Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIRTUAL MAKONDAGI MULOQOT JARAYONINING XARAKTERLI JIHATLARI.
Ahmedova Kamola Kudratovna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada muloqotning yangi ko’rinishi sifatida maydonga chiqqan internet muloqoti va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: virtual makon, onlayn hayot, onlayn-hamjamiyat, kommunikatsiya. Zamonaviy kоmpyuter tarmoqlarining inson faoliyatiga jadal suratlarda kirib kelishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal etishda o’ziga xos ahamiyat kasb etmoqda, shu bilan birga, insonning shaxsiy xususiyatlari, bilim doirasi, dunyoqarashi, tafakkuri o‘zgarishiga ham ta’sir etmoqda. Global internet tarmog‘ining taraqqiy etishi bilan zamonaviy shaxs axborot texnologiyalari davri bilan hamnafas holda uning ma’naviy va madaniy hayoti «onlayn hayot» tarzini boshidan kechirmoqda desak also mubolag’a bo’lmaydi. 21-asr yangi axborot texnologiyalari asri ekanligi hech kimga sir emas. Shu boisdan ham jamiyatning har jabhasida axborot kommunikatsiyalari bilan bog’liq yangiliklar, o’zgarishlar kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Global kommunikatsiyalar davri hisoblangan bugungi kunda internetdagi muloqot eng ommabop muloqot turiga aylanib, u o’zida turli-tuman til amaliyotlari, kommunikatsiya uslublari va shakllarini mujassam etmoqda va bu muloqot turi asta-sekin Signum Temporis (davrimizning belgisi)ga aylanib bormoqda[1]. Zamonaviy shaxs har sohadan xabardor, bilim va malakali, keng dunyoqarashli, ishbilarmon bo‘lishi uchun tun-u kun mobil telefonidan ajralmasligi, doimo elektron pochtasini kuzatib borishi, internet ijtimoiy tarmoqlarida onlayn muloqotda bo‘lishi, umuman internet-muhitda yashashi zarurdek tuyuladi. Insonlarda kompyuter texnologiyalari, kompyuter texnikasi, elektron va tarmoq resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ularni tez-tez kibermuhitda bo‘lishlariga hamda buning ta’sirida ularning shaxsiy xislatlari, onglari, shuningdek, motivatsiyalari o‘zgarishiga olib keladi[2]. Ijtimoiy tarmoqlarni bir-biriga xabar yuborish, sharhlash va o'zaro aloqada bo'lish orqali onlayn-hamjamiyat bilan bo'lishish va hamkorlik qilishni o'z ichiga olgan onlayn platformalar to'plami deb ta'riflash mumkin. Bugungi kunda Instagram, Facebook, Twitter, Pinterest, Linkedin, Odnaklasniki, 38 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Telegram, Watsapp, va Snapchat kabi eng ko'p ishlatiladigan ijtimoiy media platformalar mavjud[3]. Internetdagi muloqot qilish usullarining kundalik hayotimizdagi oddiy muloqot qilish usullaridan farqli tomonlari, foydali taraflari ham juda koʻp. Internetdagi muloqot usullarining foydali tomonlari sirasiga biz juda tezkorlik bilan ma’lumot almashishni kiritishimiz mumkin. Xabar almashish jarayonida makon va zamon chegarasining yo’qligi ushbu muloqot ko’rinishiga alohida ustuvorlik beradi. Internet muloqot deganda biz ikki va undan ortiq shahsning internet orqali muloq’oti, yozma xabar va tezkor fikr-mulohazalar bilan elektron xabarlar almashinuvi, ularning saqlanishini tushunamiz. Shaklga ko’ra, kompyuter aloqasi og’zaki va yozma muloqotga bo’linadi. Muloqot usuliga ko’ra, internet bilvosita aloqadir, chunki u texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Axborotni uzatish va idrok etishga ko’ra, kompyuter aloqasi aktual (haqiqiy odamlar bilan aloqa) va virtual (noma’lum, xayoliy suhbatdoshlar bilan aloqa) ga bo’linadi[4]. Muloqotning sinxron va asinxron ko’rinishlari ham mavjud sanalib, sinxron muloqot real vaqt davomida amalga oshirilsa, asinxron muloqot esa buning aksi sanaladi. Sh.H.Shahobiddinova va Sh.X.Yuldashevalarning “Internet muloqot vа uning tаdqiqigа doir аyrim mulohаzаlаr” nomli maqolasida internet muloqotning ijobiy va salbiy tamonlarini ko’rib chiqilgan va yuqoridagi internet muloqotning ijobiy tomonlariga oid fikrlar o’z tasdig’ini topgan[5]. Shunisi qiziqki, kamchiliklar yutuqlardan deyarli farqlanmaydi, xususan: 1. Makonda chegaralanmaganlik: internet orqali er sharining xohlagan nuqtasidagi inson muloqotga kirishib muloqot oqimini sizga maqbul bo’lmagan o’zanga burishi mumkin va u o’zining jazosiz qolishini bilgani uchun unda chegaradan chiqib ketish holatlari bo’lishi ham kuzatiladi. 2. Zamonda chegaralanmaganlik: internetga qaramlikka olib keluvchi eng asosiy omillardan biri. Istalgan paytda muloqotga kirishish insoniyatning ko ’p mingyillik muloqot tajribasiga yirik o’zgarishlar kiritdi. Hamsuhbatning vaqtini hisobga olish shart emasligi, bir paytning o’zida bir necha yo’nalishga bog’lanish imkoni muloqotning deyarli uzluksiz davom etishiga yo ’l qo’yadi. Bu esa internet foydalanuvchilarning ijtimoiy-maishiy xususiyatlari, sog’lig’i va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi shubhasiz. 3. Anonimlik. O’z shaxsiyatini yashirish va istalgandek tavsiflash virtual muloqotni aktual muloqotga nisbatan kutilmagan hamda himoyalanmagan qilib qo’yadi. Suhbatdoshning aslida kim ekanligini bilmay 39 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference turib muloqotga kirishish aktual muloqot chog’ida qo’lga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muloqotning yangi ko’rinishi sifatida maydonga chiqqan internet muloqoti va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muloqotning yangi ko’rinishi sifatida maydonga chiqqan internet muloqoti va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual makon, onlayn hayot, kommunikatsiya., onlayn-hamjamiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024