К содержанию
РецензированоUZ2026

XITOY VA O‘ZBEK TILIDAGI TAQLID SO‘ZLARNING MORFOLOGIK TIPOLOGIYASI

Dildora Aziz qizi Tashmuxamedova

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

The article discusses the research of onomatopoeic words in Uzbek and Chinese languages by the linguistic scientists, the role of onomatopoeic words in the grammar of both languages, and what category they belong to. In addition to the importance of word groups and their categorization in the classification of onomatopoeic words, the author highlights the views of several groups of linguists such as Uzbek linguists Usmonov, Qo‘ng‘urov, Abdurahmonov; Chinese linguists Ding Shengshu, Ma Zhen, and Wang Li and the differences between them. Key words: morphology, onomatopoeic words, interjection, derivation, noun, adjective, quantitative words, verb. Аннотация: В статье рассматриваются исследования звукоподпажательных слов в узбекском и китайском языке учеными, роль звукоподражательных слов в грамматике китайского и узбекского языка и к какой категории они относятся. Помимо важности групп слов и их категоризации в классификации звукоподпажательных слов, автор выделяет взгляды ряд китайских лингвистов, как узбекские лингвисты Усмонов, Кунгуров, Абдурахмонов, китайские лингвисты Дин Шэншу, Ма Чжэнь и Ван Ли, И их различия между ними. Ключевые слова: морфология, звукоподражательные слова, междометие, деривация, существительные, прилагательные, числительные, глагол. 148 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Turkologiyada taqlidiy so‘zlarni o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus ishlar o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridan keyin yuzaga kelgan va turkiy tillarning ko‘pchiligida taqlidiy so‘zlar kategoriyasi u yoki bu darajada ishlangan. O‘zbek tilshunosligida esa bu masala 60-yillargacha alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan emas. O‘sha paytgacha o‘zbek tili bo‘yicha yozilgan grammatikalarda va qo‘llanmalarda taqlidiy so‘zlarga juda kam o‘rin berilgan va ularning ko‘pchiligida taqlidiy so‘zlar undov so‘zlarning ajralmas qismi sifatida ko‘rsatilar edi. Taqlidiy so‘zlarga tarixiy kategoriya sifatida qaraladi. Uning paydo bo‘la boshlashi jamiyatning odamlar o‘z nutq organlarini ancha yaxshi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan davrlariga to‘g‘ri keladi. Qadim ibtidoiy davrlarda tasviriy so‘zlar juda kam, hatto yo‘q darajada bo‘lgan. Bu borada B. M.Yunusaliyev quyidagicha fikr yuritadi: “Urxun-Yenisey yodgorliklari leksikasida tovushga taqlid so‘zlar hech qanday ifodasini topmagan”1. Tadqiqotchining bu fikrlariga R. Qo‘ng‘urov ham qo‘shilgan. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab taqlidiy so‘zlar masalasi olimlarimiz e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Ular mavzu ustida ma’lum darajada kuzatishlar olib borib, u yoki bu holatdagi o‘z fikrlarini o‘rtaga tashladilar. Jumladan, A.N.Kononov “O‘zbek tili grammatikasi”2 asarida taqlidiy so‘zlarga juda katta e’tibor bermaydi, uning grammatikasida faqatgina tovushga taqlid so‘zlar tilga olinib, ular o‘zbek tilida so‘z yasalishida ishtirok etuvchi asoslarning katta qismini tashkil etishi ta’kidlangan. Taqlidlarga alohida ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, ular undov so‘zlarning 3 semantik turidan biri sifatida ko‘rsatilgan3. 1956-yili nashr qilingan “Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi”4asarida ularni alohida so‘z turkumi qilib ajratadi. Demak, A.N.Kononov oldingi asarlarida tasviriy so‘zlarni undovlarning bir turi sifatida ko‘rsatsa ham, 1956-yili ularni mustaqil so‘z turkumi qilib ajratish kerak, degan xulosaga keladi va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili grammatikasi” asarida bu xulosasini qat’iy bayon qiladi. N.I.Ashmarin o‘z asarlarida barcha tillardagi so‘zlar taqlidiy so‘zlardan kelib chiqqanligi fikrida qat’iy turadi. Uning fikricha, til boshlangʻich davrlarda faqat mimemalardan tashkil topgan boʻlib, keyingi davrlardagina undan nutqning artikulyatsiyalashgan tovushlari kelib chiqqan. Mimemalardan nutq tovushlari paydo boʻlguncha til nutq tovushlarini va boshlangʻich soʻzlarni tanlash va 1 Юнусалиев Б. М. Киргизская лексикология. – Бишкек: Киргизучпедгиз, 1959. – C. 156. 2 Кононов А. Н. Грамматика узбекского языка. – Ташкент: АН СССР, 1948. – C. 121. 3 Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. – Ташкент, Государственноеиздательство УзССР, 1948. – C. 226. 4 Кононов А. Н. Грамматика современного турецкого литературного языка. – Москва: АН СССР, 1956. – C.72. 149 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference toʻplash davrini boshidan kechirgan emish. N.I.Ashmarin hozirgi koʻpgina narsalarning nomi taqlid bilan bogʻliq ekanligini aniqlay olmasligimizning sababi biz oʻsha narsalarning doimiy nomiga aylanib ketgan mimemalarning chiqib kelishi uchun oʻsha narsaning qaysi xususiyati sabab boʻlganligini bilmasligimizdir, deb koʻrsatadi5. Shuning uchun u tirik va jonsiz tabiatning taqlidiy soʻzlarda aksini topa oladigan hodisalarini qunt bilan oʻrganishni taʼkidlash bilan birga, tilning kelib chiqishini, uning praobrazlarini topish uchun mimikalarni, jestlarni, tana-gavda harakatlarini va ular bilan bogʻlangan tabiiy tovushlarni, qushlar hamda hayvonlar tilini oʻrgan

Доказательный фрагмент

«The article discusses the research of onomatopoeic words in Uzbek and Chinese languages by the linguistic scientists, the role of onomatopoeic words in the grammar of both languages, and what category they belong to.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the research of onomatopoeic words in Uzbek and Chinese languages by the linguistic scientists, the role of onomatopoeic words in the grammar of both languages, and what category they belong to. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
morphology, onomatopoeic words, interjection, derivation, undov so‘zlar, sifat, fe’l., son, taqlid so‘zlar, ot, morfologiya, so‘z yasalishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники