К содержанию
РецензированоUZ2026

MINTAQA TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARADORLIGI MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

MANAGEMENT AND ECONOMY · MINTAQA TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI · SAMARADORLIGI MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH · Наргиза Эшқобилова

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirish mexanizmlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda transport-logistika tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o‘rganish zarurligi hamda bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ta’sir etuvchi omillar, ortib-tushurish, samaradorlik, baholash, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm,mintaqa. Iste’mol va ishlab chiqarishning muayyan o’zgarishlarga uchrab, kishilarda transport-logistika xizmatlaridan foydalanish talabi oshayotgan bir vaqtda bunday turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchilarni faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat qilish, muammolarni bartaraf qilish va rag‘batlantirish kabi masalalar ham yuzaga chiqa boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida davlat darajasida mazkur subyektlarning faoliyatini tartibga solishda zaruriy mexanizm bo‘lishini va u doimiy asosda takomillashtirilib turilishini talab etadi. Mazkur ishda ana shu mexanizmning zarurati, tuzilishi va takomillashtirilishi haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Respublikasida transport va logistika sohasidagi masalalarni muvofiqlashtiruvchi bir nechta tashkilotlar bor. Bunday tashkilotlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi, mazkur vazirlik qoshidagi, qo‘mita, agentlik, markazlar hamda boshqarmalarni, Davlat Soliq va Bojxona Qo‘mitalari, davlat xizmatlari agentligi va ularning quyi tashkilotlari va joylardagi bo‘linmalari kiradi. Transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar sifatida “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ, “O‘ztemiryo‘lkonteyner”AJ, logistik markazlar, ekspeditorlik firmalari, xususiy tadbirkorlar, terminallar, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni o‘zi yetkazib beruvchi korxonalarni ko’rish mumkin. Bu korxonalarning mulkchilik 86 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference shakli xar xil. Ular joylashgan hududlardagi mavjud infratuzilmaga qarab u yoki bu transport turidan kengroq foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi dunyo okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmagan 29 ta davlatdan biri hisoblanadi. Shu bilan birga aynan O‘zbekiston va Lixtenshteyn ikki karra dunyo okeaniga chiqishda chegaralangan 2 davlat hisoblanadi . Bu esa o‘z navbatida tashqi savdo munosabatlarida transport xizmatlarining yuqori narx va ko‘p vaqt evaziga amalga oshirilishini izohlaydi. Bu borada samarali mexanizmga zarurat katta. Tadqiqot jarayonida mintaqada transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirish mexanizmlariga ta’sir etuvchi omillarning tavsifiy asoslari va rivojlanish masalalari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya hamda abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan Mexanizm atamasi faqat iqtisodiyotga tegishli bo‘lmagan umumiy atama hisoblanadi. U iqtisodiyotga Leo Gurvits tomonidan kiritilgan bo‘lib, iqtisodiy mexanizm nazariyasining asosi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik Erik Maskin mexanizmlarning dizayni, xususiyatlari va kriteriyalarini ishlab chiqdi. Rodjer Mayersen esa asosiy nazariy postulatlarni qo‘llab nazariyani amaliyotga ko‘chirishga xizmat qildi. Gurvisning fikricha mexanizm subyekt va markaz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, u uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda har bir subyekt markazga xabar yuboradi. Ikkinchi bosqichda markaz olingan xabarlar asosida natijani hisoblaydi. Uchinchi bosqichda esa markaz natijani e’lon qiladi va zaruratga ko‘ra amaliyotga joriy qiladi. A.N. Bichkova mexanizmga obyektni harakatga keltiruvchi o‘zaro bog‘liq elementlar to‘plami deb ta’rif bergan. Bunda ham mexanizm elementlardan iborat bir to‘plam sifatida qaralgan. “Iqtisodiy mexanizm” atamasi “mexanizm” atamasiga nisbatan yosh bo‘lib, unga nisbatan keng ta’rifni A.Kulman bergan. Uning fikricha iqtisodiy mexanizmni umumiy ko‘rinishda turli iqtisodiyodisalar o‘rtasida tabiiy ravishda paydo bo‘ladigan zaruriy o‘zaro bog‘liqlik deb tushunish kerak. Kulman turli iqtisodiy mexanizmlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning asosida iqtisodiy tahlil yotishi kerakligini ta’kidlagan. Iqtisodiy mexanizmlar qonunlar doirasida harakat qiladi. Zamonaviy iqtisodiy atamalar lug‘atida “Iqtisodiy mexanizm –iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularni tartibga soluvchi vositalar va metodlar majmuasidir” deb ta’rif berilgan. Yuqoridagi ta’rflardan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni beramiz: 87 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Iqtisodiy mexanizm bu iqtisodiyotdagi u yoki bu jarayonlarni harakatga keltiruvchi va ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq elementlaran iborat murakkab tizimdir. Endi tashkiliy-iqtisodiy m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirish mexanizmlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirish mexanizmlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport-logistika, yuklar, ta’sir etuvchi omillar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, ortib-tushurish, samaradorlik, baholash, mintaqa.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти