Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQSHUNOSLIKDA NOTIQLIKNING AHAMIYATI
HUQUQSHUNOSLIKDA NOTIQLIKNING AHAMIYATI · Qodirova Go‘zal Qodir qizi · Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda yangicha dunyoqarashning shakllanishi va uning ifoda etilishida notiqlikning o‘rni kuchayib bormoqda. Shu maqsadda bir qator soha talabalari, xususan huquqshunoslik yo‘nalishi talabalarida notiqlik san’atining mavjud bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunos o‘z faoliyatida inson va mamlakat taqdiriga daxl qilar ekan, u bilimlarga ega bo‘lish bilan birgalikda savodli yoza bilishi, chiroyli gapirish va notiqlik san’atidan xabardor bo‘lishi darkor. Maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida notiqlik san’ati borasidagi faoliyat tadqiq etilgan hamda huquqshunoslar uchun notiqlik borasidagi dastlabki bilimlar sifatida bir qator tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Notiqlik, sud notiqligi, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim, tavsiyalar. Har bir malakali mutaxassislar kuchli bilim va ravon nutq orqali ko‘plab insonlar orasida hurmat qozongan va qiyin vaziyatlardan chiqib keta olganlar. Nutqning ravon bo‘lishi, omma oldida hayajonlanmaslik va kerakli gapni ayta olish - muhtasar aytganda notiqlik inson uchun o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalardandir. Ayniqsa u huquqshunoslar faoliyatining ajralmas ko‘nikmasi hisoblanadi. Notiqlikdan, xususan huquqiy notiqlikdan to'g'ri foydalanish qonunlarni muvaffaqiyatli talqin qilishda bahslashish yoki himoya qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uning ishlatilishi fikrlashni ma'lum bir maqsadga yo'naltirish uchun aniq xabarlarni yetkazish strategiyalarini amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Biz xorijiy filmlarda advokatlarning sud jarayonlarida qanday nutq so‘zlaganlarini ko‘rib, “Men ham shunday himoyachi bo‘lsam edi”, deya havas bilan orzu qilamiz. Lekin huquqiy notiqlik uchun faqatgina istakning o‘zi yetarli emas. Huquqiy notiqlik - bu yuridik kasb bilan bog'liq protseduralar doirasida muloqotga tatbiq etiladigan diksiya va tana tili texnikasi to'plami. Uning maqsadi huquqiy jarayonda zarur bo'lgan dalillar va ma'lumotlarni aniq, to'g'ridan-to'g'ri va tabiiy ravishda ifoda etishdir. Ko'plab mutaxassislar ushbu vositalarni sudya 163 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference oldida o'z dalillarini qo'llab-quvvatlash uchun ishontiruvchi elementlar sifatida ishlatishadi. Yaxshi notiq bo‘lish uchun ko‘p narsani bilishning o‘zi yetarli emas. Yaxshi notiq til, his-tuyg‘ular, tana, mantiqiy fikrlashdan unumli foydalangan holda tinglovchilar oldida ommaviy nutqdan samarali foydalanishni ham bilishi kerak. Ommaviy nutq muloqotning eng muhim va qo'rqinchli shakllaridan biridir. Glossofobiya yoki nutq tashvishi - bu butun dunyo bo'ylab odamlarning eng keng tarqalgan qo'rquvi. Ommaviy nutqning muhimligi shundaki, u insonlar bilan muloqot qobiliyatini, kishining o‘ziga ishonchini oshiradi, ishontirish va ta’sir qilish qobiliyatlarini yaxshilaydi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq hayrlidir”, deganlaridek quyida notiqlikning tarixi haqida so‘z yuritamiz. Notiqlik Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim va Xitoyda asosan taraqqiy topgan desak yanglishmaymiz. Xitoy faylasufi Konfutsiy so‘zlar olamni o‘zgartiradigan harakatlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligiga ishongan. Yunon faylasufi Aristotel notiqlikni uch turga bo‘lgan: siyosiy notiqlik, sud notiqligi, maqtov yoki ayblash nutqi. Qadimgi Rimning mashhur notiqlaridan biri Sitseron sud notiqligiga alohida to‘xtalib, uning nazariyasini quyidagicha talqin etgan: “1. Ayblash nutqi; 2. Himoya nutqi. Sitseron sud notiqligining manbayi va maqsadini quyidagicha tavsiflaydi: -tabiiy iste’dod; -nazariy bilim; -amaliy mashqlar. Sud notiqligining maqsadi: -ishontirish; -rohatlantirish; -hayajonlantirish”.1 Qadimgi Yunonistonda har bir fuqaro ijtimoiy hayotda, siyosatda muvaffaqiyat qozonishni istasa, albatta notiqlikni o‘rganishi zarur edi. Avval boshida o‘zlarini sofistlar deb atagan bir guruh o‘qituvchilar notiqlikdan saboq bera boshlashgan. Keyinchalik Aristotel, Suqrot, Aflotunlar o‘zlarining notiqlik ilmiga bag‘ishlangan nazariyalarini ishlab chiqdilar. Chunonchi Aristotelning “Ritorika” asarini eshitmagan huquqshunos yoki notiq bo‘lmasa kerak. Aristotel ma’ruzachining nutqi qay darajada o‘ziga ishongan bo‘lsa, tinglovchilar uning aytganlariga 1 V.R.Topildiyev, B.R.Topildiyev, M.Y.Usmonova. Rim huquqi. – T., «Yuridik adabiyotlar publish» 2022. 57 bet. 164 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ko‘proq ishonishadi deb hisoblaydi. Shunday qilib notiqlikning eng asosiy ismlaridan biri bu ishontirishdir. Bugungi kunda notiqlik ko‘plab sohalarda mustahkam aloqalarni o‘rnatish, ishontirish vositasiga aylandi. Avvallari omma oldida jonli tarzda nutq so‘zlangan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida minglab tinglovchilar oldida nutq so‘zlash imkoni bor. Bu kabi imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar, notiqlik bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, asarlar bo‘lgani bilan, ko‘pchilik insonlarda omma oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqish hissi b
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda yangicha dunyoqarashning shakllanishi va uning ifoda etilishida notiqlikning o‘rni kuchayib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda yangicha dunyoqarashning shakllanishi va uning ifoda etilishida notiqlikning o‘rni kuchayib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sud notiqligi, Qadimgi Yunoniston, Notiqlik, Qadimgi Rim, tavsiyalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026