablag’larini jalb etishning jozibador muhitini shakllantirishga qaratilishi muqarrardir. 81 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, jahonda investitsiyalar uchun qat’iy raqobatli kurash izchil davom etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita chet el investitsiyalarining jalb qilinishini ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, chet el investitsiyalari uchun barcha qulayliklarni yaratish siyosatini o’tkazish, mablag’larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq yo’nalishlarda mujassam qilish respublikamizda olib borilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy- texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi. 82 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Mamkalatlarning iqtisodiy salohiyatiga baho berishda eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YAIMi hajmi joriy narxlarda 1 066 569,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 6 %ga o‘sdi. Investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulot bilan to‘g‘ri bog‘liqlikda ekanligini inobatga olsak, iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining oshishi YaIM hajmining oshishiga va aksincha kamayishi kamayishiga olib keladi. Investitsiyalar dinamikasidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, yalpi ichki mahsulot tarkibida asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushini 1-jadval ma’lumotlarini tahlil qilish orqali yana ham aniqroq tushunishimiz mumkin. 1-jadval Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan YaIM tarkibada asosiy kapitalga Yillar investitsiyalar hajmi o‘zlashtirilgan investitsiyalarning (trln.so‘m) ulushi (foizda) 2019 195,9 36,80% 2020 210,2 34,70% 2021 239,6 32,50% 2022 226,6 23,30% 2023 352,1 33% 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 352,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 122,1 %ni tashkil etgan. Jumladan, YAIM tarkibida asosiy kapitalga o‘zlashtirilga

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the importance of foreign investment and their role in the development of national economy and is analyzed based on statistical data.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the importance of foreign investment and their role in the development of national economy and is analyzed based on statistical data. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Investment, foreign investment, direct foreign investment, ustav kapital, import., eksport, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya, xorijiy investitsiya, kapital eksporti, investor, dividend, portfel investitsiya, tadbirkorlik foydasi, Investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники