К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSIYA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Karimova Muxtabar Adhamovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik va pedagogik tavsiyalar berilgan. Shuningdek ona tili darslari orqali o’quvchilar tarbiyasini ijobiy tarafga yo’naltirish mumkinligi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: ona tili va adabiyot, innovatsiya, texnologiya, metodika, axborot, multimedia. Hozirgi kunda zamonamizni axborot kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur qilish mushkul. Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to” liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:  ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;  o‘quvchini izlanishga undaydi;  o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;  o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;  mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;  ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni  o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi; Shuning bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchiyoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, shu orqali jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga erishish mumkin. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib 49 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fani mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjomsarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim. O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi uch yo‘nalishda olib borgan ma’qul:  O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar.  O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish.  O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish. Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi; “Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikrmulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim. Donishmandlarimiz aytganidek: “O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir”. O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota- onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini 50 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference mustaqil bildira olish, og‘zaki va yozma nutq hamda savodxonlikni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ona tili darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik va pedagogik tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ona tili darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik va pedagogik tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodika, innovatsiya, multimedia., axborot, texnologiya, ona tili va adabiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники