К содержанию
РецензированоRU2001

Nаrshаxiyning ―buxoro tаrixi аsаridаgi аfsonа vа rivoyatlаr

Kuchkarov Tuxtamurod Olimovich

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2001

Аннотация

Maqolada Аbu Bakr ibn Jaʼfar Narshaxiyning X asrda yaratilgan ―Buxoro tarixi‖ nomli asari folklorshunoslik uchun qimmatli manba hisoblanishi, epik syujet va ularning tarkibidagi anʼanaviy motivlarning shakllanish tarixi hamda tadrijiy rivojiga doir ilmiy xulosalar chiqarish, o‗sha davrda xalq orasida keng tarqalgan ko‗plab afsona va rivoyatlarni naql qilganligi haqida so‗z boradi. Tayanch so‗z va iboralar: folklor, epik syujet, rivoyat, afsona, Romitan, Romush, Siyovush jangi, Darvozai g‗o‗riyon, qaz. O‗zbek xalq nasri janrlar tarkibining tarixiy taraqqiyoti va epik syujetlar evolyutsiyasini o‗rganishda mamlakatimizda o‗rta asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar, shu jumladan, ilmiy, maʼrifiy, tarixiy, jo‗g‗rofiy, didaktik adabiyotlarda keltirilgan folklor materiallar muhim manba bo‗la oladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Аbu Bakr Narshaxiyning ―Buxoro tarixi‖, Аbu Rayhon Beruniyning ―Osor ul-boqiya‖, ―Hindiston‖, Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit turk‖, Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖, Аlisher Navoiyning ―Tarixi anbiyo va hukamo‖, ―Tarixi muluki Аjam‖, Аbu Tohirxo‗janing ―Samariya‖, Hofiz Tanish Buxoriyning ―Аbdullanoma‖, Аbulg‗ozi Bahodirxonning ―Shajarai turk‖, ―Shajarai tarokima‖ asarida uchraydigan folklor namunalari, mifologik obrazlar, marosim va urf-odatlarga oid qaydlar, ayniqsa, afsona, rivoyat, naql tarzida hikoya qilingan epik syujetlarni o‗zbek folklori materiallari bilan qiyoslab tahlil qilish asosida, birinchidan, epik syujet va ularning tarkibidagi anʼanaviy motivlarning shakllanish tarixi hamda tadrijiy rivojiga doir ilmiy xulosalar chiqariladi; ikkinchidan, o‗zbek folklorida mavjud bo‗lgan epik syujetlarning manbalari aniqlanadi; uchinchidan, XX asrda folklorshunoslar tomonidan yozib olingan ertak, doston, afsona va rivoyatlarni qadimgi manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish imkoni yuzaga keladi. 564 O‗lkamiz tarixiga oid qimmatli materiallarni yaxlit holda jamlay olgan ulug‗ muarrixlardan biri Аbu Bakr ibn Jaʼfar Narshaxiy bo‗lib, unnng X asrda yaratilgan ―Buxoro tarixi‖ nomli asari faqat «tarixnavislik uchungina emas, balki folklorshunoslik uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Bu asar muallifi u yoki bu tarixiy voqea-hodisalarni sharhlash, izohlash maqsadida ―hikoyat‖, ―rivoyat qilishlaricha‖, ―rivoyatda aytilishicha‖ kabi atamalarini qo‗llagani holda o‗sha davrda xalq orasida keng tarqalgan ko‗plab afsona va rivoyatlarni naql qilgan. ―Buxoro tarixi‖ning Romtin (Romitan) shahri taʼrifiga bag‗ishlangan faslida quyidagi rivoyat keltirilgan: ―Bu qishloqni Аfrosiyob bino qilgan. Аfrosiyob har vaqt bu viloyatga kelganida shu qishloqdan boshqa joyda turmagan. Forsiylarning kitoblarida aytilishicha, Аfrosiyob ikki ming yil yashagan. U jodugar bo‗lib, Nuh podshoning bolalaridandir. U o‗zining Siyovush nomli kuyovini o‗ldirgan. Siyovushning Kayxusrav nomli o‗g‗li bo‗lib, u otasining qonini talab qilib ko‗p lashkar bilan bu viloyatga kelganda Аfrosiyob shu Romtin qishlog‗ini hisor qilib turgan. Kayxusrav o‗z lashkari bilan ikki yil shu hisor atrofini o‗rab turgan va uning ro‗parasiga bir qishloq bino qilib, u qishloqni Romush deb atadi. Uni yaxshiligidan Romush deganlar. Bu qishloq hozirgacha obodondir. Kayxusrav Romush qishlog‗ida otashparastlar ibodatxonasini qurdi; otashparastlarning aytishlaricha, bu ibodatxona Buxoro otashparastlarining ibodatxonalarining eng qadimiysidir. Kayxusrav ikki yildan keyin Аfrosiyobni tutib o‗ldirdi. Аfrosiyobning go‗ri Buxoroda Maʼbad darvozasida rahmatli Xoja imom Аbu Hafz Kabir tepaligiga tutashgan katta tepalik ustidadir. Buxoro aholisi Siyovushning o‗ldirilishi to‗g‗risida ajoyib ashulalar to‗qiganlar; kuychilar bu qo‗shiqlarni ―Kini Siyovush‖ – ―Siyovush janggi‖ deb ataydilar‖[1]. Rivoyat o‗quvchi (yoki tinglovchi) ga Romitan shahri to‗g‗risida qisqa shakldagi axborotni yetkazish maqsadida hikoya qilingan bo‗lib, unda Аfrosiyob, Siyovush singari tarixiy shaxslar nomi birga olinadi. Mazkur epik syujetning markazida Аfrosiyobning Romush qishlog‗ini bunyod etishi to‗g‗risidagi xabar-motivi turadi. ―Buxoro tarixi‖da keltirilgan tarixiy rivoyatda Аfrosiyob tomonidan Siyovushning o‗ldirilishi va otasining xunini talab qilib kelgan Kayxusravning Romush qishlog‗ini bino etishi voqealari haqida ham epik maʼlumot berilgan. Siyovushning o‗ldirilishi bilan bog‗liq bu afsona o‗sha davrda xalq orasida juda mashhur bo‗lganligi tufayli Narshaxiy ham bu muhim epik manbani nazardan soqit qilmagan. Аfsonadagi yana bir muhim detalь Siyovush o‗limiga bagishlangan xalq qo‗shiqlari yaratilganligi haqidagi maʼlumotdir. Nazarimizda, bu o‗rinda Siyovushga atab aytilgan yig‗i-yo‗qlovlar va uning Аfrosiyob bilan munosabatlariga bag‗ishlangan tarixiy qo‗shiqlar nazarda tutilgan bo‗lishi kerak. Chunki Siyovush obrazi va u bilan bog‗liq afsona hamda rivoyatlar xalq orasida shu qadar shuhrat qozongan ediki, natijada buxoroliklar orasida har yili navro‗z tongida Siyovush o‗ldirilgan joyda qurbonlik marosimini o‗tkazish udumi odat tusiga kirib qolgan edi. Bu esa X asrda yashagan ajdodla

Доказательный фрагмент

«Maqolada Аbu Bakr ibn Jaʼfar Narshaxiyning X asrda yaratilgan ―Buxoro tarixi‖ nomli asari folklorshunoslik uchun qimmatli manba hisoblanishi, epik syujet va ularning tarkibidagi anʼanaviy motivlarning shakllanish tari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Аbu Bakr ibn Jaʼfar Narshaxiyning X asrda yaratilgan ―Buxoro tarixi‖ nomli asari folklorshunoslik uchun qimmatli manba hisoblanishi, epik syujet va ularning tarkibidagi anʼanaviy motivlarning shakllanish tari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
afsona, qaz, epik syujet, Romitan, Siyovush jangi, folklor, Darvozai goriyon, Romush, rivoyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники