Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMI MARKETING VA MOHIYATI
Mannonov Yusup Otaxonovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
In the conditions of the market economy, marketing activity has penetrated into all spheres. Especially the educational system marketing makes a great contribution to the development of the economy today. The article covers the concept of marketing, the history of its development, its implementation, the experts-scientists who laid the foundation for its preservation as a science, the functions and principles of marketing in the educational system. Keywords: Marketing, "Product Marketing", "Marketing Methods", National Advertising Association, Educational Marketing. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik va istiqlolga erishgach mamlakatimizda halq xo‘jaligining barcha sohalarida muhim va katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa xalq ta’limi, madaniyat, maorif, fan va san’at sohasida samarali ishlar amalga oshirildi. Ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy 5 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference dasturi»ning qabul qilinishi va amalga tadbiq etilishi O‘zbekistonning buyuk dasturi bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti sharoyitida sohalarga yangi yo‘nalishlar,yangi atamalar kirib keldi. Ayniqsa marketing bugungi kunning asosiy faoliyat turiga aylandi. Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- tashkilotning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir Marketing bugunda bozorga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati va fikrlash uslubi bo‘lib, o‘zining ijodiy yo‘nalganligi va agressiv xarakteri bilan farqlanadi. Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati va biznesda asosiy e’tibor iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat. Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan shior bu falsafaning negizidir. Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan bozorni har tomonlama o‘rganish, iste’molchilar ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab chiqarishni yo‘naltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir ko‘rsatishdir. Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi. 1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari orqali bozorlar o‘rganila boshlandi. Firmalarda biznes faoliyatini o‘rganish uchun bozorni o‘rganish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilina boshlandi. 1926-yilda AQShda Marketing va Reklama Milliy Assotsiatsiyasi tashkil qilinib, keyinchalik Amerika Marketing jamiyatiga aylantirildi. 1973-yilda bu jamiyat Amerika Marketing Assotsiatsiyasi mavqeyiga ega bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi og‘ir sanoat rivojlanishiga va sanoat tarmoqlarini boshqarishga bo‘lgan yangicha yondashuvni talab etdi. Ommaviy ishlab chiqarishning o‘sishi, sotib olish qobiliyatining pastligi bozorlarda sotuv siyosatining ishlab chiqilishini va marketing sohasida tajribaning ortishiga olib keldi. 1948-yildan esa marketing turli xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilib, ishlab chiqarishdan to iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonda tovarlar oqimi va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ishlatildi. 6 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 1960-yilda Djer Makkarti tomonidan marketingning tub mohiyatini ochib beruvchi “4P” modeli ishlab chiqildi. Bu modelda marketingning asosiy 4 elementlari tovar (product), narx (price), sotuv (place), reklama rag‘batlantirish (promotion) o‘z aksini topgan. Bu model marketing sohasidagi nazariy izlanishlarga asos soldi.Turli mamlakatlarda marketing assotsiatsiyalari va institutlari tashkil qilinib, bozor va marketing izlanishlari olib borila boshlandi. 1965-yilda ingliz Marketing instituti tomonidan marketingga quyidagi tarif berildi. Marketing – amaliy faoliyat bo‘lib, boshqaruv funksiyalari tizimi hisoblanadi, uning yordamida iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati o‘rganilishi natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish orqali foyda olish jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan tan olindi va amaliy jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni boshqarish olib borildi. 1966-yildan to hozirga qadar marketingning juda ko‘p tariflari yaratildi. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 2000 dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la – to‘kis ochib bergan. Marketing bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyat
Доказательный фрагмент
«In the conditions of the market economy, marketing activity has penetrated into all spheres.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the conditions of the market economy, marketing activity has penetrated into all spheres. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Marketing, "Product Marketing", "Marketing Methods", “Marketing usullari”, Ta’lim marketingi., “Tovarlar marketing”, Reklama Milliy Assotsiatsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014