К содержанию
РецензированоUZ2017

Kovrak plantatsiyalarini tashkil etishda biotexnologik istiqbollar

Малохат Нематова · Сайёра Муродова · Хилола Ражаббоева

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 11 · 17-22 · 2017

Аннотация

Respublikamiz shifobaxsh o‗simlikdan oqilona foydalanish va tabiiy zahiralarning kamayib ketishining oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklar yetishtiriladigan maydonlari tobora kengayib bormoqda. Ushbu maqolada, Ferula L. turkumi vakillaridan tayyorlanadigan dori preparatlari, kovrak plantatsiyalarining samaradorligini oshirishda in vitro usuli hamda bioo‗g‗itlardan foydalanishning afzalliklari bayon etilgan. Kalit so‗zlar: Ferula kuhistanica, Ferula tadshikorum, Ferula foetida, rhizosfera, rhizobakteriya, in vitro, ―Kavrak‖, ―Ferulen‖, ―Galbanium‖. Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning aprel oyida 80 ta tumanni dorivor o‗simliklarni yetishtirishga moslashtirib, 7,5 ming gektarda plantatsiyalar tashkil etish (hozirda 600 gektar) vazifasini belgilab berdi. Shifobaxsh kovrak shunday o‗simliklar sirasiga kirib, turkum vakillaridan ―Panaferol‖, ―Kufestrol‖, ―Tefestrol‖, ―Ferulen‖ dori preparatlari yaratilgan. Ferula gummoza dan ―Galbanium‖ efir moylari, Ferula assa foetida esa ―Ferula‖ tabletkalari, ―Kavrak‖ va boshqa preparatlari ishlab chiqarilgan bo‗lib, turli maqsadlarda foydalaniladi.[5,6] Bugungi kunda uning urug‗i va 3 yillik ko‗chatlaridan plantatsiyalar tashkil etilmoqda. 2021-yil noyabr, dekabr oylarida 1kg Kuhiston kovragining urug‗i o‗rtacha 700 - 800 ming so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 1 dona 3 yillik ko‗chatining narxi 3000 so‗m. O‗zbekistonda asosan, kovrakning bu turlari smolasi uchun yetishtirilmoqda. 1 kg smolasi o‗rtacha 250$ AQSH valyutasida horijga eksport qilinmoqda. Bir tup kovrakning smola berishi uchun o‗rtacha 5 yil muddat talab etiladi. Kovrak urug‗larining tabiiy sharoitda o‗rtacha unuvchanligi Ferula kuhistanica da 40% , Ferula tadshikorum da 65%, Ferula foetida da 55% bo‗lib, yillar davomida saqlanib qolish foizining kamayib borishi olimlarimiz tomonidan o‗rganilgan.[1,2] Shunday bo‗lsada, ilmiy adabiyotlarda bu o‗simliklarning unuvchanligini oshirish va erta hosilga kirishi uchun zarur agrotexnik tadbirlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yetarli emas. Dunyo amaliyotida dorivor, ko‗payishi qiyin bo‗lgan o‗simliklarni in vitro usulida yetishtirish va rhizobakteriyalar asosida tayyorlangan biopreparatlardan foydalanish keng qo‗llanilib, bu metodlar kovrak plantatsiyalarining samaradorligini oshirish, o‗simliklarning unuvchanligi va yashovchanligini oshirish, kam muddatda smola olish kabi muammolarning yechimi bo‗lishi mumkin.[7] Quyida bu metodlarning afzallik jihatlarini keltirib o‗tamiz. In vitro sharoitida yetishtirilganda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin: - genetik bir xil ekish materiallar olish; - meristema kulturasidan foydalanishi orqali o‗smliklarni virusdan holi qilish; - ko‗paytirishning yuqori koeffitsenti (105-106–o‗tli, gulli o‗simliklar uchun, 104–105– butasimon daraxtlar uchun, ninabarglilar uchun 104); - selektsion jarayonni davomiyligini qisqarishi; - o‗simliklarni yuvenil fazadan reproduktiv fazaga o‗tishni tezlashishi; - an‘anaviy usullar bilan ko‗payishi qiyin bo‗lgan o‗simliklarni ko‗paytirish mumkinligi; - butun yil mobaynida ish olib borishi mumkinligi, ekish materiallari o‗stirish uchun maydonlarning tejamliligi. - o‗stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati[3]. Bioo‗g‗itlarning foydali jihatlari quyidagilardan iborat: - Ekinlar hosildorligining o‗rtacha 20-37 foizga oshiradi; - Tuproq tuzilishini yaxshilaydi; - Mikrobial o‗g‗itlardan foydalanish tuproq zarrachalarining to‗planishiga ta‘sir qilish orqali tuproq tuzilishini yaxshilaydi; - Barglarning suv va turgor salohiyatini yaxshilaydi; - Ildiz uzunligi va rivojlanishini oshiradi; - ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga erishiladi; - qurg‗oqchilik va ba‘zi tuproq kasalliklaridan himoya qilishni ta‗minlaydi - tuproqni tabiiy o‗sish gormonlari, oqsillar, vitaminlar va minerallar bilan ta‘minlaydi; - tuproq orqali yuqadigan patogenlarning tarqalishini oldini oladi[8]. 279 Xulosa qilib aytganda, kovrak urug‗larning unuvchanligini yuqori emasligi, ko‗chatlarning yillar davomida saqlanib qolish ko‗rsatkichlari kamayib borishi, smola ajralishi uchun 5 yil muddat talab etilishi plantatsiyalar tashkil etishdagi muammolardan hisoblanadi. In vitro sharoitida o‗stirish va bioo‗g‗itlardan foydalanish ekin maydonlaridan samarali foydalanishga, o‗simlik unumdorligini oshirishga, smola ajralishi unumdorligini yuqori bo‗lishiga hamda mahsulotni olish uchun talab qilinadigan vaqt va mablag‗larning tejab qolinishiga sabab bo‗lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Avalboyev O.N. ―G‗arbiy Pomir – Oloy tizmasi Ferula L. turlarining bioekologiyasi va ulardan oqilona foydalanish usullarini takomillashtirish‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Samarqand – 2022; 2. Xalquziyeva M.A. ―Smola saqlovchi Ferula tadshikorum Pimenov va Ferula foetida (Bunge) Regel larning biomorfologik xususiyatlari va ulardan O‗zbekistonda plantatsiyalar tashkil etish istiqbollari‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori (PhD) ilm

Доказательный фрагмент

«Respublikamiz shifobaxsh o‗simlikdan oqilona foydalanish va tabiiy zahiralarning kamayib ketishining oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklar yetishtiriladigan maydonlari tobora kengayib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikamiz shifobaxsh o‗simlikdan oqilona foydalanish va tabiiy zahiralarning kamayib ketishining oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklar yetishtiriladigan maydonlari tobora kengayib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ferula kuhistanica, rhizosfera, in vitro, Ferulen, Galbanium, rhizobakteriya, Ferula tadshikorum, Ferula foetida, Kavrak
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники