К содержанию
РецензированоUZ2026

Dorivor limonot – melissa officinalis l.ning dorivorlik xususiyati

Одина Хайруллаева · Абдуманнон Оралов

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 17-22 · 2026

Аннотация

Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efirmoyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin, glikozid va boshqalar), 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‗ida 20-27% yog‗ bor. Limon o‗tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ulami sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial ,neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan. Kalit so‗zlar: Dorivor limono‗t, kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex. O‗simlikni tarqalishi O‗rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‗li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o‗sadi. O‗zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.[3] Dorivor limono‗t - Melissa Officinalis L. Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‗p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o‗t o‗simlik. Poyasi bitta yoki ko‗p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o‗tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‗lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‗rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gulbandi bilan barg qo‗ltig‗iga joylashib, to‗p gulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta yong‗oqcha. Iyun gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Dorivor limonot o‗simligini O‗zbekistoning barcha tuproq-iqlim sharoitda ekib o‗stirish mumkin. O‗simlikdan yuqori hosil olish uchun unga sho‗rlanmagan, mexanik tarkibi o‗rtacha, unumdor, dukkakli va g‘allasimon ekinlardadan bo‗shagan yerlarni tanlash tavsiya etiladi. Dorivor limono‗tni bir dalada 5 yilgacha saqlab hosil olish mumkin.[4-5] Tibbiyotda Limono‗t xalq orasida hozirgi kunda yer ustki qismi (ba‘zan bargining) damlamasi ovqat hazmini yaxshilash maqsadida keng foydaliniladi. Bundan tashqari kam qonlik, asab va yurak kasalliklarini davolash uchun, og‘riq qoldiruvchu, surgi sifatida qo‗laniladi. Limono‗t dorivor preparatlari Ibn Sino aytishicha yurakni mustahkamlaydi va unga yordam beradi, shuningdek, traxoma, xiqichoq tutish, og‗izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklarni davolaydi.[2] Xalq tabobatida limono‗t bilan nevroz, bronxial astma, ayollarni toksikoz, klimaks, yurak urishini buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi va qorin ichak az‘olarida sanchiq bo‗lganda, buyrak xastaliklarida, yurak faoliyatini yaxshilashda, miyaga quvvat berishda foydaliniladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Axmedov O‗, Ergashev A, Abzalov A, Yo‗lchiyeva M, Mustafakulov D. ―Dorivor o‗simliklarni yetishtirish texnologiyasi‖ Toshkent-2020.126-127 bet 2. Berdiyev.E.T, Hakimova M.X, Maxmudova G.B, O‗rmon dorivor o‗simliklari Toshkent – 2016. 218-219 betlar 3. Jo‗rayeva M.A, ―Dorivor o‗simliklar atlasi‖ Toshkent nashri 2019. 111 bet 4. Уралов А.И., Печеницын В.П. Зависимость семенной продуктивности луковичных видов Allium L. от количества листьев на генеративном побеге. Доклады АН РУз. 2015. 74-77 с. 5. ―So‗g‘diyona‖ gazetasi. OLTIN ILDIZ – ZOLOTOY KOREN RHODIOLA ROSEA Nuriddinov Javlonbek Shodibek o‘g‘li O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filliali ―Biotexnologiya‖ yoʻnalishi talabasi Murodova Sayyora Sabirovna 282

Доказательный фрагмент

«Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efirmoyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin, glikozid va boshqalar), 5-1…»

Образец извлечения

Демо-превью

Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efirmoyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin, glikozid va boshqalar), 5-1… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protokatex, kofe, ferul, rozmarin, xlorogen, Dorivor limonot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники