Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI BEVOSITA AMALGA OSHIRUVCHI ORGANLAR VA MUASSSALAR HAMKORLIGI BO‘YICHA ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI
Narziev Shaxzod Zoirovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV · Azimxo‘jaev Xayrullaxo‘ja Sadulla o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Huquqbuzarliklarning oldini olish strategiyasini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi muassasalar. Unda ushbu subyektlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati muhokama qilinadi va hamkorlik ayniqsa muhim bo'lgan ba'zi asosiy yo'nalishlarga e'tibor qaratiladi. Maqolada, shuningdek, bir nechta agentlik va muassasalar o‘rtasida sa'y- harakatlarni muvofiqlashtirishga urinishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba'zi qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: huquqbuzarliklarning oldini olish, hamkorlik, idoralar, muassasalar, hamkorlik, muammolar. Har bir davlat bor ekanki, o‘z huquq tizimi va qonunlari mavjud. Barcha fuqarolar belgilangan qonunlarga birdek amal qilishi va boshqalarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim. Bu davlatning rivoji va tinchligi uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Qonundan chetga chiqish esa huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar sodir etilgan huquqbuzarlikka qarshi kurashishadi: aybdorni topishadi, so‘roq qilishadi, sabablarni aniqlashadi va hokazo. Buning uchun ko‘p mablag' va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Shu sabab, huquqbuzarlik sodir bo‘lishidan avval uni oldini olgan ma'qul. Bunday holatda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasi bizga yordamga keladi.Xo‘sh huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘zi nima degani?. Bunda profilaktika so‘ziga e'tibor berish lozim. Profilaktika so‘zi lotincha so‘z bo‘lib ma'nosi "oldini oluvchi", "saqlovchi" degan ma'nolarni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi deganda, huquqbuzarliklarni oldini olish tushuniladi. Yanada aniq huquqiy javob "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasida keltirib o'tilgan: "Huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora- tadbirlari tizimi".Huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy asosi haqida. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng huquqbuzarliklar sohasini amalga oshirishga oid, yanada takomillashtirishga oid juda ko‘plab qonun va qarorlar qabul qilingan. Ammo, 2014-yil 14- mayda qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun bu sohada haqiqiy tub burilish bo‘lib xizmat qildi. Chunki, shu sanaga qadar huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasini tartibga soluvchi yagona rahbariy qonun hujjati yo‘q edi. Bu qonunda ilk bora huquqbuzarliklar profilaktikasi nima ekanligi, uning prinsiplari, turlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tilgan. 83 Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; - jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; - huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart- sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish; - huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; - jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish; - huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish. Huquqbuzarliklarning samarali oldini olish uchun huquqni muhofaza qilish organlari, ijtimoiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va jamoatchilik guruhlari kabi keng doiradagi idora va muassasalar hamkorligi talab etiladi. Bu tashkilotlar jinoyatchilikning oldini olish va jamiyatlarimizda xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, ularning sa'y- harakatlarini muvofiqlashtirish qiyin bo'lishi mumkin, chunki har bir agentlikning o‘z ustuvorliklari, maqsadlari va usullari bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada biz huquqbuzarliklarning oldini olish strategiyasini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa organlar o‘rtasidagi hamkorlik Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyat qurboni bo‘lgan yoki jinoiy faoliyatning guvohi bo'lgan shaxslar uchun ko'pincha birinchi murojaat nuqtasi hisoblanadi. Biroq, ular yolg'iz o‘zi jinoyatning oldini olmaydi. Ijtimoiy xizmatlar va sog‘liqni saqlash tashkilotlari kabi boshqa idoralar bilan hamkorlik jinoyatchilikning asosiy sabablarini bartaraf etishda m
Доказательный фрагмент
«Huquqbuzarliklarning oldini olish strategiyasini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi muassasalar.»
Образец извлечения
Демо-превьюHuquqbuzarliklarning oldini olish strategiyasini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi muassasalar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Jinoyatdan xoli mahalla” singari konsepsiyalar ., “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz xonadon”, idoralar, Jinoyat, “Xavfsiz shahar”, huquqbuzarliklar, “Xavfsiz hudud”, huquq-tartibot
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025