Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDA TILNING TA’RIFLARI
TILSHUNOSLIKDA TILNING TA’RIFLARI · Juletta Elmurodovna Ro’ziyeva
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunoslikda tilga qanday ta’riflar berilgani va tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: lingvistik, lisoniy, antinomiya, ergon, substansiya, sinxron, diaxron, kommunikativ . Tilshunoslik fanining tadqiqot obyekta bo’lgan til jamiyat maxsuli, jamiyat quroli sifatida o’z ta’rifiga, tavsifiga, mantiqiy izohiga ega. Bu - tabiiy. Chunki ta’riflanishi zarur bo’lgan ushbu ijtimoiy hodisa taraqqiyot mezoni, xayot ko’zgusi sifatida, millat ruhiyu tarix tarjimoni sifatida jamiyatga xizmat qilib kelmoqda. Demak, jamiyat va til tushunchalari o’zaro ajralmas-dialektik bog’lik bo’lib, ular mantiqan biri ikkinchisini to’ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo’lmaydi, biri ikkinchisiga faol xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, jamiyatning mavjudligi tilning mavjudligini, tilning mavjudligi esa jamiyatning mavjudligini talab kiladi. Shunga ko’ra jamiyat tushunchasi qay darajada o’z ta’rifiga ega bo’lsa, til tushunchasi ham shu darajada o’z ta’rifiga, tavsifiga egadir.Xulosa shuki, tilshunoslik fanining muhim, dolzarb muammolari qatorida tilning ta’rifi masalasining bo’lishi xam zaruriydir, tabiiydir. Qolaversa, til ko’p qirrali murakkab hodisa sifatida boshqa ijtimoiy (masalan, tarix, falsafa, psixologiya kabi) va tabiiy fanlar tomonidan ham o’rganiladi, tavsiflanadi. Bundan esa mantiqiy ravishda tilning ta’rifi masalasi murakkab masalalardan biri ekanligi tushunchasi kelib chiqadi.Tilshunoslik tarixida ham, hozirda xam tilning ta’rifi masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan va qaratilmoqda. Tilshunoslik tarixida tilning ta’rifi masalasi qanday xal qilingan, uning mohiyatini ochish uchun qanday ta’riflar berilgan? Ma’lumki, tilshunoslik tarixida qator lisoniy (lingvistik) maktablar, oqimlar, yo’nalishlar bo’lib, bular ichida, ayniqsa, xind, yunon va arab tilshunoslik maktablari alohida o’rin egallaydi. Arab tilshunoslik maktabining til masalalaridagi ulkan xizmatlari dunyo tilshunosligida tan olingan bo’lib, bunda, ma’lumki, O’rta Osiyolik allomalarning kelib chiqishi eroniy xalqlardan bo’lgan Xalil ibn Axmad, Sibavayx Albasriy, turkiylardan Maxmud Koshgariy, Maxmud-az Zamaxshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning xizmatlari aloxida yuksak qadrlanib, e’tirof etiladi. 52 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Jumladan, til masalalariga jiddiy e’tibor bergan buyuk allomalardan biri Alisher Navoiy xazratlari tilning kishilar orasidagi aloqa ehtiyoji natijasida paydo bo’lganini, so’zlash qobiliyati insonga Alloh tomonidan berilgani, ammo so’zlarni insonning o’zi yaratgani, nutqning quroli til ekanligini alohida qayd etadi. Qiyoslang: «Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zoxir bo’lsa, tilning ofatidur»[1,94].Demak, Navoiy tilning jamiyatda- kishilar o’rtasida aloqa quroli sifatida xizmat qilishi g’oyasini ilgari suradi. Binobarin, til aloqa qurolidir, til (so’z) jamiyat maxsulidir, degan fikrlar-ta’rif, tavsiflar qadim-qadim davrlarning mahsuli sifatida hozirda ham amaldadir.Umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi, til ilmining buyuk bilimdoni yevropalik Vilgelm von Gumboldt til masalalariga - tilning ta’rifi muammosiga aloxida jiddiy ahamiyat bergan. Aniqrog’i, V.von Gumboldt tilning mohiyatini ochishda, unga asosli ilmiy ta’rif berishda antinomiya metodi (usuli)dan foydalanadi. U antinomiya usuli orqali tilning moxiyatini, tabiatini ilmiy yoritib berishga xarakat qiladi va bu jarayonda til sistemasiga nisbatan bir qator antinomiyalarni qo’llaydi. Til - faoliyat, xarakat, o’zgarish, o’zgaruvchanlik. Ayni vaqtda til faoliyat maxsuli, turg’un, barkaror, bunyod etilgan o’zgarmaslikdir. Demak, til bir vaqtning o’zida ham faoliyat, jarayon, ham faoliyat maxsuli sifatida mavjuddir. Aslida esa- deydi V.Gumbold«Til faoliyat maxsuli (ergon) emas, balki faoliyatdir (energiya)»[2,73]. Demak, til faoliyat maxsuli sifatida diaxron (tarixiy) tushuncha bo’lsa, til faoliyat sifatida sinxron (zamonaviy) tushunchadir. Anig’i, til faoliyat sifatida nutqdir, nutq faoliyatidir, nutq jarayonida voqelanishdir.Til faoliyat maxsuli sifatida qayerlar dan qayerlarga o’tib boruvchi, jamiyat taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlovchi taraqqiyot mezonidir, muayyan tarixiy norma (meyor)dir. Tilshunoslik tarixida Vilgelem von Gumboldt, Ivan Boduen de Kurtenelar bilan bir qatorda turuvchi ulkan tilshunoslardan yana biri shveytsariyalik fransuz Ferdinand de Sossyurdir. U ham til ta’rifi masalasiga aloxida e’tibor bergan: 1. F.de Sossyur ta’rificha tilshunoslik fanining yagona va haqiqiy predmet til bo’lib, u aloqa quroli vazifasini bajardi. 2. F.de Sossyur til mohiyat (substansiya) emas, balki shakldir (formadir), degan o’ziga xos ta’rifni o’rtaga tashlaydi. Bu bilan u tilni mazmun, moxiyat (substansiya) bilan qorishtirmaslik, undan farqlash lozimligini, til u yoki bu mazmunni (fikrni) ifodalash shakli (formasi), vositasi ekanligini nazarda tu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunoslikda tilga qanday ta’riflar berilgani va tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunoslikda tilga qanday ta’riflar berilgani va tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ergon, substansiya, lingvistik, sinxron, kommunikativ ., lisoniy, antinomiya, diaxron
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025